YUqori va pastki jag`larda ekzostozlarni olish ular katta bo‘lganda va yaqqol ko‘ringan hollarda
qo‘llaniladi. Alveolyar yoy bo‘yicha kesma o‘tkaziladi yoki uni vertikal kesmalar bilan to‘ldiriladi.
Burchaksimon yoki trapetsiyasimon shaklli laxtak ochilib, deformatsiyalangan suyakning har bir sohasi
yalang`ochlanadi. Ekzostozlar suyak kusachkalarida yoki ba`zida bolg`acha bilan doloto yordamida olinadi,
sovutiish yordamida suyakning usti borlar, frezlar bilan silliqlanadi. Suyak usti g`adir-budurini
korrektsiyasini biomaterialni qo‘yish bilan to‘g`irlash mumkin. Albatta suyakka osteoplastik materialni
qo‘yish uchun suyakni tayyorlash kerak, chunki uning yuzasi qon bilan yaxshi yuvilib turishi kerak.
Joylangan biomaterial suyak yuzasi bo‘ylab kondensatsiya qilinadi va yumshoq to‘qimalar bilan yopiladi.
SHilliq-suyak usti laxtakni joyiga qo‘yib, tugunsimon, matratsli yoki uzluksiz choklar bilan fiksatsiya
qilinadi. Alveolyar o‘siqning tanglay tarafidagi ekzostozni olish vaqtida alveolyar yoy bo‘yicha chiziqsimon
kesma o‘tkazib, suyak yalang`ochlanadi. Pastki jag` alveolyar o‘siqning til tarafidagi ekzostozni olish vaqtida
ham xuddi shunday alveolyar yoy bo‘yicha chiziqsimon kesma o‘tkazilib, astalik bilan suyak yuzasidan
shilliq-suyak usti pardasi osti laxtagi ajratiladi. Ekzostozlar bor, frez, tish rashpili yordamida olinadi. Suyak
yaxshi ko‘rinishi uchun o‘tmas ilgak bilan yumshoq to‘qimalar chetga suriladi, shuningdek, til nervi,
arteriyalar va jag`osti so‘lak bezlarining yo‘llari yaqin joylashganini ham hisobga olish kerak. Uncha katta
bo‘lmagan ekzostozlar va alveolyar o‘siq kengligi etarli darajada bo‘lmaganda ekzostozlar olinmaydi.
SHunga mos keluvchi suyak yuzasida ko‘ndalang kesma o‘tkazilib yoki shilliq qavat, suyak usti pardasidan
kesma o‘tkaziladi va suyak usti pardasi osti tonnelli hosil qilinib, gidroksilapatit yoki boshqa biomateriallar
qo‘yiladi, tekis va kerakli kenglikdagi alveolyar o‘siq shakllantiriladi. SHilliq qavatdagi jarohat tikiladi. Iloji
boricha jarohat ustidan shakllantiruvchi plastinka yoki parodontal qoplamalar qo‘yilishi kerak.