Amir Temur davridagi mudofaa inshootlari. Qo’shin tuzulishi, harbiy qurol aslaha va kiyimlar



Yüklə 75,82 Kb.
səhifə5/6
tarix26.12.2023
ölçüsü75,82 Kb.
#198441
1   2   3   4   5   6
Amir Temur – buyuk davlat arbobi

Amir Temurning razvedka ishlari
Amir Temur yurishga jo’nashdan ancha avval dushmanning qurol kuchlari, mudofa inshootlari, u yerdagi ichki vaziyat kabilar haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lgandan so’ngina janga otlangan. Chegaradosh davlatlar haqidagi ma’lumotlarni Amir Temur 1000 kishilik engil qurollangan otliq suvoriylar yordamida bilib olgan. Bu otryadlar turli hil xiylalar yordamida dushman janga tayyorgarlik ko’rayotganligini aniqlashgan.
Ma’lumotlar bazan savdogarlar orqali ham olingan. Bu savdo karvoniga qo’shilgan maxsus xabargirlar darveshlar kiyimida yurishib qimmatli ma’lumotlarni etkazib kelishgan. Ularga yuklatilgan vazifalardan eng birinchisi podishox va oddiy xalq o’rtasidagi munosabat qanaqa ekanligini bilish bo’lgan. Bundan tashqari Amir
Temur turli o’lkalardan kelgan savdogarlarga homiylik qilgan. Shu yo’l bilan ham dushmanning kuchini bilib olgan.
Amir Temurni eng ishonchli razvedka guruxi bo’lib, ular Amir Temur yotgan joyigacha kirishi mumkin bo’lgan. Ularga Amir Temurni pechati bosilgan xajar berilgan.
Aloqa vositalari. Temuriylar armiyasini boshqarishda, yurish payitida ham jang payitida ham qo’yilgan vazifalarni aniq bajarilishida aloqa vositalari muhim rol o’ynagan. Bunda turli tovushlar va belgili ko’rish va kuzatish vositalari bo’lgan.
Harbiylarga maosh tayinlash. Pul munosabatlari bilan yaxshi tanish bo’lmagan ko’chmanchi halqlar buyumlar qiymatini odatda ot, qo’y, tuya va boshqa narsalarning bahosi bilan o’lchashgan. Shu tufayli Amir Temur jangchiga tegishli maoshni, otning narxiga teng qilib belgilardi. A’lo jangchi (bahodir) larning maoshi 2 tadan 4 tagacha otning narxiga to’g’iri kelsa, o’nboshilar, 10 ta oddiy jangchi oladigan maoshni, yuzboshilar 2 ta o’nboshi oladigan moshni, mingboshilar 3 ta yuzboshining maoshiga to’g’ri keladigan maosh olar edilar. Jinoyat qilgan xar bir jangchi, o’z maoshining 10/1 qismidan mahrum bo’lar edi. Agar jangchining jinoyati isbotlansa yoki darra urish bilan jazolangan, yoki jarima qo’llangan. Ikkalasidan biri qo’llangan. Xech qachon ham jarama, ham jismoniy jazo qo’llanmagan.
Amirlar maoshi ularning darajasiga qarab 1000 va 10 000 gacha ot narxi, Amir Temur avlodlariniki esa 12 000 gacha ot narxi belgilanib, ularga yana viloyat ham hadya qilinar edi. Jangchilarga pul va don maxsulotlari bilan maoshlari to’lanardi. Ammo ot maosh to’lashda qiymat birligi sifatida qabul qilingan edi. Janglarda xizmat ko’rsatgan jangchilarga mukofotlar berish, maoshni oshirish, yuqori mansabga ko’tarish, faxriy unvon berish, bahodir, jasur, botir va boshqa shu kabi nomlar bilan ismiga qo’shib aytish, butun qo’shinlar qismiga – nog’ora, bayroq bilan taqdirlash va hokozolar sifatida berilardi.

Yüklə 75,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin