2-yo’l: amaliy harakat ko’nikmalarini shakllantirish. Pedagoglar talaba-yoshlarda harakat ko;’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ko’rsatmali metod va vositalardan foydalaniladi. Bu o’rinda savollardan foydlanish faqat qisqa muddatda yordam berishi mumkin, biroq talablarda interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi.
3-yo’l: faqat faoliyat jarayolarini tashkil etish. Mazkur yo’l talabalarni muammoni yechish va innovatsion g’oyalarni ilgari surish jarayonida kteativ, ijodiy fikrlashga urg’u beradi. Mazkur jarayonlarda metod va usullari faol qo’llanmasada kretaiv fikrlash yuz beradi. Masalan, “Didaktika” tushunchalari bilim, ko’nikma, malaka va boshqa kategoriyalar bo’yicha topshiriqlar bajarilar ekan, talabalar bu tushunchalar o’rtasida o’zaro bog’lanish borligi haqida fikr yuritadilar va turli didaktik muammolar tahli qilinadi. Natijada bu jarayonda ko’p tomonlama fikrlash, mushohada yuritishga yo’l ochadi.
4-yo’l: mahsulot (ishlanmalar)da foydalanish. Bu yo’lni tutishda pedagog talabalarga “Didaktikaning ta’limdagi o’rni” mavzusida “Power Point” dasturi yordamida prezentatsiya (taqdimot) tayyorlab, topshiriqni bajargan holda yangilik yaratish mumkin. Taqdimotni tayyorlash jarayonida talabalarda yondashuv ko’nikmalari faol rivojlanadi. Dars davomida kompetentli pedagog amaliy darslarda ma’lum mavzularda badiiy asarlar va filmlar, ta’limda yosh muammolari, tarbiyadagi muammolar, oilada ota-ona va farzand muammolari mavzusida talabalarga fikrlash bo’yicha turli topshiriqlar berish mumkin. Kasbiy faoliaytga mutlaqo bog’liq bo’lmagan ixtiyoriy ravishda mavzular tanlanishi mumkin. Kasbiy faoliyatingizga bog’liq, biroq bir-biriga zid ikkita obyektni oling (10-rasm):
BIR-BIRIGA BOG’LIQ BO’LMAGAN YOKI JUDA KAM BOG’LANGAN OBYEKTLAR