Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi


Qattiq tanglaydagi tanglay valigi sohasidagi ekzostozlarni olish



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Qattiq tanglaydagi tanglay valigi sohasidagi ekzostozlarni olish. Olib qo‘yiluvchi tish protezlarini 
konstruktsiya qilish va ishlatish vaqtida ko‘pincha tanglay valigidagi ekzostozlar muammo keltiradi. Ular har 
xil  shakl  va  konfiguratsiyaga  ega  bo‘ladi,  ba`zida  etarli  darajadagi  kattalikka  ega  bo‘ladi  va  tanglay 
gumbazini deformatsiyalaydi. Ekzostozlarni olishda tanglay o‘rta chizig`i bo‘ylab engil kesma o‘tkaziladi va 
kesmaning  oldingi  va  distal  oxirlari  30-45
O
  burchak  ostida  kesiladi.  SHilliq-suyak  usti  pardasi  laxtagi 
ko‘chirilib,  chetga  suriladi  va  uni  qirg`oqlaridan  ligaturalar  o‘tkazilib,  suyak  do‘mbog`i  asosi 
yalang`ochlanadi. Do‘mboq iskana (doloto) va bolg`acha, bor yoki frezlar yordamida olinadi. Ko‘p hollarda 
do‘mboqni bir necha fragmentlarga bo‘lib, kusachka, iskanalar bilan qismlarga bo‘lib olinadi. Lekin bu ishni 
astalik  bilan  qilish  lozim,  chunki  burun  bo‘shlig`i  tubini  perforatsiya  qilib  qo‘yish  mumkin.  Suyak  yuzasi 
silliqlanadi va shilliq-suyak usti pardasi laxtagi joyiga qo‘yilib, suyak yuzasiga yumshoq to‘qimalar barmoq 
bilan bosiladi. Ortiqcha to‘qimalar olib tashlanadi va jarohat qirg`oqlarini tortmagan holda unga tugunsimon 
choklar  qo‘yiladi.  Gematoma  bo‘lishini  oldini  olish  uchun  tanglay  sohasiga  uncha  katta  bo‘lmagan  bosim 
kuch  bilan  yodoform  suyuqligi  yoki  yodli  aralashma,  shipovnik,  oblepixa  moyi  va  b.qalarga  shimdirilgan 
dokali bog`lam qo‘yiladi. Bunday boylamni iloji bo‘lsa ipakli choklar bilan mahkam qilib qo‘yish maqsadga 
muvofiq  bo‘ladi.  Tayyorlangan  himoya  plastinkasi  yaxshi  fiksatsiyalanishi  kerak,  lekin  ortiqcha  bosim 
ko‘rsatmasligi lozim, chunki yuqori bosimda yumshoq to‘qimalarning nekrozi yuzaga keladi. Opreatsiyadan 
keyingi  davrda  bog`lamlar  almashtirilb  turiladi  va  yallig`lanishni  oldini  olish  uchun  og`iz  bo‘shlig`ida 
gigienik muolajalar olib boriladi.  

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin