99
tarkibi, asab tizimi vazifalari, shuningdek ter va muskullarning
oziqlanishi yaxshilanadi, issiqlik chikishi ko‘payadi, muskullarning
charchashi yo‘qoladi. Bolalar bog‘chasi kun tartibida xilma-xil
o‘yinlarga alohida o‘rin beriladi. Vaqtdan to‘laqonli foydalanish
uchun tarbiyachi o‘yinchoqlar va qo‘llanmalarni oldindan tanlab
qo‘yishi, bolalarni bajarish ko‘nikmalarini tarbiyalashi zarur.
Sayr qilish har tomonlama tarbiyaviy ishlar uchun keng
imkoniyatlar beradi, Sayr chog‘ida, tabiat
va ijtimoiy hodisalar
kuzatiladi, bolalarning mehnat va o‘yin faoliyati, sport mashqlari
uyushtiriladi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ovqat-
lanishi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida butun ovqatlanishni
tashkil etish bolalarda taomni yeyishga ijobiy munosabatni yaratishga
qaratilgan bo‘lishi kerak. Muayyan vaqtda, 3,5 - 4 soat oralig‘ida
bolalarga mazali tayyorlangan, chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan
taomlar beriladi. Ovqatlanish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa
oldindan tayyorlab qo‘yiladi, chunki tutish ishtahani pasaytiradi, asab
tizimini qo‘zg‘atadi. Stolni enaganing o‘zi bezaydi, o‘rta guruhdan
boshlab esa bu ishda navbatchi bolalar faol ishtirok etadilar.
Navbatchilikning tartibi va harakatlarning xususiyatlari tarbiyachi
tomonidan puxta o‘ylanadi va bolalar aniq ketma-ketlikda tushun-
tiriladi. Normal ovqatlanish jarayoni uchun
osoyishta vaziyat katta
ahamiyatga ega. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda madaniy-
gigiyenik ko‘nikmalarni tarbiyalash. Butun maktabgacha yosh
davomida madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish yuzasidan
katta ishlar olib boriladi. Harakatlar muvofiqligini rivojlantirishdagi
fikrlashdagi ro‘y bergan katta siljishlar bolalarning o‘ziga-o‘zi xizmat
qilishi, navbatchilik, jamoadagi muloqot davrida zarur bo‘1gan xilma-
xil harakatlarni uddalashi uchun imkon beradi.
3 yoshga qadam qo‘ygan bolalar qo‘llarini to‘g‘ri yuvishni (qo‘llarni
bir-biriga ishqab sovun surish, sovunni yuvib tashlash va har bir
barmoqni artish)ni, tish yuvishni (dastlab oddiy xo‘1 cho‘tka bilan, 4
yoshdan boshlab poroshok bilan), ovqatdan keyin og‘izni chayqashni,
dastro‘molchadan foydalanishni, stol atrofida o‘zini madaniy tutish
qoidalariga rioya etishni (qoshiqdan, sanchqidan foydalanishni,
ovqatni to‘kmaslikni) bilishi kerak. Bolalar o‘yinchoqlarga
ehtiyot-
korlik bilan munosabatda bo‘lishni, ozodalik va tartib saqlashni o‘r-
ganadilar.
100
4 yoshga qadam qo‘ygan bolalar ancha mustaqil bo‘lib qoladilar, ular
endi sovun bilan yuzlarini, bo‘yinlarini, quloqlarini yuva oladilar,
ancha puxtalik bilan kiyina oladilar, har bir harakatni bajarish tartibini
biladilar, bir-birlarining tashqi ko‘rinishlaridagi yoki atrofdagi
nuqsonlarni seza boshlaydilar. 6-7 yoshli bolalar o‘ziga o‘zi xizmat
ko‘rsatishga doir barcha harakatlarni ancha tezroq va aniqroq bajara
oladilar. Ular tez, toza, kiyimlarini, polni ho‘l qilmasdan yuvina
olishlari, puxta va tez kiyina olishlari, o‘z tashqi ko‘rinishlarini
kuzatib borishlari kerak. Ovqatlanish ko‘nikmalariga
katta talablar
qo‘yi1adi: bolalar sanchqi, pichoqdan to‘g‘ri foydalanadilar, tartibli
ovqat yeydilar. O‘yin burchaklarini yig‘ishtirish, navbatchilik turlari
majburiyatlari va ko‘nikmalari doirasi kengayadi, navbatchilarning
vazifalari murakkablashadi.
Madaniy gigiyenik ko‘nikmalarni muntazam mustahkamlab
borish kerak. Tarbiyaviy ishlar tizimining o‘zgarishi, malakalarni
shakllantirish va ulardan foydalanishga e’tiborning yo‘qligi ularning
tezda yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun jismoniy mashqlar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan
ish olib borishda jismoniy
mashqlar katta o‘rin tutadi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrda
bolalar tarbiyachi rahbarligida va mustaqil ravishda asosiy
harakatlarni, sport mashqlarni egallagan, xilma-xil harakatli o‘yinlarni
o‘ynashni o‘rgangan bo‘lishlari kerak. Bu keng dastur ishning xilma-
xil vositalari va shakllaridan foydalangandagina bajarilishini mumkin.
Har kuni bolalar bir necha bor jismoniy mashqlarni bajaradilar: ertalab
gigiyenik gimnastika shaklida; haftasiga ikki marta jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlari tarzida bajaradilar, ularga turli xildagi saf tortishlar,
umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, harakatli
o‘yinlar kiradi. O‘rta va katta yoshdagi bolalar bilan o‘tirib
bajariladigan mashqlardan
jismoniy tarbiya daqiqalari, mashg‘ulotlar
orasida jismoniy tarbiya tanaffuslari o‘tkaziladi. Sayr chog‘ida
sport
mashqlari, harakatli o‘yinlar uyushtiriladi, bolalarning kichik
guruhlari bilan ish olib boriladi. Kunduzgi uyqudan keyin saf
tortishlar, qayta saf tortishlar, raqs harakatlari, maroqli mashqlar
bajarilib, ular chiniqtirish tadbirlari bilan qo‘shib o‘tkaziladi. Sayr
chog‘ida va xonada bolalarning turli qo‘lllanmalar va motorli
o‘yinchoqlar bilan mustaqil o‘yinlari uyushtiriladi.
101
Maktabgacha ta’lim bolalar muassasalarida jismoniy tarbiyaning
quyidagi o‘ziga xos vositalaridan foydalaniladi: 1) harakatli o‘yinlar
o‘tkazilib, ularga eng ko‘p o‘rin beriladi; 2) asosiy gimnastika (asosiy
harakatlar, umum rivojlantiruvchi va saf tortish mashqlari); 3) sport
mashqlari (konkida uchish, chang‘ida yurish, suzish, velosipedda
uchish); 4) bolalar turizmi.
Ko‘rsatilgan vositalar dan uyg‘un birlikda foydalanish har
tomonlama jismoniy rivojlanishni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: