Buxoro Davlat Tibbiyot instituti 506-guruh talabasi O’rolov Nodirbekning



Yüklə 0,5 Mb.
tarix07.12.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#72824
N0DIR 506

Buxoro Davlat Tibbiyot instituti

506-guruh talabasi O’rolov Nodirbekning

Bosh miya hajmli kasalliklari

Mavzusida tayyorlagan

Mustaqil ishi

Bosh miya o’smalari –sabablari , belgilari ,tashxislash va davolash usullari .

  • Reja
  • Bosh miya saratoni
  • Bosh miya o’smalari paydo bo’lish sabablari
  • Bosh miya o’smalari klassifikatsiyasi
  • Bosh miya saraton belgilari
  • Bosh miya o’smalar diagnostikasi
  • Bosh miya o’smalari davolash
  • Bosh miya o’smalari pragnozi va prafilaktikasi
  • Bosh miya saratoni - kalla suyagi ichida hosil bo’ladigan , miya to’qimalari , nerv hujayralari , tolalarini , miya pardalarini va qon tomirlarini zararlaydigan o’sma . Miyaning qaysi qismida paydo bo’lishiga ko’ra va umumiy namoyon bo’ladigan simptomlar bilan kechadi . Diagnostika algoritmi nevropotolog va oftalmolog tekshiruvlari , bosh miya Exo-EG, EEG, KT va MRT kuzatuvchilari, MR-angiografiya va boshqalar kiradi . Davosida eng asosiy o’rinni operativ usul egallaydi, qo’shimcha ravishda nur terapiyasi va radioterapiya ham o’tqaziladi.
  • Bosh miya o’salarining o‘smalari organizmda uchraydigan umumiy o’smalarning 6 % ni tashkil etadi . Kasallikning uchrash chastotasi har 100 ming odamdan 10 dan 15 ta inson ta insonda bo’ladi /
  • Odatda bosh miya o’smalari deganda – kalla suyagi ichida hosil bo’ladigan har qanday o’smalar tushuniladi , masalan miya to’qimalaridagi ‘ qon tomirlardagi, miya pardalardagi , limfa tomirlardagi va bezlarda ( gipofiz va epifiz ) uchraydigan o’smalar . Shuning uchun bunday o’smalar ikkiga bo’linadi: miya ichi va miyadan tashqaridagiga bo’linadi .

Bosh miya o’smalarini paydo bo’lish sabablari

  • Bosh miya o’smalar paydo bo’lishiga , barcha o’smalar kabi radiatsiya , turli xildagi toksik moddalar va zararlangan ekologik hudud sabab bo’ladi . Bolalarda tug’ma miya o’smalari kelib chiqish xavfli yuqoriroq , embrionlik paytidagi qandaydir omil tasirida yuzaga kelishi mumkin . Bosh chanog’I va miya travmasi o’sma kasalliklari kelib chiqishiga va uning o’limi bilan tugashiga olib keluvchi xavfli omildir
  • Ko’pincha bosh miya o’smalari boshqa kasalliklarni davolash maqsadida o’tkazilgan nur terapiyalari asorati sifatida kelib chiqishi mumkin .
  • Bosh miya o’smalari paydo bo’lishiga moyillik irsiy kasalliklarda yuqori bo’ladi . Gippel-lindau kasalligi, tuberoz skleroz , fakomatoz, neyrofibrimatoz.

Bosh miya o’smalari klassifikatsiyasi

  • Birlamchi serebral o’smalarga neyroektodermal o’smalar : astrositar o’smalar ( astrositoma , astroblastoma ) , oligodendrogialin o’smalari (oligodendroglioma, oligoastroglioma),
  • Epindimar o’smalar (epindimoma , xorionodik papiloma )
  • Bundan tashari gipofiz bezining o’smalari (adenoma)nerv tolalari o’smalari ( neyrobibroma , nevrinoma ) miya pardalari o’smalari ( meningioma , ksantamatoz o’sma ‘ melanotik o’sma , melanotik o’sma

Bosh miya saratoni belgilari

  • Bosh miya o’smalarining erta belgilari miyaning qaysi qisimida o’sma hosil bo’lgan bo’lsa o’sha joyda simptomlar bilan boshlanadi . Ular quyidagi mexanizm asosida ketadi : O’smaning fizik kimyoviy ta’siri , miya qon tomirlarining zararlanishi , ezilishi hisobiga ishemiya kelib chiqadi , nerv tolalarining va hujayralarning ezilishi hisobiga kamchiliklar paydo bo’la boshlaydi . Aynan o’sma paydo bo’lagn joydan miya hujayralari qo’zg’alishi , uning funksiyasining buzulishi boshlanadi (nevralogik yetishmovchilik).
  • Umumiy simptomlar ya’ni bosh miya ichki bosimining oshishi va miya shishlari hisobiga kelib chiqgan asoratlar hisobiga kelib chiqqan asoratlar . O’smaning katta hajm egallashi hisobiga dislokatsion sindrom kelib chiqadi – miyachaning zararlanishi hisobiga

Bosh miya o’smalari diagnostikasi

  • Bemor ilk bor Oftalmolog ko’ruvi , exo-ensoflaragrafiya (EEG) o’tkaziladi .
  • Nevropatalogik ilk o’choqli simptomlargalarga e’tibor beriladi
  • Katta o’lchamdagi o’smaga gumon qilinganda kompyuter tamagrafiyasi va MRT tekshiruvlarini o”tkazish shart
  • Kompyuter tamagrafiyasi KT miyadagi osmaning lakalizatsiyasi , osmaning hajmini uning kistoz qismini , nekroz joylarini , qon quyilgan joylarini metastazlarinin aniqlab olsa boladi .
  • Bosh og’rig’I – mahalliy bosh o’g’rig’i . Bosh miya o’smalarining erta belgilaridan biridir . Uning kelib chiqishiga sabab retseptorlarning qo’zg’alishidir , ya’ni miya sinuslarida joylashgan , tomirlardagim retseptorlarning qo’zg’alishidir , miya sinuslarida joylashgan , tomirlardagi retseptorlar hisobiga
  • Qayt qilish – umumiy miya belgilariga kiradi
  • Harakat kamchiliklari (piramidaning zararlanishi ) – 62% bemorlarda birlamchi simptom sifatida namoyon bo’ladi .
  • Sistemali bosh aylanishi – Inson o’z tanasi yoki atrof muhitdagi narsalar aylanayotgandek tuyiladi.
  • Sezgidagi kamchiliklar har 4 bemordan birida uchraydi –birlamchi simptom sifatida mushak va bo’g’imlardagi sezgining yo’qolishi paydo bo’ladi .

Bosh miya saratonini davolash

  • Eng Samarali davo chorasi bu xirurgik muolajadir . Jarrohlikning amaliyoti o’smaning joylashish joyiga , hajmi turi tarqalganligiga qarab belgilanadi . Kichik o’lchamdagi o’smalarda sterostatik radioxirurgiya o’tkaziladi , ya’ni kiber pichoq va Gamma pichoqlar yordamida osmani yoqotish osmaning olchami 3 sm gacha bolgandagina otkaziladi
  • Nur terapiya va kimyoviy terapiya xirurgik davoga qoshimcha ravishda oilb boriladi .

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin