Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Kapitalning doiraviy aylanishi va aylanishi



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
8.4.Kapitalning doiraviy aylanishi va aylanishi.
Kredit-
qiymatning harakati bo`lib pul va tavar ko`rinishidagi 
mablag’larni qaytarib berishlilik, muddatlilik va foiz to`lashlilik 
asosida berish natijasida yuzaga keladi. 
Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish 
mumkin: 
birinchidan
, fondlar aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo`sh 
qolgan mablag’larning harakatsiz turib qolishining oldi olinadi; 
ikkinchidan, 
takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz 
davom ettirishga imkoniyat yaratiladi. 
Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan 
sharoitlar bo`lishi zarur. SHu masala bo`yicha ba`zi iqtisodiy 
adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni tahlil qilib, iqtisodchilar tomonidan 
kredit yuzaga kelishining quyidagi shartlariga ko`proq e`tibor 
berilganini ko`rsatib o`tish mumkin. Kredit munosabati bo`lishi 
uchun: 
birinchidan, 
kredit munosabati ishtirokchilari – qarz beruvchi 
va qarz oluvchi – huquqiy jihatdan mustaqil sub`ekt bo`lishi kerak. 
Mustaqil sub`ekt sifatida har ikkala tomon birbiri bilan o`zaro 
aloqalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishini moddiy 
jihatdan kafolatlay olishi kerak. Majburiyatlarni bajara olish 
qobiliyatini hisobga olgan holda mustaqil huquqiy sub`ekt sifatida 
tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak.
ikkinchidan, 
qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari birbiriga 
mos tushgan taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar
avvalambor, ob`ektiv jarayonlar, o`zaro manfaatlarni taqozo etuvchi 
aniq vaziyat bilan bog’liq. 
Kreditor(qarz beruvchi) tomonidan pul mablag’larini qarzga 
berish bo`yicha, qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag’larni olish 
bo`yicha qiziqish tug’ilgan taqdirdagina kredit munosabatlari vujudga 
keladi. 
Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari 
manfaatlarining yo`nalishiga bog’liq. Tomonlar manfaatlarining mos 
kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta`minlaydi. Lekin kredit 


159 
munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat vaqt va makon jihatdan, 
shuningdek, sifat jihatdan ham mos tushgan taqdirdagina bu 
munosabatlar reallikka aylanadi. SHu bilan birga, kreditning bu 
muhim sifatlari kredit munosabatlari sodir bo`lishining asosiy sababi 
bo`lolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yuqorida aytilgandek, aniq 
bir iqtisodiy asos fondlarning doiraviy aylanishi va shunga o`xshash 
boshqa aniq sharoitlar bo`lishi zarur. Faqatgina ana shu ta`sir etuvchi 
omillar bo`lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi reallikka 
aylanadi.
Ba`zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir 
necha boshqa fikrlar ham uchraydi. Masalan, kredit korxonalar 
faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun zarur, deb 
ta`kidlanadi. Agar bu fikr to`g’ri deb qaraydigan bo`lsak, kreditning 
zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo`ladi, chunki u qarz berish 
orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish 
fondlarining doiraviy aylanishiga asoslangan ob`ektiv jarayonlarga 
emas, balki bankning kredit operatsiyalari orqali qarz oluvchining 
faoliyatini nazorat qilish istagiga bog’liq bo`lib qoladi. 
Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish 
mumkinki

kreditning ob`ektiv zarurligi takror ishlab chiqarish 
jarayonida 
fondlarning 
doiraviy 
aylanishi 
qonuniyatlariga 
asoslangandir.
Kreditga zarurat tug’ilganda quyidagi manbalardagi bo`sh 
mablag’lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu 
manbalar asosan quyidagilardir: 

asosiy fondlarni tiklash, kapital ta`mirlash uchun ajratiladigan 
amortizatsiya sifatidagi pul mablag’lari; 

tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish 
vaqtlarining birbiriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo`sh 
pul mablag’lari;

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin