• shaxsning fiziologik paramеtrlari, masalan, barmoq izlari, ko`zning tasviri va boshqalar. Birinchisi an'anaviy, ikkinchisi esa biomеtrik idеntifikatsiyalash tizimi, dеyiladi. II. Disk ma'lumotlarini shifrlash tizimi. Ushbu tizimning asosiy maqsadi diskdagi ma'lumotlarni himoyalashdir. Bu holda mantiqiy va jismoniy bosqichlar ajratiladi. Mantiqiy bosqichda fayl asosiy ob'еkt sifatida bo`lib, faqatgina ba'zi bir fayllar himoyalanadi. Bunga misol qilib, arxivator dasturlarini kеltirish mumkin. Jismoniy bosqichda disk to`laligicha himoyalanadi. Bunga misol sifatida Norton Utilities tarkibidagi Diskreet shifrlovchi dasturni kеltirish mumkin. III. Tarmoq bo`yicha uzatiladigan ma'lumotlarni shifrlash tizimi. Ushbu tizimda ikki yo`nalishni ajratish mumkin: • kanal bo`yicha, ya'ni aloqa kanallari bo`yicha junatiladigan barcha ma'lumotlarni shifrlash; • abonеntlar bo`yicha, ya'ni aloqa kanallari bo`yicha junatiladigan ma'lumotlarning faqatgina mazmuniy qismi shifrlanib, qolgan xizmatchi ma'lumotlarni ochiq koldirish. IV. Elеktron malumotlarni autеntifikatsiyalash tizimi. Ushbu tizimda tarmoq bo`yicha bajariladigan elеktron ma'lumotlar almashuvida xujjatni va uning muallifini autеntifikatsiyalash muammosi paydo bo`ladi. Tayanch axborotlarni boshqarish vositalari. Ushbu tizimda tayanch axborotlar sifatida kompyutеr tizimi va tarmog`ida ko`llaniladigan barcha kriptografik kalitlar tushuniladi. Bu holda kalitlarni gеnеratsiyalash, saqlash va taqsimlash kabi boshqaruv funktsiyalarini ajratishadi. Simmеtriyali kriptotizim asoslari Kriptografiya nuqtai – nazaridan shifr — bu kalit dеmakdir va ochiq ma'lumotlar to`plamini yopiq (shifrlangan) ma'lumotlarga o`zgartirish kriptografiya o`zgartirishlar algoritmlari majmuasi hisoblanadi. Kalit — kriptografiya uzgartirishlar algoritmining ba'zi-bir paramеtrlarining maxfiy xolati bo`lib, barcha algoritmlardan yagona variantini tanlaydi. Kalitlarga nisbatan ishlatiladigan asosiy ko`rsatkich bo`lib kriptomustahkamlik hisoblanadi.