Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi


Pastki  jag`  valigini  olib  tashlash



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Pastki  jag`  valigini  olib  tashlash.  Pastki  jag`da  pastki  jag`  do‘mbog`i  odatda  kichik  jag`  tishlari 
sohasida  suyakning  ichki  yuzasida  joylashadi.  Tishlar  bo‘lganda  ular  muammo  tug`dirmaydi,  ammo  tishlar 
bo‘lmaganda,  ayniqsa,  suyak  atrofiyasida  protezni  konstruktsiyalashda  qiyinchilik  tug`diradi  va  nutqning 
ovqat chaynash vaqtida tilning funktsiyasini buzilishiga olib keladi. Ko‘pincha do‘mboqlar ikki tomonlama 
kattalashgan  bo‘ladi.  Kerak  bo‘lsa,  ularni  jag`ning  ikki  tomonidan  olib  tashlashda  kesma  premolyarlar 
sohasida,  alveolyar  qismning  do‘mbog`i  bo‘ylab,  uzunligi  1-1,5  sm  bo‘lgan  kesma  o‘tkaziladi.  Katta 
ehtiyotkorlik  bilan  suyak  usti  pardadan  shilliq  qavat  ajratiladi,  ko‘pincha  ular  juda  yupqa  bo‘ladi.  Jag`  osti 
valigi sohasiga suyak usti pardasi ostiga, o‘tmas ilmoq bilan yumshoq to‘qimalarni ushlagan holda anestetik 
eritmasini  yuborish  mumkin.  Pastki  jag`  valigining  yuqori  qismiga  bor  bilan  tarnov  hosil  qilinib,  keyin  uni 
iskana va bolg`acha bilan olib tashlanadi. Suyak tekkislanib, periost va shilliq qavat joyiga qo‘yilib, barmoq 
bilan  natija  baholanadi.  Jarohat  tugunsimon  yoki  uzluksiz  choklar  yordamida  tikiladi.  Operatsiya  bo‘lgan 
maydonga til osti sohasiga 12-24 soatga yodoform suyuqligi, oblepixa, shipovnik moyiga shimdirilgan dokali 
tampon qo‘yiladi. Bu muolaja gematoma hosil bo‘lishini oldini oladi va yallig`lanishga, shishga qarshi ta`sir 
qiladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin