Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi


Kurak teshigi soxasida og`riqsizlantirish



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

 
Kurak teshigi soxasida og`riqsizlantirish. 
Bu  anesteziyada  burun  –  tanglay  nervi  bloklanadi.  Kurak  teshigi  markaziy  kurak  tishlar  orasida  milk 
chetidan  7-8  mm  orqada  (kurak  surgichi  orqasida)  joylashgan.  Burun  –  tanglay  nervini  og`iz  ichidan  va 
tashqarisidan bloklash mumkin. 
Og`iz ichi usuli
Bemor boshi orqaga maksimal egilgan va og`zini katta ochgan xolatda ignani yuqori jag` tanglay tomon 
alveolyar  o‘sig`i  oldingi  qismiga  nisbatan  egilgan  xolat  beriladi.  Ignani  kurak  surgichi  shilliq  qavatiga  1-2% 
dikain eritmasi surkab sanchiladi, bu erda kurak teshigi og`zi bir qancha oldinda joylashgan. Agar ignani to‘g`ri 
kurak teshigiga sanchilsa, igna yo‘nalishi kurak kanali ukiga mos kelmaydi, chunki pastki jag` ularni parallel 
turishlsa xalakit qiladi. Ignani suyakacha kiritib, 0,3-0,5 ml anestetik yuboriladi va u kurak teshigiga diffuzlanib 
burun – tanglay nervini bloklaydi. Anesteziya effekti agar ignani kanalga 0,5-,75 sm kirgizib anestetik yuborilsa 
ancha  oshadi.  Bu  xolda  burun  tanglay  nervidan  yuqori  tish  chigali  oldingi  qismiga  tutashgan  anastomozlar 
bloklanadi.  Lekin  igna  bilan  kanalga  xar  doim  xam  kirib  bulmaydi,  ayniksa,  pastki  makrognatiya  yoki  yuqori 
mikrognotiyasi bor bemorlarda. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin