V – AMALIY MASHG’ULOT. PEDAGOGIK MAHORAT VA KOMPETENSIYA MEZONLARI.
Metodning maqsadi: belgilangan mavzuda iloji borichako’proqmiqdorda g'oyalarni kiritish, yozib qo’yish va sistemalashtirishga yordam beradi. O’quvchilarda jamoada ishlash ko’nikmasini, o’zaro hamjihatlik, bir-biriga hurmat tuyg'usini tarbiyalaydi.
6-3-5 METODI
TOPSHIRIQ. Pedagogik mahorat tushunchasi, uning vazifalari va komponentlarini izohlab, guruhlar bilan o’zaro fikr almashing.
Ko’rsatma: Guruhda ishlash qoidalari
6 ishtirokchidan har biri qog'oz va ruchka oladi, guruh dumaloq stol atrofiga o’tiradi;
5 daqiqa ichida muhokama qilinayotgan mavzu bo’yicha o’zining 3 ta g'oyasini qog'ozda bayon etishi zarur;
o’ng tarafdagi ishtirokchidan g'oyalar ifodalangan varaqni olib o’qigandan so’ng, ishtirokchi bayon etilgan voqealarni rivojlantirishi va o’zining yangi g'oyalarini yozishi kerak, bunday harakat hamma varaqlar to’lguniga qadar davom etaveradi;
g’oya izlash har bir ishtirokchi o’zining dastlabki varag'ini olganidan keyingina to’xtatiladi;
nihoyat hulosada hamma g'oyalar o’qilib, baholanadi.
VI – AMALIY MASHG’ULOT. O’QITUVCHI MAHORATINI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI VA STRATEGIYALARI.
1 – TOPSHIRIQ. Diqqat! Jumlalarni davom ettiring. 1. “Kompetentlik” bu - ...