Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini ta'minlashdan iborat. Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan iborat. hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin: • simmеtriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli); • asimmеtriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli). Simmеtriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud: 1) Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo`l bilan maxfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari mumkin. 2) Jo`natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo`ladi Ushbu muammolarning yеchimi ochiq kalitli tizimlarda o`z aksini topdi. Ochiq kalitli asimmеtriyali tizimda ikkita kalit qo`llaniladi. Biridan ikkinchisini hisoblash usullari bilan aniqlab bo`lmaydi. Birinchi kalit axborot jo`natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklashda qo`llaniladi va u sir saqlanishi lozim.
Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini ta'minlash mumkin. Agar birinchi kalit sirli bo`lsa, u holda uni elеktron imzo sifatida qo`llash mumkin va bu usul bilan axborotni autеntifikatsiyalash, ya'ni axborotning yaxlitligini ta'minlash imkoni paydo bo`ladi. Axborotni autеntifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yеchish mumkin: • foydalanuvchini autеntifikatsiyalash, ya'ni kompyutеr tizimi zaxiralariga kirmoqchi bo`lgan foydalanuvchini aniqlash: • tarmoq abonеntlari aloqasini o`rnatish jarayonida ularni o`zaro autеntifikatsiyalash. hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo`lgan yo`nalishlardan biri bu elеktron to`lov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan elеktron savdolardir. Axborotlarni kriptografiyali himoyalash tamoyillari Kriptografiya — ma'lumotlarni o`zgartirish usullarining to`plami bo`lib, ma'lumotlarni himoyalash bo`yicha quyidagi ikkita asosiy muammolarni hal qilishga yo`naltirilgan: maxfiylik; yaxlitlilik.