3-semestr 1-mavzu. Pedagogik kvalimetriya fanining maqsadi va vazifalari. Kvalimetriya fani haqida tushuncha. Pedagogik kvalimetriya fanining maqsad va vazifalari. Pedagogik kvalimetriya fanining boshqa pedagogik fanlar bilan aloqadorligi. Pedagogik kvalimetriya fanining zamon talablariga mos tashkil etilishini nazorat qilish imkoniyatlari.
2-mavzu. Pedagogik kvalimetriya fanining nazariy – metodologik asoslari.Pedagogik kvalimetriya faniga metodologik yondashuvlar. Pedagogik kvalimetriya nuqtai nazaridan yondoshuv, fanlararo yondashuv, ma’lumotli yondashuv. Pedagogik kvalimetriya tizimi, yangi va eng yangi rivojlanish davri.
3-mavzu. Pedagogik kvalimetriya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.Pedagogik kvalimetriya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Pedagogik kvalimetriya fanining asosiy metodlari: tahlil, sintez, qiyoslash va taqqoslash. Pedagogik kvalimetriya metodlari va ularning turlari, ulardan foydalanish istiqbollari va muammolari.
4-mavzu. Testologiya fanining maqsadi va vazifalari, testlarning taʼrifi, tasnifi, metodologik asoslari. Test topshiriqlarini tuzish va amaliyotga joriy etish. Testlarning taʼrifi, tasnifi, metodologik asoslari. Testologiya fanining rivojlanish bosqichlari, uning faoliyat sohalari. Test topshiriqlari mazmunini tanlash printsiplari. Testni topshiriqlarini tuzish bosqichlari. Test topshiriqlarini amaliyotga joriy etish. Olingan natijalarni tahlil qilish va umumlashtirish. Test topshiriqlaring turlari va ularning tavsifi. Standart va nostandart test pedagogik kvalimetriya nazorat va baholash texnologiyasi sifatida. Standart test turlari. Nostandart testlar.
5-mavzu. Test topshiriqlarining statistik tahlili. Statistik tahlilning ahamiyati. Test topshiriqlarining sifat ko‘rsatkichlari.
6-mavzu. Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni, testlarni tashkil etish va ularning natijalarini qayta ishlash.Test topshirigʼining tarkibi, mazmuni va samaradorligiga qoʼyiladigan talablar. Reproduktiv darajadagi test topshiriqlari. Produktiv darajadagi test topshiriqlari. Qisman-izlanishli darajadagi test topshiriqlari. Ijodiy (kreativ) test topshiriqlari. Testni tashkil etish. Test natijalarini yagona shkalaga keltirish. O‘tish ballarini belgilash texnologiyalari.