Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


ИНИ таркибида тартибга солинадиган нархлар



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

ИНИ таркибида тартибга солинадиган нархлар 
ва базавий инфляция ҳиссалари ўзгариши 
(
фоизда, ИНИдаги ҳиссаси)
 
6.12-rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari 
asosida Markaziy bank hisob-kitoblari. 
Bunday vaziyatda yoqilg’i- energetika mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchilar narxlarining boshqa narxlarga nisbatan tezroq 
oshirilishi, ya`ni nisbiy narxlarning to`g’rilanishi ularga signal 
funktsiyasini bajarishga hamda energoresurslarning mavjudligi yoki 
cheklanganligining real holatini aks ettirishga imkon yaratadi. 
Ikkinchidan, 
bu, 
yoqilg’i-energetika 
sohasidagi 
davlat 
korxonalarini isloh qilishning asosiy sharti hisoblanadi. Ishlab 
chiqarishga o`z-o`zini qoplashga yordam beradigan bozor tamoyillari 
asosida narxlar shakllanishiga o`tmasdan turib ushbu korxonalarning 
asosiy fondlari yuqori darajada eskirganligi va buning natijasida 
ularning ishlab chiqarish unumdorligi pastligi bilan bog’liq 
muammolarni hal etish imkoniyati mavjud emas. 
Uchinchidan, narxlarni liberallashtirish xususiy sub`ektlar, 
xususan, ichki va tashqi investorlar uchun ochiq bo`lgan 
raqobatbardosh bozor shakllantirilishida dastlabki shart-sharoitlarni 
yaratadi. 
Ta`kidlash joizki, agar tartibga solinadigan narxlar umumiy 
narxlar darajasiga katta ta`sir ko`rsatadigan bo`lsa, Markaziy bankning 
inflyatsiyani jilovlash borasidagi samarali pul-kredit siyosatini 


129 
yuritishdagi imkoniyatlari cheklanib qoladi. INI tarkibida tartibga 
solinadigan narxlar ulushi qancha ko`p bo`lsa, pul-kredit siyosati 
transmission mexanizmining samaradorligi shuncha past bo`ladi, 
chunki bu narxlar Markaziy bankning xatti-harakatlari va bozor 
jarayonlaridan ta`sirlanmaydi. Hozirgi vaqtda INI savati tarkibida 
tartibga solinadigan narxlar ulushi 18 foizni tashkil etadi. 
Bazaviy inflyatsiya 
Bazaviy inflyatsiya iqtisodiyotdagi davomiy inflyatsion trendni 
yaqqolroq ifodalovchi ko`rsatkich bo`lib, qisqa muddatli, mavsumiy 
yoki doimiy tarzda o`zgarib turuvchi narxlar bilan bog’liq 
o`zgarishlarni (shoklarni) inobatga olmaydi. Markaziy bank bazaviy 
inflyatsiyani tartibga solinadigan narxlar hamda meva-sabzavot 
mahsulotlarining narxlarini iste`mol narxlari indeksi savatidan 
chiqarib tashlash yo`li bilan hisoblaydi. Ushbu yondashuv bilan pul-
kredit siyosati choralariga ta`sirchan narxlar dinamikasini kuzatib 
borish mumkin. 
Bazaviy inflyatsiya ko`rsatkichi 2018 yilning mart oyida eng 
yuqori darajaga chiqib, keyingi oylarda sekinlashib, sentyabrda 15,5 
foizni tashkil etdi (6-rasm). Bazaviy inflyatsiyaning sekinlashishi 
ayrim nooziq-ovqat tovarlari narxlarining o`sish tendentsiyalari 
pasayishi hisobiga vujudga keldi. 
6.13-rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari 
asosida Markaziy bank hisob-kitoblari. 


130 
Bundan tashqari, yillik bazaviy inflyatsiyaning yuqori darajasi 
iqtisodiyotda uzoq vaqt davomida sekin-asta kamayib boradigan 
turg’un inflyatsion jarayonlarning saqlanib qolayotganidan dalolat 
beradi. Bazaviy inflyatsiyaning sekin pasayishiga olib keladigan 
omillardan biri tartibga solinadigan narxlar oshirilishining ikkilamchi 
ta`siridir. 
Shu bilan birga, 2017–2018 yillarda bazaviy inflyatsiyaning 
qiymati bir necha barobar ortishi bilan birga uning tarkibida ham 
sezilarli o`zgarishlar kuzatildi (6-rasm). 
Jumladan, 2017 yilning boshida bazaviy inflyatsiyaning 28 foizi 
oziq-ovqat mahsulotlari va 56 foizi nooziq-ovqat mahsulotlari
narxlari oshishi evaziga shakllangan bo`lsa, 2018 yilning 
sentyabr’ oyiga kelib oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 51 foizga, 
nooziq-ovqat mahsulotlari ulushi 38 foizga teng bo`ldi. Ushbu davrda 
bazaviy inflyatsiyada oziq-ovqat tovarlaridan go`sht mahsulotlarining 
hissasi katta bo`ldi. Xususan, 2018 yilning boshida mazkur
guruhning hissasi avvalgi yil boshiga nisbatan 6 barobarga oshib, 
5 foiz bandni tashkil etdi va sentyabr’ oyiga kelib 3 foiz bandgacha 
pasaydi. Nooziq-ovqat tovarlaridan kiyim- kechak va qurilish 
mollarining hissalari keskin oshdi. 2018 yilga kelib, kiyim-kechak va 
oyoq kiyimlar hissasi 2 barobarga oshgan bo`lsa, qurilish mollarining 
bazaviy inflyatsiyadagi hissasi 2017 yilning boshiga nisbatan 6 
barobargacha oshdi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin