1. Bemor S., 24 yosh, shikoyati: daxan va jag` osti soxalardagi doimiy tez og`riklarga, og`iz ochilishda
og`riklar kuychayishiga. 3 kun avval kasallangan. Boshlanishini xech narsa bilan bog`lamaydi.
Ob`ektiv: tana xarorati 38,0º, bemor xolsiz, kaltirash kuzatiladi, peshona ter bilan koplangan
Maxalliy: daxan osti va ikkala tomon jag` osti soxalarida teri kavati giperemiyalangan, maxalliy xarorat
kutarilgan, og`rik xisobiga og`iz ochish kiyinlashgan. Og`iz bushlig`i sanatsiya kilinmagan. Rentgen
tasvirda: ung tomon 5,6 tishlar surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontit.
1. Bu ma`lumotlar asosida kanday kasalliklarni taxmin kilishingiz mumkin?
2. Tashhis kuyish uchun nima kilasiz?
Javob: Og`iz tubi odontogen flegmonasi. Yuz-jag` xirurgiyasi bulimiga shoshilinch gospitalizatsiya.
Flegmonani ochish. Intensiv medikamentoz davo (antibakterial, desensibilizilluvchi, dezintoksikatsion)
2. Bemor O., 53 yosh, shikoyatlari: chap tomon lunj soxasidagi shishga, og`iz ochilish chegaralanganligiga.
Anamnezidan: 4 yilda buyon ikki tomonlama parenximatoz parotit bilan stomatologda dispaser nazoratda
turadi. 2 oy avval chap tomon lunj soxasi flegmonasi tashhisi. Bilan klinikada davolangan. Flegmona
ochilgan, yiring olingan, tish olinmagan. 3 xafta avval chap tomon lunj soxasi pastki kismida yana shish
paydo bulgan. Bir necha kun og`riklar bulmagan, sungra paydo bulgan. 4 kun avval og`riklar kuchaygan, teri
giperemiyasi kuzatilgan
Maxalliy: chap tomon lunj sohasi pastki qismida keng yallig`lanish infiltrati kuzatiladi, kattaliga 5x7 sm,
chegarasi noanik, kamogrikli, ustidagi teri kam giperemiyalangan, kukimtir, burmaga yig`ilmaydi. Chap
tomon jag` osti soxasi paypaslanganda limfatik tugun bir oz shishganligini, xarakatchanligini, og`rikliligini
aniklash mumkin. Og`rik tufayli og`iz ochilishi kiyinlashgan, lekin bir oz xarakatdan keyin tulik ochildi.
Chap tomon lunj shillik kavati shishgan, kukimtir. Chap tomon stenon yuli buyicha ajratmalar
kuzatilmayapti. Ung tomon stenonov yuli buyicha ko‘pikli ajralmalar kuzatilmokda.
1. Tashhis kuyish uchun kanday ma`lumotlar etishmayapti?
2. Qanday kasalliklarni taxmin kilishingiz mumkin?
Javob: Tishlar xolati xaqida ma`ulmotlar yuk, chunki ular sababchi bulishi mumkin. Chap tomon lunj soxasi
odontogen flegmonasi, ikki tomonlama parenximatoz parotit o‘tkirlashuvi.
3. Bemor, 47 yosh, shikoyatlari: ung tomon jag` osti soxasidagi bir oz shishga, ung tomon jag` osti va
tomokdagi og`rikka, og`iz ochilmaslikka, yutishi og`rikligiga, umumiy xolsizlikka, kaltirashga, tana xarorati
39 S kutarilganligiga. Ung tomon kanotsimon-jag` burmasi, tanglay pardasi va yutkun soxasi yon devori
shishgan.
1.Tashhis kuying?
2.Davo rejasi?
Javob: Ung tomon yutkun oldi soxasi flegmonasi. Yiringli uchokni ochish. Antibakterial, desensibilovchi
davo. Yaraga kundalik ishlov.
Dostları ilə paylaş: