Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi


Ma’ruza 4. Stоmаtоlоgiyada оg’riqsizlаntirish. Uch shoxli nervning xarakatlantiruvchi va sezuvchi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Ma’ruza 4. Stоmаtоlоgiyada оg’riqsizlаntirish. Uch shoxli nervning xarakatlantiruvchi va sezuvchi 
tolalari. Uch shoxli nerv yo’nalishidada hosil qiluvchi tugunlar. Ularni оg’riqsizlаntirishda axamiyati. 
Uch shoxli nervning ikkinchi va uchinchi shoxining inervasiya  
Bevosita  infiltratsion  og`riqsizlantirish-anestetik  operatsiya  maydoni  to‘qimalariga  to‘g`ridan-to‘g`ri 
yuboriladi,  bilvosita  esa  anestetik  xosil  qilingan  depodan  operatsiya  maydoni  to‘qimalariga  diffuziyalanib 
kiradi. 
YUz  yumshoq  to‘qimalarida,  alveolyar  o‘siqda  va  boshka  soxalarda  bevosita  infiltratsion 
og`riqsizlantirish  ishlatiladi,  tishlarni  olganda  va  alveolyar  o‘siqga  suyak  operatsiyalarida  –  bilvosita 
infiltratsion anesteziyada qilingan  depo orqali suyak g`ovaksimon moddasiga kirib nervlarni og`riqsizlantiradi. 
Ayrim avtorlar maxalliy anesteziyani bu turini tish chigalini og`riqsizlantirish deb atashadi. 
Bilvosita infiltratsiyaon anesteziya effektivligi yuqori va pastki jag`da bir xil emas. Bu ularning anatomik 
tuzilishi  bilan  bog`liq.  Ma`lumki,  yuqori  jag`  alveolyar  o‘sig`i  kompakt  plastinkasi  vestibulyar  va  tanglay 
tomonda ancha yupka, keraklicha miqdordagi qon va limfa tomirlari va nervlar o‘tuvchi mayda teshiklarga ega. 
Bu teshiklar alveolyar o‘siq xamma joyida joylashib, anestetikni g`ovaksimon moddaga so‘rilishi uchun yaxshi 
sharoit tug`diradi. SHuning uchun infiltratsion anesteziya effekti yuqori jag`da keraklicha yuqori natija beradi. 
Pastki  jag`da  kompakt  plastinka  ancha  qalin  va  qattiq,  teshiklar  soni  kam.  Ular  ko‘pincha  kesuvchi,  qoziq, 
ba`zan kichik oziq tishlar soxasida uchraydi. Alveolyar qismi yuqori jag`ga infiltratsion anesteziya effektivligi 
pastligi tushuntiriladi. Amalda uni patologik qimirlashi bor pastki kurak tishlarni olganda ishlatiladi. Alveolyar 
o‘siq  shilliq osti qavati kam rivojlangan va suyak usti pardasi mustaxkam birikkan. SHuning uchun anestetikni 
to‘g`ridan – to‘g`ri  shilliq qavat osti yuborish nixoyatda qiyin ,chunki uni suyak usti pardasidan ajralishi tufayli 
og`riqli kechadi. Anestetikni suyak usti pardasi ostiga yuborish uni suyakdan ajralishi tufayli yana xam og`riqli. 
Bundan  tashqari  u  erga  keraklicha  miqdordagi  anestetikni  yuborish  mumkin  emas.  Infiltratsion  anesteziya 
anestetikni  shilliq  osti  qavat  bo‘lgan  og`iz  bo‘shligi  daxlizi  o‘tuv  burmasiga  yuborish  kerak.  YUqori  jag`da 
tishlar  ildizi  uchi  proektsiyasidan  bir  qancha  yuqoriga,  pastki  jag`dan  –  undan  bir  qancha  pastga.  Ignani 
shpritsga yaxshi joylashganligiga ishonch xosil qilganda so‘ng lab yoki lunj yumshoq to‘qimalari shpatel bilan 
tortiladi.  Igna  sanchiladigan  joyga  1%  yod  bilan  ishlov  beriladi.  SHpritsni  o‘ng  qo‘lda  uchta  barmoq  bilan 
«ruchka»  kabi  ushlanadi,  bunda  I  barmoq  porshenni  distal  tomoniga  bemalol  etib  borishi  kerak.  Binobarin, 
shpritsda  barmoqlar  iloji  boricha,  ignadan  uzokda  bo‘lishi  kerak.  Bu  tayyorlov  vaqti  anesteziya  o‘tkazishda 
katta axamiyatga ega. Igna alveolyar o‘siqa 40-45
0
 burchak ostida o‘tuv burmasi shilliq qavat ostiga kirgiziladi. 
Igna kesmasi suyakka qaragan bo‘lishi kerak. Keyin I barmoq bilan ushlanadi. Bu xolda shprits ikkita barmoq 
bilan  ushlanadi.  Anestetik  (2-3ml)  sekin  yuboriladi,  chunki  tez  yuborilganda  to‘qimalar  ajralish  va  mayda 
tomirlar  va  nervlar  zararlanishi  mumkin.  Agar  ignani  to‘qimalarga  chuqurroq  kiritish  yoki  alveolyar  o‘siq 
bo‘ylab xarakatlantirish lozim bo‘lsa, igna yuli bo‘ylab anestetik deposi xosil qilinadi. Bu bilan ignani og`riqsiz 
xarakatlanishi  va  qon  tomirlar  zararlanishi  oldini  olishga  erishiladi.  Tanglay  tomondan  igna  yuqori  jag` 
alveolyar  va  tanglay  o‘siqlaridan  yumshoq  to‘qima  bor joyga  sanchiladi. Tanglay  tomonda  odatda  0,5  mldan 
ko‘p bulmagan anestetik yuboriladi. Pastki jag` alveolyar o‘sig`i til tomonida anestetik alveolyar o‘sig`i shilliq 
qavati til osti soxasiga o‘tish joyiga yuboriladi.  
Bu  bilan  til  nervi  periferik  shoxlari  og`riqsizlanishiga  erishiladi.  Alveolyar  o‘siq  til  tomoni  shilliq 
qavatida  og`riqsizlanish  yuz  beradi.  Alveolyar  o‘siq  soxasida  tish  va  suyaklarda  xirurgik  aralashuv  o‘tkazish 
maqsadida infiltratsion anesteziya bajarilganda, anestetikni suyak usti pardasi tagiga yuborish kerak emas. Uni 


ajralishi  anesteziya  paytidagina  emas  balki  operatsiyadan  keyin  og`riqlarga  xam  olib  keladi.  Anestetik  suyak 
to‘qimasiga  suyak  usti  pardasi  orqali  yaxshi  diffuzlanadi.  7-10  minutdan  so‘ng  og`riqsizlanish  yuz  beradi. 
Suyak usti pardasi ostiga anestetik yuborishni tish pulpasida ishlatish mumkin, qachonki yuqorida ko‘rsatilgan 
usul buyicha infiltratsion anesteziya ko‘rsatilgan usul buyicha infiltratsion anesteziya effekt bermasa. Suyak usti 
pardasi  ostiga  anesteziyani  kalta  (3sm)  ingichka  ninada  qilgan  yaxshi.  Bir  ozdan  so‘ng  suyak  usti  pardasiga 
o‘tiladi  va  igna  tish  ildizi  o‘qi  bo‘ylab  45

burchak  ostida  xarakatlantirilib,  tish  ildizi  uchida  2  ml  anestetik 
deposi xosil qilinadi. Anestetikni sekin yuborish anesteziyani kam og`riqli qiladi.  
Alveolyar o‘siq shilliq qavati ostida yoki suyak usti pardasi ostida xosil qilingan anestetik deposi odatiy 
infiltratsion  anesteziya  effekt  bermagan,  anestetikni  to‘g`ridan  to‘g`ri  tish  ildizlari  orasidagi  alveolyar  o‘siq 
g`ovaksimon  moddasiga  yuborib  suyak  ichi  anesteziyasi  o‘tkazish  mumkin.  Buning  uchun  applikatsion  yoki 
infiltratsion  anesteziya  ostida  maxsus  trepan  yoki  ingichka  sharsimon  bor  bilan  milk  so‘rg`ichi  asosida 
suyakkacha  boriladi.  Trepani  gorizontal  tekislikka  nisbatan  40-60
0
  burchak  ostida  joylashtiriladi.  Keyin 
bormashina  kichik  tezligida  tashqi  kompakt  plastinka  trapanatsiya  qilinadi.  Xosil  qilingan  kanal  orqali 
in`ektsion  ninani  alveolyar  o‘siq  g`ovak  moddasiga  kirgiziladi  va  2%  ml,  1-2  ml  anestetik  yuboriladi.  Tezda 
ildizlari  orasida  soxasida  chuqur  og`riqsizlantirish  yuz  beradi.  Anesteziya  davomiyligi  1  soat  atrofida  va 
xirurgik  aralashuvi,  karies  bo‘shlig`ini  tozalashni,  tishni  sun`iy  qoplama  ostida  charxlashni,  pulpani  olib 
tashlashni  og`riqsiz  o‘tkazishga  imkon  beradi.  Usulni  ancha  qiyinligini  xisobga  olgan  xolda  suyak  ichi 
anesteziyasi poliklinikada kam va ayrim ko‘rsatmalarda qilinadi. 
Infiltratsion  og`riqsizlantirish  anatomik  tuzilishlar  yoki  operatsiya  maydonidagi  patologik  protsess 
xarakteri xisobiga effekt bermaganda o‘tkazuvchi anesteziya qo‘llaniladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin