Buxoro amirligi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə2/4
tarix25.03.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#89845
1   2   3   4
Sardor Jumaboyev

Dars turi:


Yangi bilim beruvchi, bilimlarni shakllantiruvchi


Dars metodi:


Interfaol metodlar, Guruhlarda ishlash”, Klaster”


Dars jihozi:


darslik, xarita, ko’rgazmali va didaktik materiallar, proyektor, AKT




DARS BOSQICHLARI: 1 Tashkiliy qism
2 O’tilgan mavzuni takrorlash
3 Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
4 Yangi mavzuni mustahkamlash
5 Dars yakuni va baholash

6
Uyga vazifa
DARSNING BLOK CHIZMASI: Bajariladigan ish mazmuni
Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi Takrorlash, mustahkamlash, yangi mavzu bilan bog’lash

Yangi mavzuni tushuntirish

Yangi mavzuni mustahkamlash

G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi



Ajratilgan vaqt
3 daqiqa 8 daqiqa 14 daqiqa 15 daqiqa 3 daqiqa 2 daqiqa


Yangi dars mazmunining tayanch tushunchalari, atamalari, tarixiy sana va nomlar:
«Bo‘lib tashla, hukmronlik qil», Romanovskiy, Erjar jangi, O’ratepa va Jizzax janglari, Sirdaryo viloyati. 1866-yil, 1864-1866-yillar.

I. Tashkiliy qism:
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.

1-topshiriq: O’qituvchi o‘tilgan mavzular yuzasidan o‘quvchilar tomonidan tuzib kelingan boshqotirmalar, «Marra tomon olg‘a» degan mavzular bo‘yicha savollardan tashkil topgan o‘yinlami amalga oshiradi.
N.I gacha bo‘lgan mavzulami takrorlash o‘quvchilar tomonidan guruhlarda amalga oshiriladi. Bilim choqqilarini zabt etish uchun marra sari olg'a!

Izoh: Aylana yoki to‘rtburchak, uchburchak ichiga savol yoziladi, guruhlardan chiqqan o‘quvchilar birin-ketin savolga javob beradi, javob berolmagan yo‘lda qoladi, javob beradigan o‘quvchi marra tomon ketaveradi.

O’quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.


III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish: Bu vazifa quyidagi reja asosida amalga oshiriladi:
Buxoro amirligini bosib olishning boshlanishi;O'ratepa va Jizzax uchiin janglar

Buxoro amirligini bosib olishning boshlanishi

Toshkent shahri bosib olingandan so'ng podsho hukumatining kelgusidagi rejasi xonliklarni navbat bilan bosib olish edi. Barcha harbiy harakatlar Toshkent shahridan turib tashkil qilindi va boshqarildi. Shu maqsadda, eng avvalo, xonliklarning birlashmasligiga qaratilgan siyosat olib borildi. Ya'ni mustamlakachilar o'zlarining asosiy qoidasi hisoblangan «Bo'lib tashla, hukmronlik qil» shioriga amal qilishga kirishdi.
Podsho hukumati O'rta Osiyodan M. Chernyayevni Sankt-Peterburgga chaqirib oldi va lining o'rniga Turkiston viloyatining gubernatori qilib F.
F.Romanovskiyni tayinladi. F. Romanovskiy 1866-yilda Buxoro amirligi Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanayotganligini bahona qilib, unga qarshi harbiy yurish boshlashga imperatordan ruxsat so'radi. Hukumat totnonidan bu taklif qabul qilingach, u Sirdaryoning o'rta oqimidagi hududlarni egallashga kirishdi. Birinchi jang 1866-yil 8-mayda Erjar qishlog'i yaqinida bo'lib, kuchlar harbiy jihatdan teng boMmaganligi uchun amir qo'shinlari mag’lubiyatga uchradi. F. Ro-manovskiy Buxoro qo'shini-ni ta'qib qilishni to'xtatib, avval Qo'qon xonligi bilan Buxoro amirligi o'rtasida joylashgan - Toshkent, Qo'qon, Balx va Buxoro bilan bog’lovchi Xo'jandga qarab harakat boshladi.
Turkiston viloyati harbiy gubernatori qo'shinlari tomonidan Xo'jand qal'asi may oyida qamal qilinib, 20 ta to'pdan o'qqa tutildi. Ertasi tonggacha qamal davom etib, keyin hujum boshlandi. Birinchi hujum qaytarilgandan so'ng, shahar yana qayta o'qqa tutildi. Shahar qamali va o’qqa tutish ikki kun davom etdi. Istilochilarga qarshi shahar mudofaachilari har bir qarich joy uchun mardonavor jang qildilar. Lekin harbiy texnika va son jihatdan ustun bo'lgan mustamlakachilar qo'shinlari 24-mayda tunga borib himoyachilarning mudofaasini yorib o’tdilar. Shahar ko’chalarida ko'plab mudofaachilar va tinch aholining jasadlari, vayron bo'lgan xonadonlar qoldi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin