Buxgalteriya


Ma’rifat va ma’naviyat va yoshlar boʻlinmalari (muassasalar



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/26
tarix27.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#200541
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
3 Mutaxassislikka oid savollar tizimdagi bi xil lavozimlarga

 Ma’rifat va ma’naviyat va yoshlar boʻlinmalari (muassasalar 
uchun) 
 
1. “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini 
tubdan takomillashtirish toʻg‘risida”gi PF-5618-son Farmon boʻyicha Oʻzbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 
yuksaltirish sohasida qanday vazifalar yuklangan?
2. 2019-yil yanvar oyida qabul qilingan Jamiyatda huquqiy madaniyatni 
yuksaltirish konsepsiyasining asosiy vazifalarini aytib bering.
3. “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi” haqida ma’lumot berib 
oʻtsangiz. Forum kim tomondan tashkil etiladi, qanday masalalar koʻrib chiqiladi.
4. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi haqida 
ma’lumot bering.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy axborotni tarqatish 
va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi vakolatlarini aytib bering? 
6. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashda 
fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining 
hamda fuqarolarning ishtiroki haqida ma’lumot bering.
7. Huquqiy axborotni tarqatish usullari haqida ma’lumot berib oʻting.
8. Normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy targ‘ibot yoʻli bilan tarqatish haqida 
ma’lumot bering.
9. Normativ-huquqiy hujjatlarni matnlarini yuborish yoʻli bilan tarqatish 
qanday amalga oshiriladi.
10. Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e’lon qilish yoʻli bilan tarqatish 
haqida ma’lumot bering.
11. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashda 
axborot-kutubxona muassasalarining ishtiroki haqida ma’lumot berib oʻting.
12. Huquqiy axborot nima? Uni tarqatish usullarini sanab bering.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–3666-son qarori boʻyicha 
Adliya vazirligining huquqiy targ‘ibot sohasidagi vazifalari haqida ma’lumot bering. 
14. Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish 
borasida qanday normativ-huquqiy xujjat qabul qilingan va uning mohiyati nima?
15. Jismoniy va yuridik shaxslarga ularning soʻrovlariga koʻra huquqiy 
axborot taqdim etish tartibini tushuntirib bering?
16. Huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash tartibi haqida 
ma’lumot berib oʻting.
17. Huquq normasi nima va uning tuzilishi haqida ma’lumot berib oʻting 
18. “Street Law” (Koʻcha huquqi — oddiy huquq) loyihasi haqida ma’lumot 
bering. 
19. Qaysi hujjatga asosan Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy 
madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib 
belgilangan? 
20. Davlat organlarida normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan 
hisobini yuritishning majburiyligi deganda nimani tushunasiz?
21. Normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibini tushuntiring. 


22. Huquqiy axborotdan foydalanish kafolatlari deganda nimani tushunasiz? 
23. Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi baholash davri 
haqida tushuntirish bering?
24. Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi boʻyicha 
qoʻyiladigan minimal talablar doirasiga nimalar kiradi? 
25. Huquqiy savodxonlik darajasi baholashdan oʻtkaziladigan davlat 
tashkilotlari xodimlari toifasi qanday toifadagi xodimlar kiradi?
26. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qaysi markazlar birlashtirish 
negizida tashkil qilingan? 
27. Ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning tarbiya borasidagi fikrlari qanday 
hamda uning fikrlarini tahlil qilib bering. 
28. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari qaysilar? 
29. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila tushunchasi? 
30. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoshlarga oid davlat 
siyosati sohasida qanday vakolatlari mavjud? 
31. Adliya organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari 
qaysilar? 
32. Davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻnalishi 
nimalarni oʻz ichiga oladi? 
33. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tashikiliy tuzilmasini 
aytib bering? 
34. Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi qanday bosqichlarni oʻz ichiga 
qamrab oladi? 
35. Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish kafolatlari qaysilar? 
36. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor 
yoʻnalishlari etib nimalar belgilangan? 
37. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazning asosiy maqsadlarini sanab 
bering. 
38. Beshta muhim tashabbus haqida nimalarni bilasiz? 
39. Adiblar xiyoboni qachon tashkil etildi va uni tashkil etishdan maqsad 
nima? 
40. 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot 
strategiyasi toʻg‘risida gapirib bering. 
41. Yoshlar daftariga qaysi toifadagi yoshlar kiritiladi va uning maqsadi 
nimadan iborat? 
42. Ayollar daftariga qaysi toifadagi ayollar kiritiladi va uning maqsadi 
nimadan iborat? 
43. “Temir daftar” nima va unga kimlar kiritiladi? 
44. Mahallalarda yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari nimadan iborat? 
45. Yoshlar yetakchilari oʻziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini qanday 
asosiy yoʻnalishlarda amalga oshiradi? 
46. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida aytib bering.
47. Bugungi kunda yoshlarga yaratib berilgan eng so`ngi imkoniyatlar haqida 
gapirib bering. 


48. “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni 
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar 
haqida gapirib bering. 
49. Yoshlarga oid davlat siyosati deganda nimani tushunasiz? 
50. Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati 
toʻg‘risida”gi Qonunda belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy 
yoʻnalishlarini yoritib bering. 
51. Vazirlar Mahkamasining 2020-yilning 24-avgustdagi “Atoqli adiblar va 
mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar oʻrtasida targ‘ib qilish hamda adiblar 
hiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi 502-son qarori 
mazmun-mohiyatini yoritib bering.
52. Ijtimoiy faollik deganda nimani tushunasiz? 
53. Milliy istiqlol g‘oyasi xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, 
ijtimoiy hamkorlik millatlararo totuvlik dinlararo bag‘rikenglik komillikka 
g‘oyalarga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar tashqi va ichki tahdidlarning mazmuni 
haqida gapirib bering. 
54. Kam ta’minlangan oilalarning farzandlari uchun oliy ta`limda qanday 
imtiyozlar berilgan? 
55. Talaba uchun oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berishni 
moliyalashtirish va toʻlab berish tartibini tushuntiring. 
56. 1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan talabalarga stipendiya tayinlash va 
toʻlash tartibi qanday? 
57. “Ong” tushunchasini “inson ruhiyati” tushunchasi bilan aynanlashtirish 
toʻg‘rimi? 
58. XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur 
vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat 
arbobi Abdulla Avloniy hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz? 
59. Oʻzbek adabiyotining zabards vakillaridan biri shoir Usmon Nosir hayoti 
va ijodi haqida nimalarni bilasiz? 
60. Yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining 
asoschisi Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz? 
61. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari haqida 
nimalarni bilasiz? 
62. Yoshlarga oid davlat siyosatiga ta’rif bering? 
63. Yoshlarga oid davlat siyosati boʻyicha Yosh mutaxassisga tushunchasiga 
berilgan ta’rif? 
64. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplarini sanab oʻting. 
65. Yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishda ishtirok etuvchi 
organlar va muassasalar tizimini sanb oʻting? 
66. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatining asosiy 
yoʻnalishlari koʻrsatib oʻting? 
67. “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini taqdim etish tartiblari haqida gapirib 
bering? 


68. BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Oʻzbekiston Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan va amalga oshirilgan tashabbuslar haqida 
nimalarni bilasiz? 
69. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi 
Oʻzbekiston Strategiyasi” nomli kitobida nimalar faqida fikr yuritilgan? 
70. Shavkat Mirziyoyev asarlarining 3-jildi haqida nimalarni bilasiz? 
71. 2021-yil natijalariga koʻra 100 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar 
tomonidan aniqlangan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga ega 10 
ta eng muhim tashabbuslarini aytib bering? 
72. 46-butunjahon shaxmat olimpiadasi haqida nimalarni bilasiz? 
73. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik 
zonasi hamda Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamg‘armasi toʻg‘risida 
nizomlar qachon tasdiqlandi va ushbu Nizomda nimalar nazarda tutilgan?
74. Vatanparvarlik prinsipi toʻg‘risidagi tushunchangiz? 
75. Axloqqa zid illatlarga qarshi kurashishning asosiy yoʻnalishlarini aytib 
bering.
76. Madaniyat nima va ma’naviy meros deganda nimani tushunasiz? 
77. Mafkura deganda nimani tushunasiz? 
78. Qadriyat deganda nimalarni tushunasiz? 
79. Prezident tomonidan 20.04.2021 yildagi «Yoshlarning tadbirkorlik 
faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya 
qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar 
toʻg‘risida»gi Farmon imzolandi. Ushbu Farmonda nimalar belgilab qoʻyildi? 
79. Axloq-odobni shakllantirish va rivojlantirishning omillari va ularning 
tizimini aytib bering? 
80. Ma’rifat deganda nimani tushunamiz? 
81. “Yoshlar daftari”dan qaysi hollarda chiqariladi? 
82. Davlat xizmatchilarining xizmatdagi xulq-atvorining asosiy prinsiplari 
maburiyatlarini tushuntirib bering. 
83. Vazirlar Mahkamasining 18.01.2022 yildagi “Iste’dodli yoshlarni qoʻllab-
quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari 
toʻg‘risida”gi 30-son qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorda nimalar belgilab qoʻyildi? 
84. Tafakkur toʻg‘risida tushunchangizni ayting. 
85. Huquqiy madaniyat haqida tushunchangizni ayting. 
86. Axloqiy ong va uning elementlarini aytib bering? 
87. “Odob” soʻzi nima ma’noni anglatadi?
88. Madaniyat organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi 
vakolatlarini gapirib bering? 
89. Pedagogik madaniyat deganda nimalarni tushunasiz? 
90. Ma’naviyat tushunchasiga qanday ta’rif berish mumkin? 
91. Kreativlik deganda siz nimani tushunasiz? 
92. Haqiqiy lider (yetakchi) qanday boʻlishi kerak, lideriga xos boʻlgan asosiy 
sifatlar qaysilar? 
93. Simpatiya va antipatiya tushunchalarini izohlang? 


94. Aristotel: “Kishining goʻzalligi libosida emas, balki tilida” degan 
ekan. Buyuk faylasufning bu fikrini qanday izohlash – sharhlash mumkin? 
95. Tashabbuskorlik huquqiy faoliyatning koʻproq qaysi yoʻnalishlarida 
yaxshi samara beradi, deb oʻylaysiz? 
96. “Taym-menejment” deganda nimani tushunasiz? U nima uchun kerak, deb 
oʻylaysiz? 
97. Vaqtni qanday boshqarish mumkin, bu borada sizning oʻz usullaringiz 
bormi? 
98. Bugungi kunda insonning vaqtini kemiruvchi illatlar haqida nima deya 
olasiz?
99. Fuqarolik jamiyati qanday jamiyat? “Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat 
sari” konsepsiyasining mohiyatini yoritib bering. 
100. Insonning oʻz imiji ustida ishlashining ahamiyati nimada? 
101. Hozirda “globallashuv” tushunchasi koʻp ishlatiladi. U qanday ma’noni 
anglatadi?
102. Nima uchun jamoada ishlash bugungi ish beruvchilar uchun bunchalik 
muhim hisoblanadi? 
103. Oʻzbekiston rivojiga toʻsqinlik qiluvchi ichki xavf-xatarlarni yoritib 
bering? 
104. Huquq – nafaqat siyosiy-yuridik, balki ijtimoiy-axloqiy xodisa. 
Jamiyatning huquqiy hayoti insonparvarlik, adolat, vijdon va burch, or-nomus, 
erkinlik va mas’uliyat kabi axloqiy xodisalarsiz rivojlana olmaydi. Shu nuqtai 
nazardan “ADOLAT” mohiyatini yoritib bering? 
105. Umuminsoniy axloq prinsiplaridan biri insonparvarlik hisoblanadi. 
Insonparvarlik prinsipining axloqiy mazmunini nimalar tashkil etadi? 
106. Respublikamizda din va davlat munosabatlari haqida nima deyish 
mumkin? 
107. Rahbar va lider tushunchalari oʻrtasidagi mushtarak va farqli jihatlar 
nimada? 
108. Jamoa ishi muvaffaqiyatining asosiy omillari nimalarda, deb oʻylaysiz? 
109. Yetakchilikning asosiy koʻnikmalari nimalarda namoyon boʻladi? 
110. “Ommaviy madaniyat” targ‘ibotchilarining asl niyati nima? 
111. Mafkuraviy immunitet tizimining tarkibini qanday elementlar tashkil 
qiladi? 
112. Diniy fundamentalizmning mohiyatini yoritib bering. Uning asosiy 
g‘oyalari nimalardan iborat? 
113. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi deganda nimani tushunamiz? 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin