1. Bemor Z. 63 yoshda, bo‘limga og`ir axvolda murojat qildi. Shikoyatlari: boshning o‘ng yarimida
doimiy zirqiragan o‘tkir og`riqqa, og`iz ochilishini, yutinishni imkoniyati yo‘qligiga, umumiy xolsizlikka,
qaltirashga, tana haroratini 40,0 gacha ko‘tarilishiga. Anamnezidan, 2 kun ilgari turar joy poliklinikasida yuqori
o‘ng tomon 7,8 tishlari surunkali periodontit o‘tkirlashuvi bo‘yicha sug`urilgan. Sug`urilishiga qaramay yuqori
jag` sohasida og`riq kuchaygan, boshning o‘ng yarimiga og`riq tarqalgan, og`iz ochilishi chegaralanishi
kuchaygan, yutinishda og`riq ko‘paygan.
Ob`ektiv: teri qoplami oqargan, yuz sohasi muzdek ter bilan qoplangan, shifokor savollariga sust javob
qaytaradi. Murojat qilganda tana harorati 41,2 gradusda, O‘ng tomon chakka va quloq oldi chaynov sohalari
yumshoq to‘qimalarida shish aniqlanadi. (―qum soati‖ belgisi), shuningdek o‘ng ko‘z yuqori va pastki qovoqlari
shishi kuzatiladi. O‘ng tomon chakka sohasi teri rangi o‘zgarmagan. Chakka mushagi kengligida palpatsiya
qilinganda noaniq konturli o‘tkir og`riqli zich yallig`lanish infiltratli aniqlanadi. Flyuktuatsiya aniqlanmaydi,
og`iz ochilishi qiyinlashgan, pastki jag`ni yon xarakatlarida o‘tkir og`riq seziladi. Og`iz bo‘shlig`i: o‘ng yuqori
6,7,8 tishlar sohasi vestibulyar tomondan o‘tuv burmasi shilliq qavatida qizarish, shish aniqlanadi. Yuqori jag`
do‘mbog`iga tomomn palpatsiya qilinganida o‘tkir og`riqli yallig`lanish infiltrati aniqlanadi. Shuningdek
yumshoq tanglay va o‘ng tomon yutqin yon devori yuqori bo‘limlari shilliq qavatida shish kuzatiladi.
1. Tashxis qo‘ying. Tashxislashda asoslangan asosiy klinik belgilarni ko‘rsating.
2. Davolash rejasini belgilang.