4-rasm. O’qituvchining o’zini taqdimot qilish texnologiyasi.
Qiyofa vizualizatsiyasi quyidagilarda namoyon bo’ladi:
feysbilding (“facebuilding”) yuz gigiyenasi, kosmetologik tuzatish, makiyaj yoki vizaj, sochlarini parvarishlash va mos turmak tanlash;
kinetika: tana nafisligi, xatti-harakat va holat elegantligi, ishora san’ati, sog’lom turmush tarzi;
kiyinish usuli: erkaklar va ayollar zamonaviy moda olami tendensiyalari asosida klassik uslubda kiyinib yurush, aksessuarlar samaraligi, yaxshi kiyinib yurish.
Kommunikativlik deganda, o’zaro too’g’ri muloqot qilish, qoidalariga rioya qilish nazarda tutiladi, ya’ni suhbatdoshga hurmat bilan munosabatda bo’lish, shaxsiy jozibadorlikdan foydalanish, suhbatdoshga yolg’on mulozamat qilmaslik, haqiqatni noto’g’ri talqin qilmaslik va h.k.
Verbal effekt esa quyidagilarda namoyon bo’ladi:
oyoqlarning yig’ilgan holatda turishi;
qo’llarning me’yorida harakatlanishi;
ovoz tembrining juda yuqori emasligi, yoki aksincha yuqoriligi;
ifodali nutqning rivojlantirish;
mazmunli nutq kiradi.
Flyuid nurlanish (tashqi emotsiya) birinchi taaassurot, tanishuvning birinchi soniyalarda namoyon bo’ladi:
Yoqimli tashqi ko’rinish;
Go’zal xulq-atvor;
Ifodali va nafis nutq;
Bilim;
Xarizmatik ta’sir;
Hurmatni namoyon etish;
Imidjning texnologik funksiyalari.
Imidjning texnologik funksiyalari quyidagilardan iborat:
1. Ijtimoiy adabtatsiya (moslashuvchanlik).
2. To’g’ri tanlangan imidj orqali ma’lum bir ijtimoiy muhitga tezroq kirishish, insonlar bilan ijobiy aloqalar o’rnatishi mumkin.