Vaziyatli masala: 1.Bemor 34 yosh poliklinikaga o‘ng tomon til osti sohasidagi shish va og`riq, yutingandagi og`riq, tilni
harakatlantirgandagi og`riq tufayli nutq buzilishi shikoyatlari bilan keldi. Anamnezdan 2 yil oldin 6 tishi
davolangan. Vaqti-vaqti bilan tish og`rib turgan. Bir xafta oldin og`riq kuchaygan va o‘ng til osti sohasida shish
paydo bo‘lgan. o‘ng tomon til osti sohasi tekshirilganda infiltrat og`riqli, shilliq qavat shishgan va qizargan,
jag`-til tarnovchasi silliq va og`riqli. 6 perkussiya musbat.
1. Taxminiy tashhis ko‘ying.
2. Infektsiya tarqalishi mumkin bo‘lgan yo‘llarni tushintiring.
3. Davolash rejasi va kesish usulini tuzing.
2. Bemor 70 yosh poliklinikaga yuzning o‘ng tomoni shishi va og`rishi shikoyati bilan keldi. Anamnezidan: bir
yil oldin 7 plombalangan, lekin plomba tushib ketgan va bir xafta oldin tish sohasida shish va simillovchi og`riq
paydo bo‘lgan, shish sekin-asta kattalashgan va shikoyatlar ko‘paygan. Og`zini yaxshi ocha olmagan,
yutinganda og`riq va nutq tushunarsiz bo‘lgan. Tekshirilganda – o‘tirgan xolat, og`iz yarim ochik, nutq
buzilgan. Paypaslaganda Dahan osti va jag` osti sohalarida og`riqli va qattiq infiltrat, bilqillash yo‘q,
krepitatsiya aniqlanadi..
1. Tashhis ko‘ying.
2. Davolash rejasini tuzing
3. Nimaga krepitatsiya paydo bo‘lgani va bemor majburiy xolati sababini tushintiring
4. Qanday kesma o‘tkazish kerak va operatsiyadan keyingi davo