Tish replantatsiyasi – olingan tishni katagiga qaytib o‘rnatish hisoblanadi. Operatsiya davolash
samarasi bo‘lmaganda, konservativ terapiya yordam bermaganda tishni saqlash kerak bo‘lganda o‘tkaziladi. Bu
usul tishni olish, patologik to‘qimalarni alveola devori va tish ildiz yuzasidan kirib olib tashlash bilan olib
boriladi. Kanal plombalangandan va ildiz uchi rezektsiyasi o‘tkazilgandan keyin tish lunkasiga qo‘yiladi va
fiksatsiyalanadi. Replantatsiya asosan ko‘p ildizli tishlarda o‘tkaziladi. Tish alveola to‘qimasi va atrof yumshoq
to‘qimalarga zarar etkazmagan holda olinadi. Asta-sekinlik bilan alveola yon devoridagi periodont tolalarini va
aylana bog`lamni saqlagan holda granulyatsiyalar va granulemalardan kyuretaj usuli bilan tozalanadi. Jarohatni
antibiotik, furatsilin qo‘shilgan natriy xloridning ilik izotonik eritmasi bilan yuviladi va toza steril doka bilan
zich qilib tamponada qilinadi. Olingan tishni vaqtincha 1 tb antibiotik yoki nitrofuran preparatlari qo‘shilgan iliq
(36,6° S) natriy xloridning izotonik eritmasiga solib qo‘yiladi.Tish bo‘shlig`i va kanallari tsement yoki tez
qotuvchi plastmassa bilan to‘ldiriladi va ildiz uchlari charxlab tashlanadi. Suyak xam tozalab bo‘lingach tishni
alveolasiga joylashtiriladi va simli shina, tez qotuvchi plastmassadan yasalgan ximoyalovchi plastinka, kappa
apparati yordamida 2-3 xaftaga fiksatsiya qilinadi. E`tiborni tish tinch holda turgandagina jonlanishi
mumkinligiga qaratish kerak. Tish prikusdan ajralgan bo‘lishi kerak shuning uchun replantatsiya qilingan tishni
yoki ontogonistining do‘mboqlari charxlab tashlanadi. Operatsiyadan keyingi davrda analgin, amidopirin,
metindol va boshka preparatlar, dieta va og`iz bo‘shlig`ini gigienasiga ayniqsa ushlab turuvchi shinalar
qo‘yilgan paytda katta e`tibor berish tavsiya etiladi.