Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Vaziyatli masalalar: 
 
1. Bemor 45 yoshda. Pastki jag` uchun echiladigan protez tayyorlangan. Ovqatlanish vaqtida kuchayadigan 6 
tish sohasidagi og`riqlarga va yara mavjudligiga shikoyat qiladi. Ko‘rikda: 6-7 tishlar sohasida vestibulyar 
yuzada g`adir-budurlik mavjud, shilliq qavat giperemiyalangan. Palpatsiya og`riqli. 
1)  Tashhis qo‘ying 
2)  Qo‘shimcha tekshirish usullari 
3)  Davolash rejasini tuzing 
Javob: 1. 67 tish sohasida pastki jag` ekzostozi 
2. Rentgenografiya 
3. 67 tish sohasida pastki jag` ekzostozini olish 
 
2. Bemor 36 yoshda. 20 yil davomida yuqori jag`da protez taqadi. Protez fiksatsiyasi yomon. Ko‘rikda: o‘tish 
burmasi sohasida og`iz bo‘shlig`ining kichik dahlizi, toj ustida ―osilgan‖ shilliq qavat, palpatsiyada alveolyar 
o‘siqning vestibulyar yuzasida o‘tkir suyak qirralari aniqlandi. Natijada protezning yomon fiksatsiyasi va 
og`riqlarning paydo bo‘lishi.    
1)  Tashhis qo‘ying 
2)  Qo‘shimcha tekshirish usullari 
3)  Davolash rejasini tuzing 
Javob: 1. Og`iz bo‘shlig`i dahlizining kichikligi, ―osilib turuvchi‖ qirra, ekzostoz. 
2. Rentgenografiya 
3. Alveolyar o‘siq qirrasining ortiqcha to‘qimasini olish 
 
3. Xirurgik stomatologiya klinikasiga 67 yoshli bemor murojat qildi. Pastki jag`da  5678 tishlar yo‘q. Yo‘q 
bo‘lgan tishlar sohasidagi alveolyar o‘siqning til yuzasida suyak kirralari aniqlanyapti, palpatsiyada yupqa, 
og`riqsiz, gipertrofiyalangan. Bemor 1 xafta davomida qisman olinadigan protezdan foydalanyapti. Protezlashga 
qadar shikoyatlari yo‘q edi.  
1)  Tashhis qo‘ying 
2)  Davolash rejasini tuzing 
Javob: 1. 5678 sohasidagi ekzostoz 
2. Ekzostozni olish operatsiyasi 
 
4. Bemor  61 yosh. Pastki jag` echiladigan protezi yomon fiksatsiyalangan va destabildir. Og`izgi ochganda va 
tilni harakatlaganda protez tushib ketyapti. Mahalliy ko‘rikda: alveolyar o‘siqning III darajali atrofiyasi.  
1)  Tashhis qo‘ying 
2)  Davolash rejasini tuzing 
Javob: 1. Alveolyar o‘siqning III darajali atrofiyasi 
2. Alveolyar o‘siq plastikasi 
 


 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin