Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

xarakteri bo`yicha
- davlatlararo, xususiy, firma kreditlariga; 
shakli bo`yicha 
- davlat, bank, tijorat; 

tashqi savdo tizimida tutgan o`rni bo`yicha 
- eksportni kredit
importni kreditga; 

muddati bo`yicha 
- qisqa muddatli-1 yilgacha, uzoq muddatli -5 
yildan ortiq muddatga; 
-
 ob`ekti bo`yicha
- tovar va valyuta; 

ta`minlanganligi bo`yicha
- tovar-moddiy boyliklar bilan yoki 
xujjatlar bilan ta’minlangan kreditlarga bo`linadi. eksportni kreditda 
davlat tomonidan subsidiya ajratilganligi uchun firma kreditlari 
bo`yicha foiz stavkalari odatda foiz stavkalarining bozor baxosidan 
past bo`ladi. 
Xalqaro bank kreditlarining bank eksport kreditlari (xorijiy 
importyorlarga xususiy tijorat banklari, maxsus tashqi savdo banklari
tomonidan beriladigan kredit), evrokredit (yirik tijorat banklari 
tomonidan evrovalyuta bozori resurslari xisobidan evrovalyutada, 2 
yildan 10 yilgacha bo`lgan muddatga, o`zgaruvchan foiz stavkada 
kreditlar berish) kabi turlari mavjud. 
 
8.6. Kredit qonunlarining zarurligi va ob`ektivligi. 
Kreditning zarurligini ifodalovchi omillar mohiyatini ochishda
ularning har birining ahamiyatini kredit shartnomasini tuzish 
darajasigacha olib kelish xato hisoblanadi. Alohida olingan bir 


164 
omilning o`zi kredit berilishi uchun u yoki bu darajada etarli 
bo`lmasligi mumkin. 
Masalan, aytaylik korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining 
doiraviy aylanishi jarayonida ularda kreditga ehtiyoj tug’iladi. SHunga 
asosan kredit takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini 
ta`minlash zarurligidan kelib chiqadi, degan shartga asoslangan holda 
kredit berilishi kerak. Ammo bunda qo`shimcha resurslarga muhtojlik 
o`z o`zidan avtomatik tarzda kredit berilishi kerakligini ifodalamaydi. 
Buning uchun kreditning zarurligini ifodalovchi boshqa sharoitlar ham 
mavjud bo`lishi kerak. 
Iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim yo`nalishlaridan biri 
kredit munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli 
muhim shartlar va qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini 
amalga oshirishlari zarur. 
Tijorat kreditida kreditor va qarzdorlar bo`lib faoliyat 
kursatuvchilar (ishlab chikaruvchilar) xisoblanadilar. 
Tijorat kreditining cheklanishlari mavjud bo`lib ular: 
- faoliyat ko`rsatuvchilarning zaxira kapitallari xajmi bilan 
cheklanganligi, ya`ni unga xozirgi davrda oborot (muomala) uchun 
zarur bo`lmagan kapital bilan cheklanganligi; 
- yo`nalishiga ko`ra, uni ishlab chiqarish vositalarini ishlab 
chiqaruvchi 
tarmoqlar 
ishlab 
chiqarish 
vositalarini 
iste`mol 
qiluvchilarga berishi mumkin, ammo teskarisi bo`lishi mumkin emas. 
Tijorat kreditidan farkli ularoq bank krediti nafaqat tovarlar 
muomalasiga xizmat kursatadi, balki yanada kengrok muxitda faoliyat 
ko`rsatadi. 
Bank krediti - pul egalari, banklar va boshka kredit institutlari 
tomonida ishlab chikaruvchilarga, xamda boshka qarz oluvchilarga 
pul shaklida beriladigan ssudalardir. 
Bank kreditining ob`ekti- pul kapitalidir. 
Bank 
kreditida 
ishlab 
chikaruvchi 
shaxslar 
(faoliyat 
kursatuvchilar) faqat qarz oluvchi sifatida ishtirok etadilar, kreditorlar 
bo`lib esa ssuda kapitali egalari xisoblanadilar. 
Bank krediti jamiyat barcha sinflarini pul daromadlari va 
jamg’armalarini kapitalga aylantirib kapitalni jamg’arilishiga sababchi 
bo`ladi. 
Tijorat krediti veksel’ bilan xujjatlashtiriladi. Tijorat kreditining 
foizi, tovarlar pagonasiga va veksel’ summasiga qo`shiladi va u bank 


165 
krediti foizidan past bo`ladi. Bank kredit foizining maksadi ssudalar 
xisobiga daromad (foyda) olishdir. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin