136
Bunda aholini faol kreditlash iste`mol talabini rag’batlantirib, narxlar
dinamikasiga oshiruvchi ta`sir ko`rsatadi.
6.17-rasm. Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari.
Aholining joriy kredit va jamg’arma kayfiyatlari keyingi yilda
iqtisodiy faollik oshishini ko`rsatmoqda,
bu esa inflyatsiyaga talab
nuqtai nazaridan bosim saqlanib qolishini anglatadi. Ta`kidlash joizki,
iqtisodiyotda yalpi talab va iqtisodiy faollik oshib borayotgan paytda
importni cheklash siyosati olib borilishi kelgusi inflyatsion bosimning
keskin oshishiga olib kelishi mumkin.
O`zbekiston iqtisodiyotida shakllangan
mavjud inflyatsion
kutilmalar sharoitida kelgusida ichki narxlar oshishini sekinlashtirish
uchun qat`iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish lozim bo`ladi.
Markaziy bank o`rta muddatli istiqbolda
pul-kredit siyosatini
yuritishda ushbu shart-sharoitlarni inobatga oladi.
Dostları ilə paylaş: