Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Trimekain (mezokain) — Suvda va spirtda yaxshi eriydigan oq krisstalik kukun. Eritmani 100 °S da 30 
daqiqa davomida qaynatish bilan zararsizlantiriladi. Trimekain yallig`lanish o‘choqlarida, keloid chandiqlar va 
granulyatsion to‘qimalar bor joylarda yaxshi ta`sir ko‘rsatadi. Novokaindan anesteziya vujudga kelishiga ko‘ra 
2 marotaba, ta`sir kuchiga ko‘ra 2-2.5marotaba, ta`sir davomiyligiga ko‘ra 3 marotaba ustun turadi. Toksikligi 
kam.  Adrenalin  bilan  yaxshi  kirishadi.  Allergik  reaktsiyalar  kamdan-kam  vujudga  keladi.  Applikatsion 
anesteziya  uchun  qo‘llanilmaydi.  Infiltratsion  og`riqsizlantirish  uchun  0,25—2  %  li  eritmalar,  o‘tkazuvchi 
og`riqsizlantirish uchun 1—2% li eritmalar qo‘llaniladi. 0.25%li anestetik qo‘llanilganda 800ml gacha, 0.5%li – 
400ml gacha, 1%li 100ml, 2%li – 20ml gacha yuboriladi. 
Lidokain (ksikain, ksilokain) — Suvda va spirtda yaxshi eriydigan oq kristalli kukun. Anesteziya uchun 
lidokainning  xlor  vodorodli  tuzi  ishlatiladi.  Kuchli  anestetik  xisoblanib,  og`riqsizlantirish  natijasiga  ko‘ra 
novokaindan 2-3 marotaba ustun va ta`sir etish davomiyligi 3-5 soatgacha. YAllig`langan to‘qimalarda yaxshi 
ta`sir  ko‘rsatadi.  Allergik  reaktsiyalar  kamdan-kam  kuzatiladi.  Lidokain  toksikligi  eritma  kotsenrratsiyasiga 
bog`liq:  0,5%li  eritmasini  toksikligi  novokainnikidan  farqlanmaydi,  1—2%li  eritmalarining  toksikligi 
novokainnikidan  1.4-1.5  marta  yuqori.  YUrak-qon  tomir  etishmovchiligida,  atrioventrikulyar  blokadaning  II-
IIIdarajasida, jigar va buyrak kasalliklarida qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi. YUqori tezlikda aralashuvlarda 
infiltratsion  og`riqsizlantirish  uchun  0.25-0.5%li  eritmalar,  o‘tkazuvchi  anesteziyalarda  esa  (yuqori  va  pastki 
jag`  alveolyar  o‘siqlaridagi  boshqa  operatsiyalarda  ham)  2%li  eritmalar  ishlatiladi.  Applikatsion  anesteziya 
uchun    1—2  %  lidokain  eritmasi,  yoki  5  %li  lidokain  malxami  va  10  %  lidokain  aerozoli  ishlatiladi. 
Anestetikning maksimal dozalari  0,15% — 1000 ml, 0,5%—500 ml, 1—2 % — 50 ml dan ko‘p emas. 
Bupivakain (markain, karbostezin) og`riqsizlantirish kuchi bo‘yicha novokaindan 6 marta kuchli, lekin 
toksikligi  7marta  yuqori.  Lidokaindan  natijaliroq.  Anesteziya    4—10  daqiqadan  keyin  boshlanadi,  maksimum 
15—35daqiqadan  keyin  boshlanadi.  Og`riqsizlantirish  davomiyligi—  12—13  soat.  Xirurgik  amaliyotida  0,25 
%, 0,5 % va 0,75 % li eritmalar qo‘llaniladi. Maksimal doza — 175 mg. 
Mepivakain  (karbokain,  skandikain)  –  amid  guruxiga  kiradi,  ta`sir  kuchi  bo‘yicha  ksikainga  yaqin, 
ammo undan toksikroq. Preparat 2% yoki 3% li eritma qo‘rinishida ishlatiladi. Boshqa anestetiklarga qaraganda 
tomirlarni kengaytirmaydi va sekin so‘riladi. Mepivakainni ta`siri davomiyligi ksikaindan yuqoriroq, ammo bir 
vaqtda inaktivatsiya tezligi kamroq, ya`ni sekinlashgan metabolizmga ega. Mepivakain xujayra membranasidan 
yaxshi  o‘tadi,  yaxshi  ―ximik  turniket‖  xususiyatiga  ega,  to‘qimalarda  saqlanib  anesteziya  ta`sirini  uzaytiradi, 
bunda vazokonstriktor yuborilishi kerak bo‘lmaydi. 


Ultrakain  (artikain,  septonest,  alfakain)  –  tiofenni  amidli  xosilasi.  Infiltratsion  va  o‘tkazuvchi 
anesteziya  uchun  qo‘llaniladi.  Lidokaindan  tezroq  ta`sir  qiladi,  yuqori  diffuz  va  oqsillar  bilan  bog`lanish 
xususiyatiga  ega  va  yog`da  erish  xususiyati  past.  Tomirni  kengaytirish  xususiyatiga  ega,  minimal 
kontsentratsiyalarda  vazokonstriktorlar bilan birga qo‘llaniladi.. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin