Buxoro davlat pedogogika instituti oʻzbek va rus tillar fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti talim yoʻnalishi



Yüklə 21,22 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü21,22 Kb.
#203097
Tilning taraqqiyot bosqichlari

Buxoro davlat pedogogika instituti oʻzbek va rus tillar fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti talim yoʻnalishi


4-OʻT A 23 guruh talabasi
Nematova Sevinch Nizomovnaning “Tilning taraqqiyot bosqichlari” mavzusida tayyorlagan

Mavzu:Tilning taraqqiyot bosqichlari
TIL - insonlar orasidagi aloqa vositasi, jamiyat a'zolarining fikrni ifodalashi va o’zaro fikr almashishi uchun xizmat qiladigan vosita. Tilning tabiiy-ilmiy, diniy-dunyoviy talqinlari bor. Diniy talqinga ko’ra, Til ilohiy kuch tomonidan yaratilgan va hozirgi holicha insonga berilgan. Dunyoviy talqiniga ko’ra, Til hozirgi ko’rinishi darajasiga yetguncha juda uzoq evolyutsion jarayonlarni, ya'ni insonning o’zining shakllanishi va takomillashuvi jarayonlari bilan teng davrni bosib o’tgan. Ilm-fan inson Tiliining tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o’rganishi natijasida shunday xulosaga keldiki, Til aloqa vositasi, nutq sifatida, shubhasiz, faqat inson miyasining mahsulidir. Ayrim boshqa jonivorlar, masalan, shimpanze, to’tiqush, chug’urchiqlar ham insonga xos tovushlar chiqarib "gaplashadi", hatto, ayrim hollarda jumla va iboralarni takrorlaydi. Biroq, ular inson kabi gaplashishga
qodir emas. Og’zaki nutqqa o’rganish - insoniyatning evolyutsion taraqqiyotida hal qiluvchi qadam bo’ldi. Nutq qobiliyati unga inson sivilizatsiyasi asoslarini qurish imkoniyatini yaratdi. Dastlabki inson jamoalari og’zaki nutqni birgalikda harakat qilish, mudofaa, umuman faoliyatning hamma turlarida hamjihatlik ko’rsatish, hamkorlik qilish, buyruqlarni ifodalash maqsadiga qaratganlar va bundan uzoq vaqt samarali foydalanganlar. U paytlardagi inson Tiliining so’z boyliklari ko’p miqdorda bo’lmasa-da, davr o’tishi bilan, ayniqsa, kishilar, jamoalar bir-birining Tilini boyitish imkoniyatlari tufayli u tobora boyib, takomillashib bordi. China-kam ommaviy nutq yuzaga keltiruvchi har bir kishining nutqiy tajribasi juda qisqa va o’tkinchi bo’lgan, ya'ni vafot etishi bilan uning tajribasi ham o’lgan. Bir kishining nutqi insoniyatning umumiy mushtarak nutqiy tajribasi sifatida avloddan-avlodga o’tib, avval og’zaki, keyinchalik yozma ko’rinishini kasb etguncha juda uzoq zamonlar o’tgan. Biroq, Til og’zaki va yozma nutq sifatida to’la shakllangach, u insonning ham jisman, ham ijtimoiy jihatdan juda tez taraqqiy etishini ta'minladi. Til tufayli insoniyatning ijtimoiy hayoti, uning naslining miqdoriy jihatdan o’sishi ham aql bovar qilmas darajada ilgarilab ketdi. Bir vaqtlar tropik o’rmonlarda oddiy tirikchilik uchun jon berib, jon olib yurgan odamzod nutq sharofati bilan zaminning yakkayu yagona egasiga aylandi. Miqdoriy jihatdan ham o’sdi. Ibtidoiy odamlarning dastlabki muomala vositalari va so’zlaridan tortib, Tilning bugungi darajasiga yetguncha insoniyat 3 mln. yildan kamroq masofani bosib o’tdi. Shakllanish, taraqqiy etish va takomillashish jarayonlarida Tillar, dastlab, ko’proq mushtaraklik va umumlashtiruvchilik vazifasini bajargan, ya'ni bugungi kunda turli Tillarda gaplashayotgan millat va elatlar, avvallari bir-birini tushunadigan bir Tilda gaplashgan, vaqt o’tishi bilan, turli-tuman ob'ektiv sabablar tufayli, ular bir-birlaridan uzoqlashib, Tillari o’zaro farqlanadigan shaklga kelgan. Tillarning bunday ajralish jarayoni (differensiatsiya) natijasida ko’pchilik uchun mushtarak aloqa vositasi bo’lgan bir Tildan keyinchalik bir necha Til yuzaga kelgan. Hozir Tilshunoslikda turkiy Tillar deb yuritilayotgan Tillar bir-biridan nafaqat uzoqlashish, ajralish xusyatiga, balki bir-biriga yaqinlashish, bir-birini boyitish xusyatiga ham egadir. Turli Tillarning bir-biriga ta'siri va o’zaro yaqinlashuvi natijasida yangi Tillar vujudga kelishi ham mumkin. Shu bilan birga, biron-bir xalqning fikr almashish vositasi bo’lishdan to’xtagan va unda gaplashuvchilarning yo’q bo’lib ketishi yoki boshqa tarixiy, ijtimoiy, madaniy sabablarga ko’ra, muomaladan chiqqan Tillar ham mavjud. Bunday Tillarni o’lik Tillar deyiladi. Masalan, shumer, lotin, qadimiy yunon, sanskrit shular jumlasidandir. Tilning kelib chiqishi va evolyutsiya bosqichlari haqida qadimiy misrliklar va xorazmliklar, yunonlar va hindlar, xitoyliklar va forslar turli xil ilmiy farazlarni ilgari surganlar.Ulardan ayrimlari, Til tovush Tili sifatida yuzaga kelgan desa, boshqalari Til dastlab imo-ishora Tili ko’rinishida bo’lgan deydi.Til odamlar orasida aloqa vositasi sifatida ehtiyoj tufayli tabiiy suratda vujudga kelgan (Aflotun), o’zaro aloqa qilish uchun Tilni odamlarning o’zlari yaratganlar(Demokrit), Til ilohiyot tortig’i(“Injil”,”Qur’on”) kabi qarashlar ham bo’lgan. Til ,shubhasiz, jamiyatda ijtimoiy mehnat, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelgan muayyan jamoa, odamlar guruhi yoki alohida shaxs faoliyatini muvofiqlashtirish vositasi bo’lib xizmat qilishi kerak. Fiziologik asosiga ko’ra, Til ikki signal tizimi vazifasida namoyon bo’lishini I.P.Pavlov kashf etdi va uni inson psixikasiga o’ziga xos qo’shimcha deb atadi.Til va tafakkur o’zaro ajralmas, chambarchas bog’liq hodisalardir. Lekin ularning ikkovi bir narsa emas. Til tafakkurning ifoda shakli va yashash tarzi sifatida inson ongining shakllanishida ham muhim orin tutadi.
Ilm-fan, texnika va madaniyat mudom o‘zgarib, yangilanib, rivojlanib boradi. Til taraqqiyotida ichki va tashqi omillar mavjud. Til taraqqiyotining ichki omillari til tizimidagi sathlarning o‘ziga xos rivojlanishiga asoslansa, tashqi faktorlar til va jamiyat, tillararo munosabat va ta’sir, nutq jarayoni, o‘zlashma, qatlam singari lisoniy, aniqrog‘i ekstralingvistik hodisalarda aks etadi. Shunga ko‘ra, tilshunoslik 2 ga: ichki tilshunoslik hamda tashqi tilshunoslikka bo‘linadi. Ichki tilshunoslik tilning ichki qurilishini, sistemasini o‘rgansa, tashqi tilshunoslik tilning ijtimoiy ahamiyati va vazifasini, ya’ni jamiyatda yashovchi inson, so‘zlovchining tildan qay tarzda foydalanishi-yu, tilning jamiyatga ta’siri, shuningdek, bir xil hamda turli til oilasiga mansub tillarning o‘zaro munosabati, tilga tashqi ta’sir natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar kabilarni tadqiq qiladi.
Ichki lisoniy qonuniyatlar til tizimi sathlarida o‘z aksini topadi. Lisoniy qonuniyatlar o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Shu jihatdan qaraganda til taraqqiyotida umumiy va xususiy qonuniyatlarni kuzatish mumkin. Umumiy qonuniyatlar – barcha tillarga xos bo‘lgan lisoniy hodisalarni, jarayonlarni anglatadi. Masalan, tilning kommunikativlik va ekspressivlik funksiyalari, til sathlarining notekis rivojlanishi, ya’ni leksik qatlamning boshqa lisoniy qatlamlarga nisbatan tez o‘zgaruvchanligi, doimiy harakati va hokazolar.
Xususiy lisoniy omillar esa har bir konkret tilning o‘ziga xos qoidalarini o‘z ichiga oladi, chunonchi, har bir til (hattoki bir tillar oilasiga mansub tillarda ham) o‘ziga xos fonetik tizimga, leksik sathga, grammatik qurilishga, stilistik uslublarga ega. Demak, bu ikki tur qonun yoki faktorlar bir- birini taqozo qiladi; umumiylik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.
Endi lisoniy sathlarning ichki rivojlanish xususiyatlari tahliliga o‘tsak. Lingvistik taraqqiyot hodisasi, asosan, uch aspektda o‘rganiladi: leksik, fonetik, grammatik.
Mu’lumki, til sathlari (leksika, fonetika, morfologiya, sintiksis) notekis rivojlanadi. Tilning eng tez rivojlanuvchan, harakatchan qismi – lug‘at tarkibi hisoblanadi. Leksema doimiy o‘zgaruvchan, yangilanuvchan qatlamdir. Insonlarning moddiy va ma’naviy hayoti, shubhasiz, leksikada o‘z aksini topadi. Buni kunda sodir bo‘lib turuvchi neologizm va arxaizmlar hodisasidayoq kuzatish mumkin. Fan-texnika, ilm-fan va dunyoqarash o‘sib borgan sari tilimizda yangi so‘zlar paydo bo‘laveradi: kosmonavt, yadro, klip, estrada, kompyuter, internet, elektron pochta, sistema, leksema va hokazo. Shuningdek, ijtimoiy va siyosiy hayotda qatnashmaydigan so‘zlar til tizimida eskirib, arxaizmga yoki istorizmga aylanadi: bo‘zchi, mirob, faytun, qozi, amir, saroybon, obkom, raykom va boshqalar. Yaqin o‘tmishda raykom, traktor, televizor, radio so‘zlari neologizm, yangi kirib kelgan so‘zlar edi. Hozirda esa ularning ko‘pchiligi kundalik so‘zlashuv leksikaga aylangan.
Leksik rivojlanishning ichki omillari faqat shulardan iborat emas. Semantik rivojlanish lug‘atning asosini tashkil qiladi. So‘zlar vaqt o‘tishi bilan yoki biror- bir sabab, sharoitga ko‘ra,o‘z ma’no semalarini yo‘qotib, boshqa sema (ma’no, tushunchaga) ga ega bo‘ladilar. Masalan, o‘zbek tilidagi qishloq so‘zini olib qaraylik. Ilgari qishloq tushunchasi-qishlash uchun joy, qishlov ma’nosini bildirgan bo‘lsa, hozirda butunlay o‘zgacha, yangi ma’no anglatadi: qishloq- shahardan tashqarida, shahar atrofida joylashgan, asosan qishloq xo‘jalik ishlari: ekin va chorvachilik uchun mo‘ljallangan aholi yashash joyi. Shuningdek, sovchi so‘zi ham qadimgi turkiy tilda sab(v)chi – so‘zchi, ya’ni birovning so‘zini yetkazuvchi, xabarchi, elchi ma’nosida ishlatilgan bo‘lsa, hozirga qadar- uylanish niyatida bo‘lgan yigit (kuyov)ning qiz (kelin) uyiga vakil kishisini yuborshi, qiz tomonning roziligini so‘rash uchun harakat (ko‘pincha, onasi yoki ayol qarindoshlari) ma’nosida tushuniladi. Bu kabi hodisalarni barcha tillarda kuzatish mumkin.
Rus tilidagi (hozirgi) мучить so‘zi, dastlab ishlamoq ma’nosida ishlatilgan. Og‘ir mehnatga nisbatan ishora qiluvchi мучение, мука-работа tushunchalari bora-bora taraqqiy etaverib, alohida so‘z va tushunchalarga aylangan: мучить – azoblamoq, мучиться- mashaqqat va nihoyat – работать – трудиться, заняться работой.
Xuddi shu ma’noviy (semantik) o‘zgarish fransuz tili leksikasida ham uchraydi, masalan: fransuz tilidagi fravail (ish) va fravail lor (ishlamoq) aslida latincha fripalium so‘zidan kelib chiqqan. Tripalium – otlarni taqalash paytida qattiq qisib turuvchi stanok bo‘lgan. Xullas, fravailler (ishlamoq), dastlab fripalium yordamida qiynash semasini, keyinchalik haqiqiy qiynash ma’nosini anglata boshlagan. Faqat keyinchalik bu so‘z ishlash ma’nosini anglata boshlagan (Qarang: Будагов Р.A. Проблемы развития языка M.-Л. 1965. стр.: 42-43).
Bundan tashqari, til tizimida yahlitlanish, atamalashish (terminologizatsiya), soddalashish kabi ko‘plab usullar mavjudligi, ular lug‘at tarkibining o‘zgarib turishiga xizmat qiladi. So‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llash leksika taraqqiyotida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Oq oltin, oltin qo‘llar, bo‘ri (hayvon va salbiy ma’noda kishiga nisbatan), tulki, ilon (ayyor ma’nosida), xola, otajon, amaki (ko‘chma ma’noda begona kishiga nisbatan) kabi misollar shu turkumga mansubdir.
Til taraqqiyotining ichki qonuniyatlari fonetikada yanada konkret aks etadi. Ma’lumki, fonetika nutq tovushlarini, nutqning fonetik bo‘lnishini o‘rganadi. Fonetikada assimilyatsiya, dissimilyatsiya, singarmonizm, diftongizatsiya, enkliza, prokliza singari ko‘plab qonuniyatlar mavjud. Har biri o‘ziga xos fonetik tabiatga ega. Masalan,o‘zbek tilida urg‘u hodisasi unumli emas, shunday bo‘lsa-da, o‘zbek tilidagi urg‘u ko‘chuvchanligi bilan ajralib turadi (odatda oxirgi bo‘g‘inga tushadi: kitob- kitobni…). Rus, xitoy, yapon tillarida urg`u unumlidir: у окна - окна, руки - руки, паспорта - паспорта.
O‘zbek tilining fonetik taraqqiyotini qadimgi turkiy tilni o‘rganganda sezish mumkin. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unlilar 10 ta va ularning talaffuzi ham o‘zgargan: at-ash, abag‘-oyoq. Fonetikamizda milliy hodisa sifatida saqlanib qolgan qonuniyat – singarmonizm. Singarmonizm –o‘zak va qo‘shimchadagi unlining uyg‘unlashuvi, o‘xshab qolishidr: unum, suzuk, kulgu, qiliq, toroq (Toshkent shevasida), qilg‘iliq va h.z.
Grammatika – til sathlari ichida eng turg‘un bo‘lim hisoblanadi. Grammatik taraqqiyot bu tilning sifatiy rivojlanishni aks ettiradi, chunki tildagi qatlam (math)lararo miqdoriy o‘zgarishlar grammatikada umumlashadi hamda grammatik kategoriyalarning, grammatik ma’no ifodalovchi vositalarning taraqqiyotiga ichki omil bo‘lib xizmat qiladi. Tillardan grammatik kategoriyalarning nisbati bir xil emas, chunonchi, ingliz va nemis tillaridagi otlarni farqlovchi xususiyat shundaki, nemis tilida (xuddi rus tilidagidek) rod kategoriyasi mavjud: tad (kun) – muj.r.; wasser –(suv) -serd.r.; yunge (til) jen.r. Bu hodisa qadimgi ingliz tilida ham bo‘lgan: doy (kun) muj.r.; water (suv) – sred.r.; tongue (til) – jen.r
Biroq, zamonaviy ingliz tilida bu grammatik kategoriya “bosib o‘tilgan”, “unutilgan” ko‘rinish hisoblanadi. Shuningdek, otlardagi turlanish (kelishiklar) hodisasi har ikki tilda sintetik bo‘lgan, hozirda esa faqat nemis tili bu turkum qonuniyatlarini saqlab qolgan: Именительный падеж - Tad; родительный – Tages va hokazo.
Yüklə 21,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin