Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi


Og`iz bo’shlig`i yumshoq to’qimalari operatsiyasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Og`iz bo’shlig`i yumshoq to’qimalari operatsiyasi 
Tishlar olingandan so‘ng ko‘pincha yumshoq to‘qimalarda o‘zgarish kuzatiladi. SHuningdek, alohida 
anatomik  hosilalarning  tug`ma  buzilishlari  ham  uchraydi.  Buning  hammasi  protezlashga  qiyinchilik 
tug`diradi va jarrohlik davolashni talab qiladi. Ortiqcha yumshoq to‘qimaning bo‘lishi suyakni kattalashtirish 
mumkinligi  uchun  kerak  bo‘lish  nuqtai  nazaridan  baholanishi  kerak.  Til  yuganchalari  kaltaligidagi 
operatsiyalar. Protezlashda ba`zida til yuganchasini uzaytirish talab qilinadi. Buning uchun yugancha bo‘ylab 
uzun kesma o‘tkaziladi va ikkita uchburchakli laxtak shakllantirilib, ular o‘zaro kelishtiriladi va yupqa ketgut 
yoki  sintetik  ip  yordamida  mahkamlanadi  [Muxin  M.,  V.,  1973;  Aleksandrov  N.  M.,  Balin  V.  V.,  1998; 
Obwegeser  H.,  1969;  Forseca  R.,  Davis  N.,  1993].  Operatsiya  vaqtida  tilosti  so‘rg`ichlarning  joylashishini 
hisobga  olish  zarur,  chunki  ularni  jarohatlab  qo‘yish  mumkin.  Til  yuganchasining  sezilarli  darajada 
kaltaligida  uni  gorizontal  kesish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Tilni  to‘liq  erkinlashtirganda  jarohat  romb 
shaklini oladi va jarohat chetlarini vertikal yaqinlashtirganda bunday shakl to‘qimalar elastikligini qo‘llashga, 
chok  qo‘yilishiga  imkon  yaratadi  [Muxin  M.  V.,  1973;  Ticker  M.,  1984;  Hopkins  K.,  1985].  Pastki  jag` 
alveolyar  sohasining  atrofiyasida  yugancha  to‘g`ridan  to‘g`ri  yoyga  birikadi.  Bunday  holatlarda  uni 
burchaksimon  kesma  holida  kesiladi,  uning  cho‘qqisi  pastki  jag`  alveolyar  sohasiga  qaragan  bo‘lib,  tilning 
pastki yuzasidagi laxtakni uni to‘liq ozod bo‘lgunicha ko‘chiriladi. Hosil bo‘lgan jarohat mahkamlab tikiladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin