Kompetensiya- olingan nazariy bilim, ko’nikma va malakalarning majmuasi.
“Kompetensiya” lotincha so’zdan olingan bo’lib, “o’z kasbiga yaroqli, loyiq” degan ma’noni bildiradi.
O’qituvchi kompetensiyasi – uning bilim, ko’nikma va malakasi, dunyoqarashi va shahsiy sifatlarining namoyon bo’lishidir.
Kompetentlik - olingan nazariy bilim, ko’nikma va malakalarning majmuasini amaliyotga mustaqil va ijodiy qo’llay olish darajasi.
O’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim modelining markazida o’quvchi turadi. Har bir qadam, har bir maqsad o’quvchining ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilanadi. Kommunikattsiya vositalari inqilobi, axborotning toshqindek ortib borishi va dunyodagi o’zgarishlar bizning yashash, tafakkur qilish va muloqot tarzini o’zgartiradi. Demak, zamonaviy ta’lim oldida yoshlarni umuman yangi shart – sharoitlarda yashashga o’rgatish vazifasi turibdi. E’tibor bergan bo’lsangiz, ko’pchilik olim va pedagog – novatorlar an’naviy o’qitish shakl va usullari hayotni zamonaviy talablariga mos kelmasligini anglab yetgan holda XX asrning ikkinchi yarmida muqobil usullarni izlanishni boshlashdi va natijada interfaol o’qitish yondashuvi yuzaga keldi. Hozirgi zamon pedagogika fani va bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga nazar tashlasak, turli soha va mutaxassisliklarga, fan va uslublarga, o’qitish metod va usullari, texnologiyalariga juda ko’p e’tibor qaratilganligi seziladi. Ammo ana shu pedagogik usul va metodiami tushunish, ulami amaliy faoliyatda qo’llash masalasi eng dolzarb muammolardan biriga aylanganligini ta’kidlash mumkin.
Pedagogika fani ham boshqa gumanitar va tabiiy fanlar qatori bu muammolardan holi emas. Muammo bu sohadagi pedagogik nazariy bilimlami amaliy faoliyatga tatbiq etishda yaqqol ko’zga tashlanadi.
Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, o ’qituvchilarda amaliyot va kasbiy faoliyat jarayonida nazariy bilimlami amaliyotda qo’llay olish mahoratining yetishmasligi ko’zga yaqqol tashlanadi. Demak, ko’plab o ’qituvchiiar, pedagoglar eskirib qolgan nazariy bilimlar bilimlar bilan cheklanib qolmoqda. Ularda zamonga xos tub o’zgarishlarga mos kelish, munosib bo’lish kabi sifatlar etishmaydi. Xuddi shu sifat kompetensiya - kompetensiya egasi bo’lish, kompetentli pedagog nomini olish masalasi hisoblanadi.
Kompetentlikning o’zi pedagogda umumiy dunyoqarashning kengligi va madaniyatning yuqoriligi, pedagogika, psixologiya, boshqaruv nazariyasi va ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari bo’yicha kasbiy bilimlarining mavjudligi, o’z bilimlarini amaliyotda rivojlantirishga layoqatlilik, ijtimoiy va psixologik-pedagogik tadqiqotlar metodlarini bilish, pedagogik va boshqaruv ko’nikmalarining zaruriy majmuasiga ega bo’lishni nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, kompetentlik kasbiy bilim va ko’nikmalaming mavjudligi, shuningdek, ularni amaliy faoliyatda qo’llash va takomillashtirishga layoqatlilik bilan belgilanadi, ya’ni kompetentlik - bu faqatgina o ’zlashtirilgan bilimlar va tajribalaming mavjudligi va salmoqli hajmi bo’libgina qolmay, balki, ularni kerak vaqtda ishga sola bilish va o’zining xizmat vazifalarini bajarish jarayonida ulardan foydalana olish demakdir.