Standartlashtirishda ikki omil muhim ahamiyatga ega, ya’ni: 1) turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2) O’zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni rivojlanish an’analarining hisobga olinishi. Davlat ta’lim standartlari oliy ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni va sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydigan me’yoriy hujjat hisoblanadi. DTSda ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, ta’lim oluvchilar tomonidan bajariladigan o’quv ishlarining maksimal hajmi, o’quv fani bo’yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijaiari hamda ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo’lgan ta’lim darajasi belgilab beriladi.
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, oliy ta'lim sohasidagi xalqaro hujjatlarga mos ravishda atamalar va ta’riflardan foydalanilgan, ya’ni:
bakalavriatning asosiy ta’lim dasturlari - talabalarning tarbiyasi va tayyorgarlik darajasi sifatini ta ’minlashga yo’naltirilgan o’quv rejasi, o’quv kurslari, fanlari (modullari)ning dasturlarni qamrab olgan o’quv-uslubiy majmualari hamda malakaviy amaliyotlar dasturlari, o’quv jarayoni jadvali va mos ravishdagi ta’lim texnologiyalarini amalga oshirilishini ta’minlovchi metodik materiallar;
kasbiy faoliyat sohasi - ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda, ishlab chiqarishda namoyon bo’ladigan kasbiy faoliyat obyektlarining majmuasi;
kasbiy faoliyat obyekti - kasbga yo’naltirilgan predmetlar, voqeliklar, jarayonlar va tizimlar;
kasbiy faoliyat turi - ta’lim y o ’nalishiga o’zgartishlar kiritish maqsadida kasbiy faoliyat obyektiga ta’sir qilish tavsifi metodlari va usullari;
kompetentlik - shaxsning muayyan ta’lim yo’nalishi yoki mutaxassisligi bo’yicha olgan bilim, malaka va ko’nikmalari hamda shakllangan shaxsiy xislatlarini mehnat faoliyatida muvaffaqiyatli qo’llay olish qobiliyati;
kompetensiya — bilim, malaka va shaxsiy sifatlarini ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat uchun qo’llay olish;
modul - ta’lim va tarbiyaning muayyan maqsadi va natijasiga erishish bo’yicha o’zaro bog’langan hamda mantiqiy togaliikka ega bo’lgan o ’quv fanlari va ularning tarkibiy qismlari;
yo’nalish- asosiy ta’lim dasturining kasbiy faoliyatning muayyan turi va yoki obyektiga yo’nalganligi;
ta’lim dasturi - muayyan bakalavriat ta’lim yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligida majburiy va tanlab o’qitiladigan fanlar tizimi, o'tkaziladigan amaliyot turlari va ularning mazmuni;
ta’lim yo’nalishi - muayyan kasbiy faoliyat doirasidagi turli darajadagi ta’lim dasturlarining majmui;
ta’lim natijalari - o’zlashtirilgan bilim, malaka va ko’nikmalar hamda o’zlashtirilgan kompetensiyalar.
Umumkasbiy kompetensiyalar bo'yicha: nazariyani amaliyotga tatbiq eta olishi, metod va texnologiyalarni o ’quv jarayoniga tatbiq eta olishi, ilmiy-metodik ishlarni amalga oshira olishi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bajara olishi, o'quv jarayonini tashkil eta olishi va boshqara olishi, doimo kasbiy mahoratini oshirib bora olishidir.