198
Nominal foiz stavkasi deganda e`lon qilingan foiz stavkasi
tushuniladi. Real foiz stavkasi deganda nominal foiz stavkasini
pulning
qadrsizlanish
darajasiga
muvofiqlashtirilgan
darajasi
tushuniladi. Foizning nominal stavkasi (i) va real stavkasi (r) deb
belgilansa:
r = i + x,
bu erda, x – inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi.
Rivojlangan davlatlar pul-kredit tizimida foiz stavkalarning
turli-tumanligi mavjud. Foiz stavkalarning birinchi darajasi –
markaziy bank tomonidan tijorat bankiga taqdim etiladigan kreditlar
bo`yicha belgilanadigan rasmiy foiz stavkasidir. Mazkur foiz stavkasi
hisob yuritish yoki qayta moliyalashtirish foiz stavkasi deb ataladi.
Foiz stavkalarning navbatdagi darajasi kredit resurslarining
banklararo bozoridagi taklif stavkalaridan iboratdir. Etakchi banklar
birinchi darajali banklar evrovalyutalarida ushbu banklarda depozit
hisobvaraqlarini ochish orqali kreditlashni taklif stavkalari bo`yicha
amalga oshiradi. Misol sifatida LIBOR (LIBOR – London Inter Bank
Offered Rate) London banklararo taklif stavkasini keltirish mumkin.
Ushbu stavka rasmiy asosda belgilanmaydi, balki har bir tijorat banki
mazkur stavkani har bir ish kunining birinchi yarmi, ya`ni soat 11.00
holatiga pul-kredit bozorining kon`yunkturasidan kelib chiqqan holda
aniqlaydi. LIBOR stavkasi deganda ushbu banklar bo`yicha o`rtacha
arifmetik miqdor sifatida hisoblangan o`rtacha stavka tushuniladi.
FV = 1000 dollar x 1,10 = 1100 dollar.
Agarda Siz 1100 dollarni hisob raqamida yana bir yilga
qoldirsangiz, unda ikkinchi yil yakunida pulingiz qancha bo`ladi?
Ikkinchi yil davomida Siz 1100 dollarli summaga yillik 10% hajmida
daromad olasiz va hisoblangan foizlarning summasi 0,10 x 1100 =
110 dolarga teng bo`ladi. Demak ikkinchi yilning oxiriga kelib Siz
1210 dollarning egasi bo`lasiz.
Murakkab foizlarning tabiati to`g’risida aniq bir tasavvurga
ega bo`lish uchun biz istiqboldagi qiymatni (1210 dollar) uch tarkibiy
qismga bo`lamiz. Birinchi qism – bu dastlabki 1000 dollar. Ikkinchi
qism bo`lib esa mazkur 1000 dollarga birinchi yil uchun 100 dollar va
ikkinchi yil uchun 100 dollar hajmida hisoblangan foizlar hisoblanadi.
Omonatning asosiy summasiga hisoblangan foizlar
Dostları ilə paylaş: