Buxoro amirligida tashqi siyosat va diplomatiyaning rivojlanishi tarixidan



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#169909
1   2   3
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Buxoro amirligining tashqi siyosat borasidagi faoliyatini tadqiq etishda tegishli 
qo‘lyozma asarlar va arxiv hujjatlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu 
o‘rinda ta’kidlash joizki, bizgacha yetib kelgan tarixiy manbalar mazkur davrga oid 
bo‘lgan tashqi siyosat borasidagi voqelikni to‘liq tavsiflash imkonini bermaydi. 
Bunday holatning yuzaga kelishiga Buxoro amirligida qo‘shni davlatlar bilan 
muntazam elchilik aloqalari o‘rnatilmaganligi, tashqi siyosat borasida olib borilgan 
faoliyatni lozim darajada qayd etilmaganligi, oz bo‘lsada, sohaga oid mavjud 
manbalarda u yoki bu amirning bu boradagi siyosatini haqqoniy va xolis 
yoritilmaganligi, boshqa mamlakatlar elchiliklari tarkibida amirlikka kelgan 
sayohatchilarning asarlarida ushbu masalalar qisman va o‘z mamlakatlari manfaatidan 
kelib chiqqan holda baholanganligi kabi qator sabablarni keltirib o‘tish mumkin. Lekin 
shunga qaramay ushbu masalalar yuzasidan bir qator sharqshunos, o‘lkashunos va 
tarixchi olimlar tomonidan muayyan darajada ilmiy tadqiqotlar olib borilganligini ham 
e’tirof etish lozim. Shu bilan birga, mazkur izlanishlarda tashqi siyosat va diplomatiya 
tarixiga oid bo‘lgan manbalar yetarli tarzda tahlil etilgan deb bo‘lmaydi. 
Ularda Buxoro amirligining ayrim hukmdorlari tashqi siyosatiga qisman e’tibor 
berilib, asosan ma’muriy tuzilish, yer-suv munosabatlari, soliq tizimi, davlat mansab 
va unvonlariga oid ayrim jihatlar o‘rganilgan, xolos. Masalan, A.A.Semyonov 
tomonidan amir Haydarning Rossiya podshohi Aleksandr I ga yo‘llagan maktublari, 
G.A.Mixaleva tomonidan esa Buxoro amirligi bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo-sotiqqa 
oid aloqalar o‘rganilgan. Shu jihatdan olganda, Buxoro amirligi diplomatik 
aloqalarining huquqiy asoslari, tashqi siyosatining tamoyillari, qoidalari hamda o‘ziga 
xos xususiyatlari amalga oshirilgan tadqiqotlar doirasidan chetda qolib ketganligini 
qayd etish lozim. Yuqoridagilarni inobatga olib, bizning fikrimizcha, ushbu davrda 
amalga oshirilgan tashqi siyosatning quyidagi masalalarini o‘rganish muhimdir. 
Chunonchi, - tadqiq etilayotgan davr yirik davlatlarning o‘zaro nizolari, urushlari 
davriga to‘g‘ri kelganligi va shu munosabat bilan Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
84 
pasayishi sharoitida olib borilgan diplomatik aloqalarning o‘ziga xosligi; mamlakatda 
mahalliy-urug‘larning o‘zaro kelishmovchiliklariga qaramasdan tashqi siyosiy 
aloqalarning muayyan darajada olib borilganligi; Buxoro amirligining tashkil topishi 
jarayonida Eron va Buxoro davlatlari o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, 
mamlakatning mustaqilligini saqlab qolish maqsadida oqilona diplomatik siyosat 
yuritilganligi; Rossiya imperiyasiga qaramlik sharoitida Buxoro amirligining olib 
borgan tashqi siyosat va diplomatik aloqalarining o‘ziga xosligi kabi masalalarni 
o‘rganish shular jumlasidandir. 
Amir Haydar hukmronligi davrida O‘rta Osiyo davlatlari – Xiva va Qo‘qon 
xonliklari, Rossiya, Eron, Afg‘oniston, Xitoy hamda Usmoniylar davlati bilan xalqaro 
iqtisodiy, madaniy va siyosiy-huquqiy munosabatlarni shakllantirish maqsadida 
elchilik aloqalarini yanada mustahkamlashga harakat qilingan. U o‘z sulolasidan 
bo‘lgan boshqa amirlardan farqli o‘laroq, mang‘itlar hukmronligini mustahkamlash, 
ichki va tashqi muxoliflarga qarshi kurashda qatormuvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishga 
erishgan davlat boshlig‘i sifatida ajralib turadi. XIX asrning birinchi yarmida, ya’ni 
amir Haydar hukmronligi davrida Buxoro va Rossiya davlatlari o‘rtasida doimiy 
faoliyat yuritib turadigan vakolatxonalar yoki elchixonalar va ikki davlat o‘rtasida 
yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladigan shartnomalar mavjud bo‘lmagan. 
Elchiliklar odatda, siyosiy va iqtisodiy aloqalar borasida munozaralar olib boorish yoki 
muhim voqealardan axborot berish uchun yuborilar va ularning maqsadi amir 
yorlig‘ida baѐn qilinar edi. 1805-yilda Rossiya tashqi ishlar vazirligi boshqarmasining 
boshlig‘i knyazь Adam Charteriyskiyning ko‘rsatmasiga binoan maxsus karvonda 
savdogar qiyofasida Orenburgdan Buxoroga rus konfidentlaridan biri Habibulla 
Abdulov yuboriladi.
U bu yerda rasman soxta pul yasashda ayblangan va Buxoroga qochib kelgan rus 
fuqaroligiga mansub teptyar-tatarlarni Rossiyaga topshirish haqida muzokaralar 
yuritadi, ammo aslida unga yuklatilgan asosiy vazifa Nodirshohning Buxoroda 
yashashi taxmin etilgan nevarasini rus imperatori panohiga olib ketish bo‘lgan. Shu 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
85 
yilning o‘zida Orenburgga Buxoro amirligi elchilari sifatida ikki savdogar – Mirzabek 
Allaѐrov va Gʻofurjon Navro‘zjonovlar tashrif buyuradi. Ushbu elchilar Orenburg 
general-gubernatoriga Buxoroda soxta pul yasash bilan shug‘ullanuvchi Valit 
Hamitovdan musodara qilib olingan uskunalarni topshiradilar. Lekin ushbu 
savdogarlarda elchilik vakolatini tasdiqlovchi kerakli hujjatlar bo‘lmaganligi sababli, 
ularning Rossiya davlati boshliqlari bilan uchrashishlariga ruxsat etilmaydi. 1809-yilda 
Rossiyadan Buxoroga “maxfiy suratda yana bir konfident – poruchik Odilnosir 
Subhonqulov Orenburg harbiy gubernatori nazorati ostida yuboriladi”
1
. Poruchik 
Subhonqulov missiyasi dastlab Buxoro amirligi hamda Rossiya davlatlari o‘rtasidagi 
karvon savdolarining xavfsizligini ta’minlash, aniqrog‘i qaroqchilar tomonidan talon-
taroj qilingan savdo karvonlari masalasini hal qilish hamda Rossiya-Buxoro davlatlari 
hamkorligida o‘zaro jinoyatchilikka qarshi kurashish, shu bilan birga, Rossiyadan 
qochib Buxoroda boshpana topgan soxta pul yasovchi Xamitov va uning sheriklarini 
Rossiya davlatiga topshirish bilan bog‘liq masalalar bilan shug‘ullangan
O‘z navbatida, amir Haydar javob xatida bunday masalalar faqatgina ikki 
davlatning boshliqlari tomonidan hal qilinishi, ya’ni amirga faqat bevosita Rossiya 
davlati boshlig‘i murojaat qilishi lozimligi haqida bayon etadi. Buxoro amiri Haydar 
o‘zining ana shu maktubi bilan davlatlararo qonun-qoidalarga rioya etish masalasini 
eslatib, unga tanbeh berish bilan birga, xalqaro miqyosda Buxoro amirligining mustaqil 
davlat sifatida obro‘-e’tiborini saqlashga naqadar katta e’tibor berib kelganligini ham 
namoyon etadi. Rossiya Buxoroga xufyalar yo‘llar ekan, dastavval Buxoroning Xiva 
bilan umumiy til topib kuchayishidan, so‘ngra ularning fransuzlar ta’sirida Rossiya-
Eron urushida Eron tarafiga og‘ib ketish xavfidan g‘oyat katta tashvishda edi. Amir 
Haydar ana shu voqealardan yaxshi xabardor bo‘lgan. Ammo u tashqi siyosatda 
mustamlakachi davlatlarning qutqusi bilan emas, balki o‘z davlati xavfsizligi 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda faoliyat yuritgan. Amir Haydar o‘z navbatida 
Usmoniylar davlati bilan tashqi siyosiy va diplomatik munosabatlarni mustahkamlash 
1


WWW.HUMOSCIENCE.COM
86 
maqsadida devonbegi Eshmuhammad va qo‘riqchiboshi Mirza Muhammadyusufni 
Istanbulga Buxoro amirligining rasmiy vakili sifatida yuboradi. 
Amir Haydar Buxoro amirligining Usmoniylar davlatidagi elchisi Mirza 
Muhammadyusuf hamda uning vafotidan so‘ng elchi Mirza Muhammadfozil orqali 
yuborilgan nomalarida siyosiy munosabatlarni mustahkamlash haqida so‘z 
yuritilmasdan, balki ko‘proq ikki davlat o‘rtasida madaniy va iqtisodiy hamkorlik 
borasidagi takliflar izhor etilgan edi. Buxoro amiri Muzaffar tashqi siyosati va 
diplomatik munosabatlari tarixi haqida so‘z ketganda, avvalo, uning davlatni 
boshqargan yillarida amirlikning Rossiya imperiyasiga mustamlaka bo‘lgan davriga 
alohida to‘xtalib o‘tish joizdir. Chunki ushbu davr, ya’ni 1868-yilning 11-iyulida 
Rossiya bilan Buxoro amirligi o‘rtasida tuzilgan sulh shartnomasiga asosan 
amirlikning Rossiya imperiyasi vassaliga aylanganligining huquqiy asosi vujudga 
kelgan davrdir. Rossiya bilan Buxoro amirligi o‘rtasida tuzilgan sulh shartnomasiga 
asosan diplomatik masalalar deyarli Rossiya imperiyasining manfaatlariga xizmat 
qilib, faqatgina Buxoro fuqarolarining Rossiya hududlarida erkin savdo qilish huquqi, 
Amudaryoda xususiy kemalarning erkin suzib yurish huquqi, ikki davlat savdogarlari 
uchun bojning yagona qiymati kabilar belgilangan edi, xolos. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin