Vziyatli masala Bemor 22 yosh, poliklinikaga quyidagi shikoyatlar bilan murojaat etdi: og`izdan badbo‘y hid kelishiga,
vaqti-vaqti bilan 8 tish sohasida shish va og`riq paydo bo‘lishiga. Anamnezidan: poliklinikada ikki marotaba
kapyushon kesilgan. Uch kun avval shamollagandan keyin qaytadan shishi va og`riq paydo bo‘lgan.
Ko‘rilganda: 8 tish sohasi shilliq qavati shishgan, giperemiyalangan, og`iz ochilishi chegaralangan, tish toj
qismi usti shilliq qavati qizargan, paypaslanganda yiring ajralishi kuzatiladi. Rentgenda: tish distal qismida
suyak cho‘ntagi kuzatiladi.
1) Bu klinik holatda tish olishga qanday ko‘rsatmalar mavjud?
2) Og`riqsizlantirishni qaysi usulini qo‘llash kerak?
3) Bu holatda operatsion maydon va shifokor qo‘lini qanday tayyorlash kerak?