Glossariy Aksept – to‘lovchining to‘lov hujjatini to‘lash uchun bergan roziligi. Avizo



Yüklə 26,34 Kb.
səhifə3/5
tarix13.06.2023
ölçüsü26,34 Kb.
#129538
1   2   3   4   5
ГЛОССАРИЙ

Bank buxgalteriya apparati - pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish, bank operatsiyalarini bajarish va ularni ichki nazoratdan o‘tkazish hamda hisob registrlarida qayd etish va buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlar guruhi.
Bank ish kuni - qonun hujjatlari bilan belgilangan kun ichida o‘rnatilgan ish vaqti.
Bank operatsiyalari ichki nazorati (bundan keyingi o‘rinlarda ichki nazorat deb yuritiladi) - bank rahbariyati va barcha bank xodimlari tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ularning qonunchilikka mosligi, samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash tizimi.
Bank depoziti – bank mijozi-yuridik yoki xususiy shaxs tomonidan bankka
saqlash uchun qo‘yilgan pul mablag‘lari. Ular bank hisobotida passiv sifatida
ko‘rsatiladi.
Bank kafolati – mijozning iltimosiga ko‘ra tijorat banki tomonidan bo‘nak
(avans) sifatida summani shartnoma shartlari bo‘yicha bajarish va kafolatlash. Bank kafolati berilishida kafolat majburiyatining mazmuni bankning o‘z farmoyishi bilan so‘zsiz tartibda qarzdor tashkilotning hisobdan uning summasini kafolat tashkilot hisobidan qoplash yo‘li bilan yoki u tashkilotga taalluqli bo‘lgan pullarni undirish yo‘li bilan ssudani qoplash huquqidan iboratdir.
Banklarning passiv operatsiyalari shunday operatsiyalarki, banklar ular
vositasida kredit va boshka aktiv bank operatsiyalarini o‘tkazish uchun o‘z resurslarini tashkil qiladilar.
Bank xizmatlari ofisi - bank filiali binosidan tashqarida joylashgan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq faoliyat yurituvchi bank filialining tarkibiy tuzilmasi. Bank 135

xizmatlari ofisi turli xil nomlanishi ("Minibank", "Chakana xizmatlar markazi", "Bank xizmatlari markazi" va boshqalar) mumkin.


Balans qiymati – bu jamg‘arilgan eskirish va qiymatini yo‘qo tishdan ko‘riladigan jamg‘arilgan zararni chegirib tashlagandan keyin qolgan va ushbu summa bo‘yicha aktiv balans hisobotida tan olinadigan summa.

Yüklə 26,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin