Buxoro amirligi tarixi tarixshunosligida



Yüklə 71,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü71,37 Kb.
#186664
1   2   3   4   5   6
buxoro-amirligi-tarixi-tarixshunosligida-ahmad-donish-asarlarining-o-rni

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Ushbu asarning yozilish sanasi va boblari to`g’risida turli fikrlar mavjud. 
"Navodir ul-vaqoe"ning kirish – “Ahmad Donish va uning "Navodir ul-vaqoe" asari 
haqida” qismida aytilishicha, asar 13 bobdan iborat deyiladi. Andijon Davlat 
Universiteti tadqiqotchilari Arofat Abdullaeva, Xurshid Xolmirzaevlarning "Navodir 
ul-vaqoe" o`zbek tilida" nomli Ahmad Donish tavalludining 180 yilligi munosabati 
bilan o`tkazilgan anjumandagi ma`ruzalarida asar 22 bobdan iborat bo`lib, 1875-1882 
yillarda yozilgan deyiladi. Ushbu asar muqaddima, 3 fasl(qism) va xotimadan iborat. 
1-faslda amirlik va raislikning fazilati hamda podshohlar va davlat arboblarining 
xalq bilan qanday muomala qilishlari haqida. 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 927  www.ares.uz 
2-faslda amirlarning askarlar bilan hamda davlat arboblari, hukumat 
xizmatkorlari qanday yo`l-yo`riq tutishlari haqida 
3-faslda podshohlarning elni idora qilishlari, xalqparvar bo`lishlari, o`z qo`l 
ostidagi fuqarolarning ehtiyojlarini qanoatlanarlik darajada chiqarib tutishlari haqida.
Xulosa qismida esa Buxoro amirligidagi mavjud tuzum haqida fikr yuritilgan
Mazkur asar boblari alohida-alohida masalalarni o’z ichiga olgan. Jumladan, VII 
bobi Ahmad Donishning 1869 yilgi Rossiya safariga bag‘ishlangan va 1957 yilda chop 
etilgan. VIII bob podshoh Aleksandr II ning qizi Mariyaning 1874 yilda bo‘lgan nikoh 
to‘yiga yuborilgan elchi Abdulqodirbek safari haqida. Qolgan boblari xilma-xil 
mavzularga bag’ishlangan.
Masalan, ota-ona va farzand munosabatlari (1-bob), mol-dunyo (2-bob), tarix (3-
bob), olim va johil taqdiri (4-bob), vaqt qadri (5-bob), safar qilish foydalari (8-bob), 
ilm-fan manfaati (9-bob), haqiqiy va majoziy ishq hamda uning odobi (10-bob), nikoh 
(11-bob), taqdir (12-bob), kasb-kor (13-bob), jism va ruh (14-bob), yer tuzilishi va 
ma’danlar (16-bob), tush ta’biri (19-bob), Bedil baytlari (20-bob), ayrim hadislar 
talqini (22-bob), inson axloqini belgilash (23-bob) kabi. Tamaddun haqidagi risolasi 
(15-bob) va xilma-xil voqeiy hikoyalar (18, 21-boblar) ham asardan joy olgan. 
Ularning har biri ham muhim va qiziqarlidir.
Ahmad Donish Buxoro amirligi va unda hukmdor bo’lgan amirlarning tarixi 
masalalariga alohida e’tibor qaratgan. Ahmad Donishning "Buxoro mang’it 
amirlarining muxtasar tarixi" va boshqa bir qator asar mavjud. Asar shubhasiz
Buxorodagi mang’itlar hukmronligi tarixini o’rganishda muhim manba hisoblanadi.
Asarda asosan so`nggi mang’it hukmdorlari tarixi yoritiladi. Muallif bu 
sulolaning taxtdan ketishini mas`uliyatsizlik deb izohlaydi. Asarda asosiy e`tibor amir 
Muzaffar va Amir Abdulahad hukmronligi davrining boshlanishiga qaratilgan. Muallif 
bevosita o`zi guvoh bo’lgan voqealarini bayon etadi. Chor Rossiyasi tomonidan O`rta 
Osiyo va asosan Jizzax va Samarqandning egallanishi kabi masalalarni asarda alohida 
yoritishga e`tibor qaratiladi.
Mazkur manbani shartli ravishda ikki qismga bo`lish mumkin.
Birinchi qismda muallif faqat yozma manbalarda mavjud bo`lgan va o`zi 
eshitgan voqealarni bayon etgan. Unda Amir Doniyol hukmronligining so`nggi yillari 
va uch amir Shohmurod, Haydar, Nasrulloxon haqida bayon etiladi. Ammo Donish 
ma`lumotlarni berishda aniq bir manbaga tayanib qolmagan. U o`z asarining ushbu 
qismida faqat ikkita manbani ko`rsatib o`tgan. Bular "Tuzuki Temuriy" va "Ravzat as-
safo"lardir. 
Birinchi manba uni komil hukmdor namunasi mavjud bo`lgan asar sifatida 
qiziqtirgan. U risolaning kirish qismida (asarning) ushbu manba haqida quyidagi fikrni 



Yüklə 71,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin