174
9.2. Sudxo`rlik kreditining yuzaga kelishi. Tijorat krediti va bank
kreditining paydo bo`lishi.
Kreditning o`ziga xos shakli. Xorijda
bu tarixan keng tarqalgan
kredit bo`lib xisoblanadi. Amalda sudxurlik krediti Markaziy bank
tomonidan tegishli litsenziyaga ega bo`lmagan jismoniy shaxslar,
shuningdek xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan mablag’larni
vaqtincha foydalanishga berish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Kreditning rolini kreditni intensifikatsiyalash dastagi
va
rag’batlantiruvchisi, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishda
bajaradigan funktsiyalarining natijasi sifatida aniklashtirish mumkin.
Kredit takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va ijtimoiy
ishlab chiqarishning uzluksizligini ta`minlaydi.
Korxonalarga beriladigan kredit ularni vaktinchalik moliyaviy
resurslarga bulgan extiyojini kondiradi va takror ishlab chiqarish
jarayonini uzluksiz davom etishini ta`minlaydi.
Pul mablag’lariga extiyoj ishlab
chiqarishnining nafakat
mavsumiy, shuningdek boshka sabablariga xam bog’lik. Barcha
xollarda kreditni jalb etish asosiy va aylanma fondlarining uzluksiz
doiraviy aylanishini, ishlab chiqarish jarayoni va tovarlar muomalasini
tezlashtirishni ta`minlaydi.
Boshka iktisodiy kategoriyalar singari kredit maxsulot ishlab
chiqarish va muomala soxasini ragbatlantiradi.
SHuningdek kredit
ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirishga, iqtisodiy vazifalarni
bajarishiga muxim ta`sir ko`rsatadi.
Kredit shunday ishlab chiqarish vositalari sotib olish va kiritishga
ishlatilishi kerakki, bunda bu vositalar asosida mexnat unumdorligini
va mexnatni fond bilan qurollanish darajalari oshsin.
Kreditning muxim roli sof daromadni ishlatish sharoitlarini
to`lashligini ta`minlashdan iborat. Sof daromadni kengaytirilgan
takror ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatish
uchun avval uni ishlab
chiqarishni kengaytirish talab qiladigan darajada pul ko`rinishida
jamg’arish kerak.
Kredit davlatning iqtisodiy dastaglaridan biri sifatida butun
iktisodiyotning rivojlanishiga va aloxida korxona faoliyatiga
rag’batlantiruvchi ta`sir ko`rsatadi.
Kredit ishlab chiqarishga ijtimoiy xarajatlarni iktisod kilish yuli
bilan ta`sir etadi.
175
Ammo,
kredit
tovar-moddiy
boyliklardagi
jonli
yoki
buyumlashgan mexnatni
bevosita iktisod kila olmaydi, chunki uning
uzi ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi.
Iktisodiyotda kredit munosabatlarining vujudga kelishining
birinchi shakllaridan bo`lib, veksel’ muomalasini vujudga keltirgan va
nakd pulsiz xisob kitoblarining rivojlanishiga yordam bergan. Tijorat
kreditining sub’ektlari sifatida turli shaxslar: mol etkazib beruvchi va
mol sotib oluvchi korxonalar, kryoditning ob`ekta sifatida sotilayotgan
tovar ishtirok kiladi. Tijorat krediti
uzining amaliy kurinishini
xuquqiy shaxslar o`rtasida tovar va xizmatlarning to`lov muddatini
cho`zish orkali sotish shaklidagi moliya xo`jalik munosabatlarida
topadi. Bu kredit shaklining asosiy maksadi tovarlarni sotishni
tezlashtirish va shu orkali foyda olishdan iborat.
Tijorat kreditning an`nanaviy vositasi bo`lib,
qarz oluvchining
qarz beruvchiga nisbatan moliyaviy majburiyatlarini aks ettiruvchi
veksel’ xisoblanadi. Veksel bu qarz majburiyati bo`lib, qarz oluvchi
o`z zimmasiga qarzni ko`rsatilgan summada, ko`rsatilgan joyda,
belgilangan muddatda to`lash majburiyatini oladi.
Amaliyotda vekselning ikki turi kullaniladi.
Dostları ilə paylaş: