Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

 
 
Jarroxlik  stomatologiya  –  stomatologiyaning  mustaqil  klinik  tarkiblaridan  biri  bo`lib,  kompleks  davo 
usullarini  talab  etuvchi  tish,  og‘iz  bo`shlig‘i,  yuz  va  bo`yin  a`zolari  yuz  skeleti  suyaklari  kasalliklari  va 
jaroxatlarni  o`rganish.  Bu  usullar  ichida  jarroxlik  aralashuvlar  yo`naltiruvchi  hisoblanadi.  Jarroxlik 
stomatologiya  boshqa  mutaxassisliklar  bilan  (terapiya,  ortopediya,  bolalar  stomatologiyasi,  xirurgiya, 
otolaringologiya,  oftal‘mologiya,  nefrologiya,  rentgenologiya  va  radiologiya)  bog‘liq  bo`lib,  tashhislash  va 
davolash usullari umumiy bo`ladi. 
Bu tartib bir vaqtning o`zida fizika, kimyo va fundamental tibbiyotning ko`pgina bo`limlari: normal va 
topografik anatomiya, normal va patologik fiziologiya, mikrobiologiya, patanatomiya, farmakologiya, jarroxlik 
kasalliklari fanlari yutuqlariga asoslangan. 
Tish  jarroxlik  stomatologiyasi  tezkor  jarroxlik  aralashuvlarni:  tishlar  travmatik  (o`tkir  yallig‘lanish 
kasalliklari,  shular  ostibatida  bo`g‘ilish,  qon  ketishi,  karaxtlik  va  boshqalar)  va  rejali  orperatsiyalarni  (tish 
surunkali yallig‘lanish kasalliklarni, yuz nuqson va deformaqiyalari tug‘ma etishmovchilik va anomaliyalar va 
boshqalar) talab etilishi mumkin. SHifokor stomatolog ish uslubidan qat`iy nazar, xushdan ketganda, karaxtlik, 
kollaps,  koma,  yurak  va  nafas  etishmovchiligida,  miokard  infarkti,  gipertonik  kriz,  epileptik  holat,  allergik 
reaktsiya, o`tkir shikaq, ilon chaqishida, zaxarlanishlarda birinchi yordam ko`rsatishni bilishi zarur.  
Oldingi  stomatologiyada  tish  vrachligi  dentiartriya  yoki  odontologiya  jarroxlikning  birinchi  yunalishni 
tashkil etgan.  
Meditsina  tarixida  chuqur iz  qoldirgan  qadimgi  asr  vrachlaridan  Gippokrat,  Qel‘s,  Galen  va  boshqalar 
xam  tish  vrachligi  bilan  shug‘ullanishgan.  Masalan,  hozirgi  vaqtgacha  shu  davrda  vrachlar  ishlatgan  tish 
vrachlik asboblari va omburlari etib kelgan. YAngilanish davrida anatomiya, xirurgiya fanlarining rivojlanishiga 
qaramay  tish  vrachligi  ilm  chegaralaridan  tashkarida  kolgan.  Meditsina  mustaqil  soxa  bo`lib,  frantsuz  dantisti 
P‘er  Fo`shar  (1690-  1762)ning  ishlaridan  keyin  shakllana  boshlagan.  U  1725  yilda  o`zining  birinchi  kapital 
ishini nashr etgan. Fo`shar xizmatchilaridan biri birinchi marotaba ko`p avtorlarni materiallari va amaliyotlarini 
yig‘ib sistemaga soldi. Birinchi tish vrachlik maktablari 1838 yilda Amerikada, 1857 yil Angliyada, 1881 yil 
Frantsiyada,  Germaniya  va  Rossiyada  ochilgan.  Tish  vrachlik  jurnali  Amerikaning  Filodel‘fiya  shahrida  1839 


yil nashr etilgan. Tish va og‘iz bo`shlig‘i xirurgiyasi tarakkiyotida chet mamlakat tish shifokorlari maktabi katta 
rol o`ynagan. 1808 yil prof. A. Bush ―quyon lab‖ bo`yicha birinchi orperatsiyani qilgan. 1820 yilda A. Bushning 
o`quvchisi pastki jag‘ rezektsiyasini amalga oshirgan. Stomatologiyada ikkita tibbiy tartib odontologiya va yuz 
jag‘ jarroxligi rivojlanish natijasida kelib chiqqan. Odontologlar tish kasalliklari, davolash va protezlash bilan 
shug‘ullangan.  YUz  jag‘  jarroxlari  tish  kasalliklari  natijasida  kelib  chiqqan  asoratlar  bilan  shug‘ullangan. 
Kasallarni  davolash tajribasi  odontogen  kasalliklar  davolashga  o`rtacha  yondoshishni  talab  etadi.  tish  vrachini 
jarroxlik bo`limiga jarroxlarning bo`lgan e`tibori umumiy jarroxlikda jag‘ orperatsiyalarini takomillashtirishga 
olib kelgan. Ularning ko`pchiligini asoschisi qilib rus vrachi N.I.Pirogovni xisoblasa bo`ladi. U tomonidan jag‘ 
o`smalarini  davolash  asoslari  ishlab  chiqilgan.  YUz  plastik  jarroxlik  rivojlanishida  Kiev  universitetining  prof. 
YU.K.  SHimanovskiyning  ishlari  katta  rol‘  o`ynagan.  U  plastik  orperatsiyalarga  ko`rsatmalar  sistemasini 
printsipini  ishlab  chiqqan.  1886  yil  plastik  orperatsiyalarni  mukammallashtirilgan  turlarini  taklif  qildi  va  bir 
qator  jarroxlik  aralashuvlarini  metodlarini  yaratdi.  Rus  tish  vrachi  S.S.Tigershtedt    (1914)  jag‘  sinishida 
bo`laklarni  tish  usti  sim  shinalari  yordamida  imobilizaqiya  usulini  taklif  etgan.  O`zbekistonda  stomatologiya 
mustaqil  fan  sifatida  inqilobdan  keyin  rivojlana  boshladi.  Stomatologiya  fani  rivojlanishi  bilan  Respublikada 
oliy  toifali  yordam  ko`rsatish  boshlandi. Turkistonda Turkiston  Davlat  Universiteti  qoshida tibbiyot fakul‘teti 
bor edi. Fakul‘tet xirurgiya klinikasi qoshida P.P. Sitkovskiy boshchiligida yuz jag‘ jarroxligi va odontologiyasi 
bo`yicha  dostentlik  kursi  ochildi.  1925  yil  gospital  jarroxlik  klinikasida  10  yotoqlik  stomatologiya  bo`limi 
ochildi.  Besh  yildan  keyin  15  ta  bo`ldi.  1940  yilga  kelib  respublikada  beshta  stomatologik  klinikasi,  198  ta 
stomatologik va odontologik kabinet, 47 ta bo`lim, 2 ta klinika, 65 ta koyka bor edi. Ulug‘ vatan urushi davrida 
O`zbeksitonda jag‘ jarroxligi tez rivojlandi. Toshkent, Samarkand va Qo`qon shaharlarida gospital qoshida yuz 
jag‘ jarroxligi ochildi. SHu davrda Parodoksov M.V, L.M.Obuxova, G.A.Londa, T.A. Ayupovich, L.R.Gubin, 
A.F.Klyuevalar  ilmiy  maslaxat  va  davolash  ishlarini  olib  borishdi.  Ulug‘  vatan  urushidan  keyin  1950  yil 
Samarkand  tibbiyot  instituti  ochildi.  Kursha  dostent  L.M.Obuxova  boshchilik  qildi.  O`zbeksitonda 
stomatologiyani  rivojlanishi  asosan  1954  yilda  Toshkent  tibbiyot  instituti  qoshida  stomatologiya  fakul‘teti 
ochilgandan keyin boshlandi. Buxoro Davlvt Tibbiyot  instituti 1991 yilda ochildi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin