Jag`-tilosti chizig`ini kichraytirish va olib tashlash. Jag`-tilosti chizig`ida ko‘pincha protez
mahkamlanishida qiyinchiliklar tug`iladi: birinchidan, qirra o‘tkir bo‘lib, protezni qo‘llash vaqtida og`riqni
yuzaga keltiradi, ikkinchidan, uni qoplab turuvchi yupqa shilliq qavatda yara paydo bo‘ladi, uchinchidan, shu
sohaga birikuvchi mushak tolalari ortopedik moslamalarni qo‘llashga qarshilik ko‘rsatadi. Jag`-tilosti
chizig`ini kichraytirish maqsadida, premolyarlar sohasida alveolyar qirra cho‘qqisidan ikki tomonlama
chiziqsimon kesma o‘tkaziladi, shilliq qavat va suyak usti pardasi ajratiladi. YUmshoq to‘qimalar shunday
separatsiya qilinadiki, til nervini jarohatlanishini oldini olish kerak. Birikib turuvchi mushaklar oldinga surish
bilan birgalikda yoki chiziqning o‘tkir yuzasidan o‘rta sohasida qisman mushak, fastsiyani qoldirib ajratiladi.
Suyak kusachkalari, bor va tish rashpili yordamida bo‘rtib turuvchi do‘mboqning bir qismi olinib, suyak
tekislanadi. Protez yoki shinani iloji boricha jarohatga tugunsimon choklar qo‘yilishi bilan taqish kerak. Og`iz
bo‘shlig`i tubini kerakli darajadagi pasaytirishga mos ravishda protezning oral qirg`oqlarini kattalashtirish
kerak [Krϋger E., 1993].