Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 

tovarlar realizatsiyasidan tushgan tushum bilan ish haqini 
to`lash vaqtlari orasida vaqtincha bo`sh turib qolgan pul mablag’lari;
 

kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig’iladigan 
va kapitallashtirish uchun mo`ljallangan qo`shimcha mablag’lar;
 
shaxsiy sektor daromadlari, jamg’armalari va boshqa bo`sh pul 
mablag’lari
 


160 
8.5. Aholining kreditga bo`lgan talabining paydo bo`lishi. 
Davlatning kredit resurslariga bo`lgan talabining paydo bo`lishi. 
Kreditning shakllari.
Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan 
sharoitlar bo`lishi zarur. SHu masala bo`yicha ba`zi iktisodiy 
adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni taxlil qilib, iqtisodchilar tomonidan 
kreditning yuzaga kelishining quyidagi shartlariga kuprok e’tibor 
berilganini ko`rsatib o`tish mumkin. Kredit munosabat bo`lishi uchun: 
birinchidan,
kredit munosabat ishtirokchilari - qarz beruvchi va 
qarz oluvchi - xuquqiy jixatdan mustaqil sub’ekt bo`lishi kerak 
Mustakil sub’ekt sifatida xar ikkala tomon bir-biri bilan o`za`ro 
aloqalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishini moddiy 
jixatdan kafolatlay olishi kerak Majburiyatlarni bajara olish 
qobiliyatini xisobga olgan xolda mustaqil xukukiy sub`ekt sifatida 
tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak 
ikkinchidan,
qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari bir-biriga 
mos tushgan taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar 
avvalambor, ob`ektiv jarayonlar, o`za`ro manfaatlarni taqozo etuvchi 
aniq vaziyat bilan bog’liq. 
Kreditor (qarz beruvchi) tomonidan pul mablag’larini qarzga 
berish bo`yicha, qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag’larni olish 
bo`yicha kizikish tug’ilgan takdirdagina kredit yuunosabatlari vujudga 
keladi. 
Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari 
manfaatlarining yo`nalishiga bog’lik tomonlar manfaatlarning mos 
kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta`minlaydi. Lekin, kredit 
munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat vakt va fazo jixatdan, 
shuningdek sifat jixatdan xam mos tushgan taqdirdagina bu 
munosabatlar reallikka aylanadi. SHu bilan birga kreditning bu muxim 
sifatlari kredit munosabatlari sodir bo`lishining asosiy sababi 
bo`laolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yukorida aytilgandek 
anik bir kktisodiy asos -fondlarning doiraviy aylanishi va shunta 
uxshash boshka anik sharoitlar bo`lishi
zarur. Fakatgina ana shu ta`sir 
etuvchi omillar bo`lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi 
reallikka aylanadi. 
Ba`zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir 
necha boshqa fikrlar xam uchraydi. Masalan, kredit korxonalar 
faoliyatini nazorat qilpshni amalga oshirish uchun zarur deb 
ta`kidlanadi. Agar bu fikr to`g’ri deb qaraydigan bo`lsak kreditning 


161 
zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo`ladi, chunki u qarz berish 
orkali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo`ladi. 
Nakd pulsiz shaklidagi xisob kitoblarning bank orkali utishida 
ishlatiladigan mablag’lar kam ssuda kapitali shakllanishining yangi 
manbai bo`lib, bu mablag’lar aylanma mablag’larning doiraviy 
aylanish jarayokida yuzaga keladi. Korxonalarda 
moliyaviy 
resurslarning vaktincha bush bo`lib qolishining quyidagi asosiy 
sabablarini ko`rsatib o`utish mumkin: 
-ishlab chiqarilgan maxsulotlarni sotish vaqti bilan olingan xom 
ashyo, materiallar, ishchilarga ish xaqi va boshka to`lovlarni amalga 
oshirish vaqtining mos kelmasligi; 
-asosiy fondlarning eskirishini qoplash uchun mo`ljallangan pul 
ajratmasi, ya`ni amartizatsiya fondining shakllantirilishi. 
Kreditning ikkita asosiy shakli mavjud:
1.
Bank krediti
2.
Tijorat krediti 
Tijorat krediti tovarlar sotish jarayonini tezlashtirishda va 
korxonalarning aylanma mablag’larini xo`jalik faoliyatidan tezroq 
bo`shashini ta’minlashda katta axamiyatga ega. 
Iste`mol krediti.
Iste`mol krediti o`zining maqsadi bilan 
kreditning boshqa shakllaridan farq qiladi. Uning farqli belgisi - 
jismoniy shaxslarni kredit xisoblanadi. Kreditning bu shaklida kredit 
beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga tovar va 
xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar xam 
bo`lishi mumkin. 
Iste`mol krediti ikki shaklda: pul shaklida yoki tovar shaklida 
berilishi mumkin. Jismoniy shaxslarga ko`chmas mulkka egalik qilish 
uchun, qimmat bo`lgan davolanishni to`lash, xar-xil tovarlar va uy-
jixozlari sotib olish va boshqa extiyojlarni qondirish uchun iste`mol 
kreditlari berilishi mumkin.
Ipoteka krediti
kuchmas mulk ( er, bino, uy-joy kabilarni ) 
garovga qo`yib olinadigan kredit. Odatda, ipoteka kreditidan qishloq 
xo`jaligida asosiy fondlarni yangilash, yirik kapital qo`yilmalarini 
qoplash uchun foydalaniladi. 
Davlat krediti.
Kreditning bu shaklining asosiy xususiyati kredit 
munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlat bir 
tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida 
ishtirok qilishi mumkin. Qarz beruvchi vazifasini bajara turib, davlat, 


162 
davlat kredit institutlari, jumladan Markaziy bank orqali iqtisodning 
xar xil soxalarini kreditni o`z zimmasiga oladi. Davlat tomonidan: 
•iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini kredit; 
•moliyaviy resurslarga extiyoj sezayotgan davlat axamiyatiga ega 
bo`lgan 
aniq 
tarmoq 
yoki 
mintaqalarga, 
agar 
byudjetdan 
moliyalashtirish imkoniyati tugagan bo`lsa, vaqtincha foydalanishga 
mablag’ ajratishi mumkin. 
Davlatning 
qarzlari 
kupaygan 
xollarda 
davlat 
byudjeti 
kamomadini moliyalashtirish maqsadida, davlat qarz oluvchi sifatida, 
davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga oshiradi. 
Davlat kreditining xarakterli xususiyati shundaki, davlat 
tomonidan olingan qarz mablag’lari ishlab chiqarish fondlari 
aylanishida yoki moddiy boyliklar yaratishda ishtirok qilmaydi. Bu 
mablag’lar davlat qarzlarini qoplash uchun ishlatiladi. 
Davlat davlat xazina majburiyatlari chiqarish, moliya bozorlarida 
davlat qimmatbaxo qogozlarini joylashtirish, davlat zaemlarini 
chiqarish

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin