Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Nazorat uchun savollar 
 
1.Kredit 
iqtisodiy 
kategoriyasini, 
kreditning 
zarurligini 
belgilovchi omillarni yoritib bering?
2.Kreditning mohiyatini, kreditning funktsiyalarini, “Kredit” 
tushunchasining mazmunini ochib bering?
3.Kreditning printsiplarini, kreditning zarurligini belgilovchi 
omillarni tushuntirib bering?
4.Kapitalning doiraviy aylanishi va aylanishini izohlab bering?
5. Aholining kreditga bo`lgan talabining paydo bo`lishini, 
davlatning kredit resurslariga bo`lgan talabining paydo bo`lishi va
kreditning shakllarini yoritib bering?
6. Kredit qonunlarining zarurligi va ob`ektivligini tushuntirib 
bering? 


170 
7.Kreditning xarakterli va xususiyatli belgilarini ochib bering? 
8. Kreditning qayta taqsimlash va muomala vositalarini yaratish 
funktsiyasini yoriting?
 
9-MODUL. KREDIT MUNOSABATLARINING 
RIVOJLANISH BOSQICHLARI. 
 
9.1. Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari. Kredit 
munosabatlarining rivojlanish bosqichlari.
9.2. Sudxo`rlik kreditining yuzaga kelishi. Tijorat krediti va 
bank kreditining paydo bo`lishi.
9.3. Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari va 
shart-sharoitlari.
 
9.1. Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari. 
Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlari. 
 
Korxonalarda asosiy va aylanma fondlarining doiraviy aylanishi 
jarayonida ularda kreditga ehtiyoj tug’iladi. SHunga asosan kredit 
takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta`minlash 
zarurligidan kelib chiqadi, degan shartga asoslangan holda kredit 
berilishi kerak. Ammo bunda qo`shimcha resurslarga muhtojlik 
o`zo`zidan avtomatik tarzda kredit berilishi kerakligini ifodalamaydi. 
Buning uchun kreditning zarurligini ifodalovchi boshqa sharoitlar ham 
mavjud bo`lishi kerak. 
Iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim yo`nalishlaridan biri 
kredit munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli 
muhim shartlar va qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini 
amalga oshirishlari zarur. 
Kredit
bu vaqtincha bo`sh turgan pul mablag’larini pul egasi 
yoki boshqalar tomonidan ma`lum muddatga, haq to`lash sharti bilan 
qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy 
munosabatlar yig’indisidir. 
Kredit yordamida tovarmoddiy boyliklari, turli mashina va 
mexanizmlar sotib olinadi, iste`molchilar mablag’lari etarli bo`lmagan 


171 
sharoitda to`lovni kechiktirib, tovarlar sotib olishlari va boshqa har xil 
to`lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ladilar. 
Kredit iqtisodiy kategoriya bo`lib, ijtimoiy munosabatlarning 
aniq bir ko`rinishi sifatida yuzaga chiqadi. 
Kredit har qanday ijtimoiy munosabat emas, balki ijtimoiy ishlab 
chiqarish mahsuli, qiymatning harakati, qarz beruvchi va qarz oluvchi 
o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyadir. 
Kreditning mohiyati uning ichki belgilarini ochib berishga 
qaratilgan. Kreditning mohiyatini ochish – bu uning sifatlarini, muhim 
tomonlarini, iqtisodiy munosabatlar tizimining bir elementi sifatida 
ko`rsatuvchi asoslarini bilish demakdir. 
Iqtisodiy kategoriya sifatida kreditning mohiyati ko`pgina 
iqtisodchi olimlar tomonidan o`rganilib chiqilgan va ular tomonidan 
kreditning mohiyati bo`yicha turlicha fikr bildirilgan.
Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan 
sharoitlar bo`lishi zarur. SHu masala bo`yicha ba’zi iqtisodiy 
adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni taxlil qilib, iqtisodchilar tomonidan 
kreditning yuzaga kelishining quyidagi shartlariga ko`proq e’tibor 
berilganini ko`rsatib o`tish mumkin. Kredit munosabat bo`lishi uchun: 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin