Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi


Og`iz bo’shlig`i dahlizi plastikasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Og`iz bo’shlig`i dahlizi plastikasi. Pastki jag` alveolyar yoyini balandligini oshirish uchun yumshoq 
to‘qimalarda  operativ  muolajalar  samarali  hisoblanadi.  Ulardan  biri  bo‘lib,  tilning  pastki  yuzasi  shilliq 
qavatidan olingan laxtak bilan og`iz bo‘shlig`i dahlizini chuqurlashtirish plastikasi o‘tkaziladi. Bu operatsiya 
pastki jag` alveolyar qismining markaziy sohasini etarli darajadagi balandligi 15mmdan kam bo‘lmagan)da, 
til  sohasining  etarli  chuqurligida,  lekin  og`iz  bo‘shlig`i  dahlizining  kam  bo‘lgan  chuqurligida,  shuningdek, 
mushaklarning  va  shilliq  qavat  tortilishlarining  qo‘shilishi  natijasida  qo‘llaniladi.  Alveolyar  yoyga  parallel 
bo‘lgan shilliq qavatda 3-4 sm uzunlikdagi ikkita laxtak shakllantiriladi: bittasi pastki lab sohasida, boshqasi 
alveolyar  o‘siqning  yuzasida.  Alveolyar  o‘siqdan  yaxshi  ajratilgan  laxtak  (oyoqchadagi)  labdagi  nuqson 
sohasiga  ko‘chiriladi,  og`iz  dahlizi  gumbazini  chuqurlashtirib,  labdagi  laxtak  milk  osti  egatiga  tikiladi, 
alveolyar  o‘siqning  ochiq  bo‘lgan  oldingi  yuzasiga  tilning  pastki  yuzasiga  bichilgan  laxtak  ko‘chiriladi  va 
choklar qo‘yiladi. To‘qimalar maxsus tayyorlangan shinaga fiksatsiyalanadi yoki eski protez qo‘llaniladi, uni 
esa  shunday  korrektsiya  qilinadiki,  u  og`iz  bo‘shlig`i  dahlizini  maksimal  chuqurlashtirish  kerak.  Protez 
yumshoq  taglikka  ega  bo‘lishi  lozim.  3-4  haftadan  keyin  ortopedik  davolashni  boshlash  kerak.  Pastki  jag` 
alveolyar  qismining  sezilarli  atrofiyasida,  og`iz  bo‘shlig`i  dahlizi,  alveolyar  yoy  va  til  tarafdagi  to‘qimalar 
bitta  yuzada  joylashganda  va  protez  fiksatsiyasi  uchun  sharoitlar  bo‘lmaganda  Obvegezer  usuli  turli 


modifikatsiyalarda  qo‘llaniladi.  Operatsiyalar  og`iz  bo‘shlig`i  dahlizini  kattalashtirishdan  iborat.  Pastki jag` 
alveolyar  qismining  kengligi  15  mmdan  kam  bo‘lmasligi  kerak.  Boshida  4  mmdan  kam  bo‘lmagan  soch 
tolalari bo‘lmagan sohadan olingan terili laxtak tayrlanadi. Alveolyar yoy bo‘yicha kesma o‘tkazilib, shilliq-
suyak  usti  pardasi  yumshoq  to‘qimalar  va  mushak  bilan  birgalikda  bichiladi  (odatda  butun  yuz-tilosti  va 
dahan-til  mushagining  yuqori  qismi  ajratiladi).  Uni  jag`ning  vestibulyar  va  til  yuzasidan  ko‘chirilib,  uning 
asosida  tikiladi.  Jag`ning  yalang`ochlanib  qolgan  maydoniga  teri  transplantati  qo‘yilib,  jag`ni  atrofdagi 
to‘qimalar  bilan  tikiladi  va  shina  yordamida  ushlab  turiladi.  Quyidagiga  e`tibor  berish  kerakki,  shinaning 
qirg`oqlari  pastki  jag`  dahlizi  gumbazining  barcha  sohalariga  tegib  turishi  kerak.  Etti  kundan  so‘ng  o‘rab 
turgan  choklar  olinadi.  Qayta  bog`lam  bir  kundan  so‘ng,  gigienik  muolajalar  esa  har  kuni  o‘tkaziladi. 
Protezlashni  3-4  haftadan  keyin  o‘tkazish  mumkin.  Og`iz  bo‘shlig`i  dahlizining  shilliq  osti  plastikasi. 
Alveolyar  o‘siqning  sezilarli  darajasidagi  atrofiyasida  va  yuqori  jag`da  tananing  mavjudligida  protez 
fiksatsiyasiga  kerakli  sharoitlarni  yaratish  uchun  og`iz  bo‘shlig`i  dahlizida  shilliq  osti  to‘qimalarning 
plastikasi o‘tkaziladi [Obwegeser H., 1969]. Bunday operatsiyaga majburiy shart bo‘lib, yuqori lab va og`iz 
bo‘shlig`i  dahlizida  shilliq  qavatining  etarli  miqdori  bo‘lishi  kerak.  Dahliz  markazida  shilliq  qavatning 
vertikal  kesmasi  o‘tkaziladi  va  uni  shilliq  osti  qavatdan  ajratiladi.  Keyin  markazdan  suyak  usti  pardasi 
kesiladi va uning tashqi yuzasidan suyak usti pardasi osti tunneli shakllantiriladi (og`iz bo‘shlig`i dahlizining 
ikkala  tonneliga  mos  ravishda).  SHilliq  osti  to‘qimasi  kesiladi  yoki  uni  oyoqchada  yuqoriga  ko‘chiriladi. 
Jag`ga shina yoki korrektsiya qilingan eski protez taqiladi va uni tanglay shurupi yoki simli choklar bilan osib 
qo‘yiladi.  Og`iz  bo‘shlig`i  dahlizi  chuqurligi  yaxshi  mahkamlangan  bo‘lishiga  juda  e`tibor  berish  kerak. 
Jarohat  bitgandan  uch  haftadan  so‘ng  protezlashga  o‘tiladi.  YUqori  jag`  dahlizini  shilliq  yoki  terili 
transplantatlar  bilan  plastikasi.  Tish  protezining  adekvat  fiksatsiyasi  uchun  og`iz  bo‘shlig`i  dahlizi  etarli 
bo‘lmaganda, yuqori lab shilliq qavati etishmaganda, shilliq osti to‘qimalar plastikasi esa lab yuganchasining 
kaltalanishiga  olib  kelishida  maydalangan  teri  transplantatini  erkin  ko‘chirib  o‘tkazish  plastikasi  ko‘rsatma 
bo‘lib hisoblanadi. Og`iz bo‘shlig`i dahlizi gumbazi bo‘yicha shakllangan bu transplantat jarohatga ko‘chirib 
o‘tkaziladi.  SHakllantirilgan  chuqurlikda  og`iz  bo‘shlig`i  dahlizini  kattalashtirish  uchun tanglaydan olingan 
taqa shaklidagi erkin laxtak  ko‘chirib o‘tkaziladi. Xuddi shunday yuqori labdan olingan oyoqchali laxtakni 
ham  ishlatish  mumkin.  Bunday  hollarda  periostning  yopishmagan  maydonchalari  qolib,  ikkilamchi  tortilish 
bilan bitadi. Barcha hollarda shina yoki protez taqilib, u osish yo‘li yoki tanglay vinti bilan fiksatsiya qilinadi. 
4  haftadan  so‘ng  protezlashga  o‘tish  mumkin.  Plastikaning  uchinchi  usulida  operatsiyadan  keyingi  davr 
ko‘proq bo‘ladi, shuning uchun protezlash kechki muddatda o‘tkaziladi. Dahan nervini siljitish. Pastki jag`ni 
sezilarli atrofiyasida dahan teshigidan chiquvchi qon tomir-asab tutami tish yoyi sohasida joylashgan bo‘lishi 
mumkin.  Bunday  hollarda  tish  protezlarini  taqish  og`riqli  bo‘ladi.  Agar  konservativ  chora-tadbirlar,  protez 
korrektsiyasi yaxshi natijas bermasa, unda dahan nervini siljitish ko‘rsatma bo‘ladi. Uzunligi 4 sm bo‘lgan 
kesma  alveolyar  yoy  bo‘yicha,  ba`zida  esa  oldingi  sohada  (vertikal)  o‘tkaziladi.  Burchaksimon  shakldagi 
shilliq-suyak  usti  pardasi  laxtagi  ajratiladi.  Qon  tomir-nerv  tutami  ajratiladi.  Suyak  vertikal  yo‘nalishda 
olinganda  nerv  pastga  suriladi  va  hosil  qilingan  egatga  joylanadi.  Nerv  suyakdan  olib  tashlangan  kortikal 
plastinka  bilan  yopiladi.  Nervni  yopish  uchun  biomateriallardan  ham  foydalanish  mumkin  [Rosenqust  B., 
1992]. 
 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin