usullaridan tashkil topgan:
1)omburni qo`yish
2)omburni sirpanishi
3)omburni fiksatsiyasi
4)tishni xarakatga keltirish (lyuksatsiya yoki rotatsiya)
5)tishni chiqarish
Omburni qo`yish - ombur ochiq xolatda bo`ladi, omburni bo`ylama o`qi tishni bo`ylama o`qiga to`g‘ri kelishi
kerak. Aks xolda tish sinishi kuzatiladi. Qiyin joylashgan joylarda, xususan tepagi molyar va premolyarlar, ishchi
o`qi bilan tishlar bir-biriga to`g‘ri kelishi kerak, shuning uchun ham bu qo`llangan omburlar ishlatiladi. Asosiy moment
bo`lib shipqilarni qo`yishda, tish va o`rab oluvchi to`qimaga extiyotlik bilan qarash kerak.
Omburni sirpanishi — olinayotgan tishni ustidan sirpanishi bilan olib boriladi. SHu paytda aylanma bog‘lam
yirtiladi. Orperatsiyani yaxshi olib borilishi ishchi tishini qanchalik chuqurligiga bog‘liq. Tish ildizini olinayotganda
al‘veolyar o`sig‘ni qamrab olish mumkin. YUkori jag‘dagi tishlarni olishda shipqini o`ng qo`l bilan ishlatiladi,
pastki jag‘ni chap qo`l bilan 1 qo`l bilan shipqini bosib turgan xolda, sut tishlarida shipqilarni chuqur siljitish
mumkin emas, bu tagidagi doimiy tisharni kurtagini zararlashi mumkin.
Omburni
fiksatsiyasi
—
bilak
bilan
amalga
oshiriladi,
branshlar
orasidagi
3-4
barmoqlarni
oldindan
olib
tashlash
bilan.
Fiksatsiya
chegaralangan
bo`lishi
kerak,
chunki
qattiq
bosish
natijasida
patologik
o`zgargan
tishni
sinishiga
olib
kelishi
mumkin. Bush ushlash natijasida esa yuzani sirpanishiga va tishni bo`linib ketishiga olib kelishi mumkin. eng asosiysi
shundan iboratki fiksatsiya qilingan tish ombur bilan bir butunlikni xosil qilishi kerak.
Tish lyuksatsiyasi - orperatsiyaning eng javobgar payti. Buni vestibulyar tanglay (til) taraflarga moyatniksimon
xarakat bilan oshiriladi, chaykalish amplitudasini asta oshirgan sari. Birinchi xarakatni jag‘ning al‘veolyar usigi
ingichka bo`lgan joyga qilinadi: yukori jag‘da 1-2 molyar tishlardan tashqariga. Konussimon ildizli tishlar (yukorigi
kurak, qoziq) va aloxida turgan molyar va premolyarlarni ildizlari rotatsiyasi katta xarakatsiz, kallani
xarakatlantirmasdan qilinadi. Tish olib tashlashda vrach pastki jag‘ al‘veolyar o`siqni chap qo`li bilan
fikchaqiya qilishi kerak.
Sug‘urish - tish olishni yakuniy davridir. Bu jarayonga tishni, tish katagidan to`liq ajratilganiga to`liq amin bo`lgandan keyin
kirishiladi. Tezkor xarakat qilishga yo`l qo`yilmaydi, chunki antogonist tishlarni jaroxatlash yoki shillik qavatni
yaralanishiga olib kelishi mumkin. Sug‘urilgandan keyin tish ildiz cho`qqisi mavjudligi tekshiriladi. Odatda bu qism silliq va
aylana shaklga egadir. Lunka to`liq reviziya qilinadi. Keyin tish katagidan qon ketishi to`xtatiladi, katakdagi tish, alveola va
granulyaqion to`qima qoldiqlari olib tashlanadi. Bemor ketishiga ruxsat beriladi va tampon turish muddati, og‘izni chayish va
ovqatlanish tartibi bo`yicha tavsiyalar beriladi.
Dostları ilə paylaş: