Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Tarkibiy jihatdan rivojlanish
. Kredit rivojlanishining bu 
bosqichi 
ssuda 
kapitali 
bozorida 
kreditmoliya 
tashkilotlari 
ko`rinishidagi maxsus vositachilarining paydo bo`lishi bilan 
xarakterlanadi.
Katta sudxo`rlik va sarroflik idoralari zaminida vujudga kelgan 
dastlabki banklar o`z zimmasiga ko`pchilik kredit institutlariga 
keyinchalik an`anaviy bo`lib qolgan, eng kerakli funktsiyalarni oldi. 
Bular: 
– bo`sh moliyaviy mablag’larni foiz bilan vaktida to`lash 
majburiyati asosida qarz oluvchiga berishiga asoslanib jamg’arish; 
– yuridik va jismoniy shaxslar uchun har xil to`lov va 
hisobkitoblar bo`yicha xizmat ko`rsatishi (keyinchalik davlat uchun 
ham); 
– qator maxsus moliyaviy operatsiyalarni o`tkazish (masalan, 
veksel munosabati mexanizmi bo`yicha xizmat ko`rsatish va 
boshqalar). 
Maxsus vositachilarga ssuda kapitali bozorida bo`lgan talab, 
shuningdek, foydaning yuqori me`yori bank tizimining boshqa 
faoliyat sohalaridan keladigan kapital oqimi hisobiga rivojlanishini 
aniqlab beradi (yangi vujudga kelayotgan kredit tashkilotlarining 
tuzuvchilari sudxo`r va sarroflar bo`lmay, balki sanoat va savdo 
kapitalistlari edi). Rivojlanish bosqichida ssuda kapitali bozoridagi 
munosabatlar ma`lum darajada shakliy tus ola boshladi, kreditlashning 
malum bir turdagi jarayonlari o`rnatildi, ssuda kapitalining o`rtacha 
mintaqaviy va milliy me`yorlari o`rnatildi va h.k. Biroq kredit 


173 
tashkilotlarining faoliyati haligacha markazlashmagan edi. Bu esa 
ssuda kapitali bozorining rivojlanishiga to`sqinlik qilardi va 
iqtisodiyotning davriy rivojlanish sharoitlarida moliyaviy bozorning 
boshqa bo`g’inlarida nomo`tanosibliklarni keltirib chiqardi.
Hozirgi ahvoli
. Bu bosqichning asosiy belgisi iqtisodiyotda 
kredit munosabatlarini davlat tomonidan markazlashgan holda 
boshqarilishidir. 
Davlat 
miqyosida 
kredit 
munosabatlarining 
markazlashuvi har bir davlatning Markaziy banki yordamida amalga 
oshiriladi. Dastlabki umummilliy davlat kredit instito`tlarining paydo 
bo`lishi naqd pulsiz hisob kitoblarni olib borish uchun qo`l keldi 
hamda tijorat banklarining operatsiyalari va xizmat ko`rsatish 
ko`lamining kengayishiga olib keldi, masalan, fond bozoriga xizmat 
ko`rsatish bo`yicha. Keyinchalik Markaziy banklar faoliyati bozor 
iqtisodiyotini barqarorlashtirishning samarali omili bo`lgan kredit 
dastaklarini ishlatish bo`yicha yo`naltirildi. Bu esa davlatniki 
bo`lmagan kredit tashkilotlarini nazorat qilishni kuchaytirishni talab 
qildi. SHuningdek, iqtisodiyotda informatsion texnologiyaning 
rivojlanishi, 
global 
bank 
tarmoqlarining 
kompyuter 
kommunikatsiyalari va ma`lumotlar bazalarining shakllanishi kredit 
munosabatlarini yangi sifatli darajaga, ya`ni mijozga xizmat ko`rsatish 
bilan birga ularning moliyaviy faoliyatining hamma jabhalariga, 
shuningdek, xalqaro bozorga ham tarqalishiga olib keldi. 
 
Jamiyat faoliyatining o`ta muhim jihati – bu ishlab chiqarishdir. 
Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlar 
va xizmatlardan iborat hayotiy ne`matlar yaratiladi.
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mehnat 
omillari ta`minlaydi. Ishlab chiqarishning bu omillar bilan bir tekisda 
ta`minlanishi muammodir. 
Bu muammo o`z echimini kredit

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin