Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Ma`ruza maqsadi: talabalarni jarroxlik stomatologiyasi, uning tarkibi bo`limlari tarixi, O`zbeksitonda jarroxlik 
stomatologiyasini  tashkil  etilishi  bilan  tanishtirish.  Og‘riqsizlantirish  usullari  va  mahalliy  og‘riqsizlantirish 
xususiyatlari  
 
Ma`ruza  vazifalari:  jarroxlik  stomatologiya  yordamini  tashkillashtirish,  og‘riqsizlantirish  usullari.  Mahalliy 
og‘riqsizlantirish xususiyatlari  
 
Reja: 
7. 
Jarroxlik stomatologiyasini tashkil kilish. 
8. 
Jarroxlik stomatologiyasini kelib chikishi va tarixi.. 
9. 
Jarroxlik stomatologiyasini bo`limlari. 
10.  Og‘riqsizlantirish turlari. 
11.  Mahalliy og‘riqsizlantirish va og‘riqsizlantiruvchi moddalar turlari. 
12.  Mahalliy og‘riqsizlantirishga ko`rsatma va qarshi ko`rsatma. 
Jarroxlik  stomatologiya  –  stomatologiyaning  mustaqil  klinik  tarkiblaridan  biri  bo`lib,  kompleks  davo 
usullarini  talab  etuvchi  tish,  og‘iz  bo`shlig‘i,  yuz  va  bo`yin  a`zolari  yuz  skeleti  suyaklari  kasalliklari  va 
jaroxatlarni  o`rganish.  Bu  usullar  ichida  jarroxlik  aralashuvlar  yo`naltiruvchi  hisoblanadi.  Jarroxlik 
stomatologiya  boshqa  mutaxassisliklar  bilan  (terapiya,  ortopediya,  bolalar  stomatologiyasi,  xirurgiya, 


otolaringologiya,  oftal‘mologiya,  nefrologiya,  rentgenologiya  va  radiologiya)  bog‘liq  bo`lib,  tashhislash  va 
davolash usullari umumiy bo`ladi. 
Bu tartib bir vaqtning o`zida fizika, kimyo va fundamental tibbiyotning ko`pgina bo`limlari: normal va 
topografik anatomiya, normal va patologik fiziologiya, mikrobiologiya, patanatomiya, farmakologiya, jarroxlik 
kasalliklari fanlari yutuqlariga asoslangan. 
Tish  jarroxlik  stomatologiyasi  tezkor  jarroxlik  aralashuvlarni:  tishlar  travmatik  (o`tkir  yallig‘lanish 
kasalliklari,  shular  oqibatida  bo`g‘ilish,  qon  ketishi,  karaxtlik  va  boshqalar)  va  rejali  operatsiyalarni  (tish 
surunkali yallig‘lanish kasalliklarni, yuz nuqson va deformatsiyalari tug‘ma etishmovchilik va anomaliyalar va 
boshqalar) talab etilishi mumkin. SHifokor stomatolog ish uslubidan qat`iy nazar, xushdan ketganda, karaxtlik, 
kollaps,  koma,  yurak  va  nafas  etishmovchiligida,  miokard  infarkti,  gipertonik  kriz,  epileptik  holat,  allergik 
reaktsiya, o`tkir shikast, ilon chaqishida, zaxarlanishlarda birinchi yordam ko`rsatishni bilishi zarur.  
Oldingi  stomatologiyada  tish  vrachligi  dentiartriya  yoki  odontologiya  jarroxlikning  birinchi  yunalishni 
tashkil etgan.  
Meditsina tarixida chuqur iz qoldirgan qadimgi asr vrachlaridan Gippokrat, TSel‘s, Galen va boshqalar 
xam  tish  vrachligi  bilan  shug‘ullanishgan.  Masalan,  hozirgi  vaqtgacha  shu  davrda  vrachlar  ishlatgan  tish 
vrachlik asboblari va omburlari etib kelgan. YAngilanish davrida anatomiya, xirurgiya fanlarining rivojlanishiga 
qaramay  tish  vrachligi  ilm  chegaralaridan  tashkarida  kolgan.  Meditsina  mustaqil  soxa  bo`lib,  frantsuz  dantisti 
P‘er Foshar (1690- 1762)ning ishlaridan keyin shakllana boshlagan. U 1725 yilda o`zining birinchi kapital ishini 
nashr etgan. Foshar xizmatchilaridan biri birinchi marotaba ko`p avtorlarni materiallari va amaliyotlarini yig‘ib 
sistemaga  soldi.  Birinchi  tish  vrachlik  maktablari  1838  yilda  Amerikada,  1857  yil  Angliyada,  1881  yil 
Frantsiyada,  Germaniya  va  Rossiyada  ochilgan.  Tish  vrachlik  jurnali  Amerikaning  Filodel‘fiya  shahrida  1839 
yil nashr etilgan. Tish va og‘iz bo`shlig‘i xirurgiyasi tarakkiyotida chet mamlakat tish shifokorlari maktabi katta 
rol o`ynagan. 1808 yil prof. A. Bush ―quyon lab‖ bo`yicha birinchi operatsiyani qilgan. 1820 yilda A. Bushning 
o`quvchisi pastki jag‘ rezektsiyasini amalga oshirgan. Stomatologiyada ikkita tibbiy tartib odontologiya va yuz 
jag‘ jarroxligi rivojlanish natijasida kelib chiqqan. Odontologlar tish kasalliklari, davolash va protezlash bilan 
shug‘ullangan.  YUz  jag‘  jarroxlari  tish  kasalliklari  natijasida  kelib  chiqqan  asoratlar  bilan  shug‘ullangan. 
Kasallarni  davolash tajribasi  odontogen  kasalliklar  davolashga  o`rtacha  yondoshishni  talab  etadi.  tish  vrachini 
jarroxlik  bo`limiga  jarroxlarning  bo`lgan  e`tibori  umumiy  jarroxlikda  jag‘  operatsiyalarini  takomillashtirishga 
olib kelgan. Ularning ko`pchiligini asoschisi qilib rus vrachi N.I.Pirogovni xisoblasa bo`ladi. U tomonidan jag‘ 
o`smalarini  davolash  asoslari  ishlab  chiqilgan.  YUz  plastik  jarroxlik  rivojlanishida  Kiev  universitetining  prof. 
YU.K.  SHimanovskiyning  ishlari  katta  rol‘  o`ynagan.  U  plastik  operatsiyalarga  ko`rsatmalar  sistemasini 
printsipini  ishlab  chiqqan.  1886  yil  plastik  operatsiyalarni  mukammallashtirilgan  turlarini  taklif  qildi  va  bir 
qator  jarroxlik  aralashuvlarini  metodlarini  yaratdi.  Rus  tish  vrachi  S.S.Tigershtedt    (1914)  jag‘  sinishida 
bo`laklarni  tish  usti  sim  shinalari  yordamida  imobilizatsiya  usulini  taklif  etgan.  O`zbeksitonda  stomatologiya 
mustaqil  fan  sifatida  inqilobdan  keyin  rivojlana  boshladi.  Stomatologiya  fani  rivojlanishi  bilan  Respublikada 
oliy  toifali  yordam  ko`rsatish  boshlandi. Turkistonda Turkiston  Davlat  Universiteti  qoshida tibbiyot fakul‘teti 
bor edi. Fakul‘tet xirurgiya klinikasi qoshida P.P. Sitkovskiy boshchiligida yuz jag‘ jarroxligi va odontologiyasi 
bo`yicha  dotsentlik  kursi  ochildi.  1925  yil  gospital  jarroxlik  klinikasida  10  yotoqlik  stomatologiya  bo`limi 
ochildi.  Besh  yildan  keyin  15  ta  bo`ldi.  1940  yilga  kelib  respublikada  beshta  stomatologik  klinikasi,  198  ta 
stomatologik va odontologik kabinet, 47 ta bo`lim, 2 ta klinika, 65 ta koyka bor edi. Ulug‘ vatan urushi davrida 
O`zbeksitonda jag‘ jarroxligi tez rivojlandi. Toshkent, Samarkand va Qo`qon shaharlarida gospital qoshida yuz 
jag‘ jarroxligi ochildi. SHu davrda Parodoksov M.V, L.M.Obuxova, G.A.Londa, T.A. Ayupovich, L.R.Gubin, 
A.F.Klyuevalar  ilmiy  maslaxat  va  davolash  ishlarini  olib  borishdi.  Ulug‘  vatan  urushidan  keyin  1950  yil 
Samarkand  tibbiyot  instituti  ochildi.  Kursga  dotsent  L.M.Obuxova  boshchilik  qildi.  O`zbeksitonda 
stomatologiyani  rivojlanishi  asosan  1954  yilda  Toshkent  tibbiyot  instituti  qoshida  stomatologiya  fakul‘teti 
ochilgandan keyin boshlandi. Buxoro Davlvt Tibbiyot  instituti 1991 yilda ochildi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin