Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi


mexanizmi. Markaziy оg’riqsizlаntirish. Xujayra neyrofiziologiyasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

mexanizmi. Markaziy оg’riqsizlаntirish. Xujayra neyrofiziologiyasi. 
Mahalliy  anesteziya  bu  bemorni  markaziy  asab  tizimiga  ta`sir  ko‘rsatmasdan  operatsion  maydonni 
og`riqsizlantirishdir,  ya`ni  ta`sir  periferik  nerv  tizimiga  ko‘rsatiladi.  In`ektsion  (infiltratsion,  o‘tkazuvchi)  va 
noin`ektsion (ximik, fizik, fiziko – ximik) og`riqsizlantirish farqlanadi. 
Noin`ektsion mahalliy og`riqsizlantirish faqat yuzaki og`riqsizlantirish imkoniyatini beradi. Buning 
uchun dori preparatlari (ximik yoki applikatsion usul), past xaroratda ta`sir etish (muzlatish), lazer nurlari bilan, 
elektromagnit to‘lqinlar (fizik usul), to‘qimalarga anestetik eritmasini elektroforez yordamida kiritish (fiziko – 
ximik usul) qo‘llaniladi. 
In`ektsion og`riqsizlantirishda anestetik eritmasi to‘qimalrga igna yoki yuqori bosimda maxsus in`ektor 
yordamida (ignasiz usul) yuboriladi. Eritmani in`ektsiyasi bilan infiltratsion va o‘tkazuvchi anesteziya qilinadi. 
Infiltratsion,  applikatsion  va  muzlatish  bilan  og`riqsizlantirishda  og`riqni  qabul  qiluvchi  periferik  retseptorlar 
o‘chiriladi. O‘tkazuvchi og`riqsizlantirishda operatsiya maydonidan og`riq impulslarini o‘tkazadigan  nerv shoxi 
(asosiy yoki ko‘pincha uning periferik shoxlari) bloklanadi. 
Mahalliy  og`riqsizlantirishni  o‘tqazishga  ko‘rsatmalar  va  qarshi  ko‘rsatmalar.  Og`iz  bo‘shlig`ida  va 
yuzda og`riq bilan kechadigan har qanday aralashuv mahalliy og`riqsizlantirish o‘tkazishga ko‘rsatma bo‘ladi. 
Bular  YUJS  yumshoq  to‘qimalaridagi,  jaq  va  tishlarda,  og`iz  bo‘shlig`ida  o‘tkaziladigan  operatsiyalardir. 
Mahalliy og`riqsizlantirish holsizlangan bemorlarda, qariyalarda, nafas olish va qon – tomir etishmovchiligi bor 
bemorlarda ya`ni ―kichik narkozlar katta xavf bilan bog`liq bo‘lganda‖ ko‘rsatma bo‘ladi.  
Mahalliy  og`riqsizlantirish  uzoq  davom  etadigan  va  travmatik  operatsiyalarda,  mahalliy  anestetiklarga 
yuqori  sezuvchanlik  bo‘lganda,  bemorni  psixikasini  labilligida  va  aqliy  etishmovchilikda  qarshi  qo‘rsatma 
bo‘ladi.  Ba`zi  plastik  operatsiyalarda  ahalliy  anesteziyani  qo‘llash  mumkin  emas,  chunki  yuborilgan  eritma 
to‘qimalar hajmini keskin o‘zgartiradi. 



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin