birinchisi – har erda va har vaqtda islom dinini quvvatlaganligi,
ikkinchisi davlat ishlarini mamlakatning ustunlarini tashkil qilgan turli tabaqalar va toifalar bilan quvvatlab, maslahatlashib, kengashib olib borganligidir.
Uchinchi tamoyil– Amir Temurning saltanat ishlarini murosayu madora, muruvvat va sabr-toqat bilan yurgizganligi, ko’p narsalarni bilib tursada, o’zini bilmaslikka olganligi, do’stu dushman bilan murosa-madora qilganligidan iborat.
To’rtinchisi – davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga, to’ra va tuzukka tayanib va asoslanib boshqarishni tashkil etsa,
beshinchisi amirlar va sipohiylar bilan yaxshi munosabatda bo’lib, ularga izzat-hurmat ko’rsatib, martabalarini ulug’lab, ish tutganligidadir.
Oltinchisi – adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o’zidan rozi qilganligidir.
Yttinchisi – sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar, xabarchilar (tarixchilar)ni tanlangan, darvish, faqir va miskinlarni e’tiborli odamlar hisoblab, izzat-hurmatlarini jazm bilan ish tutganligidir.
Sakkizinchisi – azmu jazm bilan ish tutgan, ya’ni biror ishni amalga oshirishga qaror qilgan bo’lsa, unga butun vujudi bilan kirishib, oxiriga etkazgan. Nimaiki degan bo’lsa, unga amal qilganlarni qo’llabquvvatlaganligidiryu
To’qqizinchisi – raiyat ahvolidan ogoh bo’lganligi, ulug’larni og’a qatorida, kichiklarini farzand o’rnida ko’rganligidir.
O’ninchisi – turku tojik, arabu ajamning turli toifa hurmat ko’rsatilganligi va qolganlarini ham o’z holiga yarasha siylaganligidir.
O’n birinchisi do’stlarni davlatu ne’mat martabasiga erishganida unutmasdan molu mulk va naqd pul bilan haqlarini ado etganligidir;
o’n ikkinchisi – do’st-dushmanligiga qaramay har joyda sipohiylarni hurmat qilganligidir.
Amir Temur o’zi kashf etib amalda qo’llagan tamoyillarining keyingilarida, biror kimsaga nohaq tuhmatu g’iybat qilsalar quloq solmaganligini, biron ishni qilishga qasd qilgan bo’lsa, butun zehni, vujudi bilan bog’lanib, bitirmaguncha undan qo’l tortmaganligini, har neki degan bo’lsa, unga amal qilganligini, ulug’larni og’a qatorida, kichiklarni farzand o’rnida ko’rganligini, yaxshilarga yaxshilik qilib, yomonlarni esa o’z yomonliklariga topshirganligini, kim do’stlik qilgan bo’lsa, do’stligi qadrini unutmaganligini ta’kidlaydi.
5.Amir Temurning buyukligi shundaki, u hech kimdan o’ch olish payida bo’lmagan, tuzini tatib, yomonlik qilganlarni Parvar-digori olamga topshirgan. Sofdil kishilar, olim va fozillarga dargohi ochiq bo’lgan, nafsi yomon, ko’ngli buzuq kimsalarni esa o’ziga yaqinlashtirmagan. Har kimning qadr-qimmatini amaliy faoliyati, odob-axloqi, iymone’tiqodiga qarab o’lchagan. Ana shu tariqa sohibqiron bobomiz adolat, qadr-qimmat, or-nomus, burch, mas’uliyat, vijdon, iymon-e’tiqod, halollik, fidoyilik singari ma’naviy-axloqiy qadriyatlar haqida necha-necha avlodu ajdodlarga dastur va yo’l-yo’riq bo’lib xizmat qiladigan ta’limotlar yaratgan va hayotga shaxsan o’zi joriy etgan. Amir Temur, odob-axloq, iymon, e’tiqod, ta’lim-tarbiya sohasida o’zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil qilish uchun bobomizning o’zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o’gitlar, pandnasihatlarni, shuningdek, Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko’zdan kechirish kifoya. «Tuzuki Temuriy» («Temur tuzuklari»), «Malfuzoti Temuriy» («Temurning aytganlari») va «Voqioti Temuriy» («Temurning boshidan kechirganlari») nomi bilan jahonga mashhur bo’lgan asarlar, XV asr muarrixi Fosih Ahmad Havofiyning «Mujmali Fosihiy», Nizomuddin Shoomiy (tug’ilgan va vafot etgan yili ma’lum emas) va Sharafiddin Ali Yazdiylarning mashhur «Zafarnomasi», ibn Arabshoh (1389— 1450)ning «Ajoyib ulmaqdur fi axbori Temur» (Amir Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari), Salohiddin ibn Mullo Aloiddin xoja Eshonning (Salohiddin Toshkandiy) qalamiga mansub «Temurnoma» (Amir Temur ko’ragon jangnomasi, 1908) kabilar shular jumlasidan. Tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmad Temurning o’zi amal qilgan quyidagi sifatlarni yuksak baholaydi.
Dostları ilə paylaş: |