Glossariy Aksept – to‘lovchining to‘lov hujjatini to‘lash uchun bergan roziligi. Avizo



Yüklə 26,34 Kb.
səhifə1/5
tarix13.06.2023
ölçüsü26,34 Kb.
#129538
  1   2   3   4   5
ГЛОССАРИЙ


Glossariy
Aksept – to‘lovchining to‘lov hujjatini to‘lash uchun bergan roziligi.
Avizo – banklararo hisob-kitoblarda hujjatning yuborilganligi to‘g‘risidagi
ogohnoma.
Akkreditiv – ishonch, ishonchli ma’nosini bildiradi, naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan biri.
Amortizatsiya (eskirish) – bu aktivning foydali xizmat qilish muddati davomida uning amortizatsiya qilinadigan qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va bank xarajatlari uchun o‘tkazib borish ko‘rinishidagi eskirishning qiymat ifodasi.
Asosiy vositalar – bu moddiy aktivlar bo‘lib, bank faoliyatida bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida, ijaraga berish uchun yoki ma’muriy maqsadlarda foydalaniladi va bir yildan ortiq vaqt mobaynida foydalanishga mo‘ljallangan.
Auditorlik faoliyati deganda - auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
Auditor — auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir.
Auditorlik tashkiloti - tanlov asosida tanlab olingan auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
Auditorning malaka sertifikati - auditorning malakasini tasdiqlovchi va auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik xizmatlari ko‘rsatish huquqini beruvchi hujjat.
Auditorning yordamchisi - auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo‘lmagan tarzda auditorning topshirig‘iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir.
Auditorlik tekshiruvi- moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash 133

maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog‘liq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir.



Yüklə 26,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin