Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi


Ma’ruza 7. Tish olish operasiyasi. Tish olishgа кo’rsаtmа va qarshi кo’rsаtmаlar. Yuqori va



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Ma’ruza 7. Tish olish operasiyasi. Tish olishgа кo’rsаtmа va qarshi кo’rsаtmаlar. Yuqori va 
pastki jag’larda tish olish xususiyatlari va tamoyillari. Yuqori va pastki jag’da ombur va 


elevatorlar bilan tish olish biomexanikasi. Tish va tish ildizlarini olishda erta va kechki asoratlar 
va ularni bartaraf etish usullari. 
Stomatologik  poliklinika  amaliyotida  tish  olish  keng  tarqalgan  operatsiya  bo‘lib  hisoblanadi.  Uni  amalga 
oshirish uchun tish olishni texnik usullari, maxsus asboblar bilan ishlashni bilish kerak. 
Ko’rsatmalar:  operatsiya  shoshilinch  va  rejali  ravishda  o‘tkaziladi.  SHoshilinch  ravishda  tish, 
konservativ davoga qaramay periodontdagi yiringli yallig`lanish jarayoni davom etsa olinadi. Bundan tashqari, 
o‘tkir  osteomielitda,  periostitda,  jag`  oldi  abstsess  va  flegmonada,  sinusitda,  limfadenitda,  tishlar  infektsiya 
manbai  bo‘lsa,  konservativ  usul  bilan  davolab  bo‘lmasa  yoki  funktsional  ahamiyatga  ega  bo‘lmasa  olib 
tashlanadi. 
Rejali ravishda tish olishga ko‘rsatmalar: 
1)  periodontda  va  uning  atrofidagi  suyak  to‘qimasida  surunkali  yallig`lanish  o‘chog`i  bo‘lib, 
endodontik  yo‘l  bilan  davolanmasa,  odontogen  o‘choqlar  natijasida  organizmni  surunkali  intoksiktsiyasi 
kuzatilsa (xroniosepsis); 
2)  Tishni  tojining  katta  qismi  singan  yoki  anatomik  xususiyatlari  sababli  texnik  noqulayliklar  bo‘lsa 
(ildizlarni  qiyshaygan  yoki  o‘tib  bo‘lmaydigan  kanallari); davo  natijasida ildiz  yoki  tish  perforatsiyasi  yuzaga 
kelsa; 
3)  Toj qismini to‘liq emirilishi, qolgan ildiz tish protezlashi uchun ishlatib bo‘lmasa; 
4)  Paradontit va paradontozni og`ir shakllari tufayli tish atrofii suyak rezorbtsiyasi natijasida tishni  III 
darajali qimirlashi va oldinga chiqishi
5)  Ortodontik  davolanib  bo‘lmaydigan,  og`iz  va  til  shilliq  qavati  zararlovchi  noto‘g`ri  joylashgan 
tishlar. Bunday tishlar estetik ko‘rsatmalarga ko‘ra ham olinadi
6)  Noto‘liq  yoki  to‘liq  chiqmagan,  shu  tufayli  atrof  to‘qimalarda  yallig`lanish  jarayonini  keltirib 
chiqaruvchi tishlar; 
7)  Siniq  chiziqda  joylashib,  bo‘laklar  repozitsiyasiga  halaqit  beradigan  va  konservativ  davolanib 
bo‘lmaydigan tishlar; 
8)  Antogonist  yo‘qligi  sababli  surilgan  tishlar,  funktsional  tish  protez  tayyorlashga  halaqit  beruvchi 
konvergirlovchi  va  divergirlovchi  tishlar.  Prikus  anomaliyasini  bartaraf  etish  uchun  karies  bilan  og`rimagan 
tishlar ham olinadi. 
 
Tish  olish  operatsiyasiga  ko‘rsatmalarni  aniqlab  olib,  o‘tkazish  vaqtini  kelishib  olinadi.  Bu  organizm 
umumiy holati, turli a`zo va tizimlarni yo‘ldosh kasalliklarga bog`liq. 
 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin