Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 O`zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
7.4. O`zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari 
va ularning o`ziga xos xususiyatlari. 
 
O`zbekistondagi inflyatsiya bu mustakil O`zbekiston zaminida 
vujudga kelgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobik SSSR 
da yuzaga kelgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iktisodiy sababi davlat 
boshkaruvida iktisodga nisbatan siyosatga kup e`tibor berganidadir. 
Natijada ishlab chikarish sur`tlari tushib ketdi. Tovar kamyobligi 
yashirin jarayon bo`lib, tovarlarni ishlab chikarish uchun ko`p xarajat 
qilinsada (xom-ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past 


143 
baxoda sotilgan. Fark davlat byudjetidan qoplana borgan. 1992 yilning 
boshidan erkin baxolarga o`tish natijasida (ozik ovkat va yokilgi 
resurslardan tashkari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi va tez sur`atlar 
bilan rivojlanib ketdi. 
SHu tufayli O`zbekistondagi inflyatsiya sobik SSSR davrida 
yuzaga kelgan inflyatsiyaning qoldig’idir va uni davolash uzoq vaqtni 
talab qiladi. Sobiq SSSR da, jumladan O`zbekistonda 90 - yillardagi 
inflyatsiyasining asosiy sabablari: 

iktisodiy 
muvozanatning 
yo`kligi, 
ishlab 
chikarish 
sur`atlarining tushib ketishi natijasida rejali iktisodiyotdagi inkiroz; 
-maxsulotlar sifatining, mexnat unumdorligining pastligi; 
-ishlab chiqarishda xarajatlar salmg’gining oshib ketishi, 
bexuda sarflar, iktisod printsiplariga rioya qilmaslik va boshkalar 
xisoblanadi.. 
Undan tashqari rivojlangan bozor sharoitiga o`tmasdan turib 
baxolarning erkinlashuvi, tovar massasi ustidan ba`zi bo`limlarining 
yakka xukmronlik o`rnatishi, baxolarni xoxlagacha boshqarish, kredit, 
moliya 
siyosatlarining 
noto`g’ri 
olib 
borish, 
iktisodning 
“dollarlashuvi”, “rubl’ zona” sining emirilishi, valyuta tushumlari va 
milliy boylikning chetga oqib ketishi va boshqalar inflyatsiya 
jarayonining yana rivojlanishiga olib kelgan. 
Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. 
Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib keladi:
 
– ishlab chiqarish hajmi tushib ketadi va baholarning oshib 
borishi ishlab chiqarish istiqbollariga to`g’anoq bo`ladi. 
– kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) 
sohasiga, vositachilik sohasiga oqib o`tadi. CHunki ishlab 
chiqarishdan ko`ra, savdo sohasidagi kapital tezroq va ko`proq foyda 
keltiradi; 
– baholarning o`zgarib turishi olibsotarlikni rivojlantiradi, arzon 
vaqtida olib, qimmat bo`lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish 
jarayonlari avj oladi; 
– kredit berish jarayonlari cheklangan bo`ladi. Qarz oluvchilar 
ko`payadiyu, qarz beruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bergan 
yutqazishi mumkin; 
– davlatning moliya resurslari qadrsizlanadi va h.k.
Aholining kam daromad oluvchi qismining ijtimoiy ahvoli 
yomonlashadi. Ularning real daromadlari kamayadi. Nominal 


144 
daromadning baholar o`sishidan tushishi natijasida aholining turmush 
darajasi pasayadi. Ayniqsa, nafaqa, davlat tashkilotlaridan maosh 
oluvchilarning ahvoli qiyinlashishi mumkin. Inflyatsiya aholi 
jamg’armalarining qadrsizlanishiga olib keladi. Inflyatsiya aholi ba`zi 
qatlamlarining (savdosotiq sohasida) boyishiga olib keladi.
7.1-rasm.Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari. 
Davlat 
aholining 
daromadlar 
darajasini 
tenglashtirish 
maqsadida daromad va soliqlarni indeksatsiya qilib boradi. 
2020–2021 yillarda tarkibiy islohotlardan ko`zlangan natijalar 
tobora ko`rinib borishi bilan iqtisodiyotdagi cheklovlar kamayib 
boradi, bu o`z o`rnida narxlarga taklif tomonidan keladigan bosimning 
pasayib borishiga imkon yaratadi. Bu, birinchi navbatda, davlat 
korxonalari islohoti va iqtisodiyotning barcha jabhalarida raqobat 
muhiti kuchayishi bilan bog’liq. 
YUqorida qayd etilgan sharoitlarning ta`minlanishi hamda 
tashqi muhitning barqarorligi 2020 yil oxiriga yillik inflyatsiya 
darajasining 10–12 foiz oralig’ida bo`lishiga sharoit yaratadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin