Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Piromekain  —  yuzaki  og`riqsizlantirish  uchun  anestetik,  samaraligi  bo‘yicha  dikain  bilan  bir  xil. 
Preparatni  1-2%li  eritma,  5%li  piromekain  malxami,  5%li  metiluratsilli  piromekain  malxami  hamda  3%li 
metiluratsil  va  kollagenli  piromekain  malxami  (pirometkol)  ko‘rinishida  ishlatiladi,  uni  to‘qima  yuzasiga 
surtiladi. Piromekinning maksimal bir martalik dozasi — 1 g. 
Novokain. Suvda va spirtda yaxshi eriydigan oq kristalli kukun. Uning suvli eritmasini suvda 30 daq. 
qaynatish yo‘li bilan sterilizatsiyalanadi. Anestetik kam toksik, keng terapevtik ta`sirga ega. Uni infiltratsion va 
o‘tkazuvchi og`riqsizlantirish uchun ishlatiladi. Novokainning 0.25%li eritmasi infiltratsion va 1-2%li eritmasi 
o‘tkazuvchi va alveolyar o‘siq yumshoq to‘qimalarini anesteziyasi uchun qo‘llaniladi. YUmshoq to‘qimalarda 
infiltratsion og`riqsizlantirish tez boshlanadi. Mushakka yuborilganda eng yuqori bir martalik dozasi — 0,1 g (5 
ml).  infiltratsion  og`riqsizlantirish  uchun  quyidagi  bir  martalik  dozalar  belgilangan:  0.25%li  eritma 
qo‘llanilganda  500ml  (1.25g)dan  ko‘p  emas  operatsiya  boshida,  so‘ng  operatsiya  davomida  har  bir  soatda 
1000ml (2.5g)dan ko‘p emas; 0.5%li eritma qo‘llanilganda – 150ml (0.75g) va 400ml (2.0g). Klinik  amaliyotda 
o‘tkazuvchi anesteziyada 100ml 1%li va 30ml 2%li eritmalar ishlatiladi. 
Novokainni  qonga  so‘rilishini  sekinlashtirish  uchun  (toksik  ta`sirini  oldini  olish  uchun)  va  ta`sirini 
kuchaytirish uchun eritmaga 0.1%li adrenalin gipoxlorid eritmasi (100ml novokainga 1ml adrenalin) qo‘shiladi. 
Novokain  bilan  anesteziyani  ta`siri  30  daq.gacha.  yallig`lanish  o‘chog`ida  novokainni  qo‘llash  yuqori  natija 
bermaydi. 
Intoksikatsiya  maxalida  bosh  aylanishi,  noxushlik,  ko‘ngil  aynishi,  teri  qoplamlarini  oqarishi,  ter 
ajralishi,  qo‘zg`alish,  taxikardiya,  qon  bosimini  pasayishi,  nafas  olishni  buzilish  apnoegacha,  tutqanoq 
rivojlanishi  mumkin.  Ba`zida  o‘pka  shishishi  kuzatiladi.  Allergik  reaktsiya  rivojlanganda  terida  toshmalar 
toshishi, dermatit, Kvinke shishi, qichishish, bronxiospazm belgilari kuzatiladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin